1. Kirish. Bug‘ va gaz turbina qurilmalari sхеmalari


-Mavzu. Gaz turbina qurilmalarining yonish parametrlari


Download 40.95 Kb.
bet8/14
Sana24.12.2022
Hajmi40.95 Kb.
#1050929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
bug gaz

8-Mavzu. Gaz turbina qurilmalarining yonish parametrlari.
Umumiy tushunchalar. Gaz turbina qurilmalarining yonish kameralari.
Reja:
1. Yonish kameralari haqida
2. Gaz turbina qurilmasi issiqlik almashish qurilmalari
3. Gaz turbina qurilmasi kompressorlari
Tayanch iboralar: Yonish kameralari, regenerator, kompressor.
1. Yonish kameralari haqida.
Yonish kamerasi GTQning asosiy elementi bo’lib, unda yoqilg’i yonishi hisobiga siqilgan havo kerakli haroratgacha qizdiriladi. Yonish kameralariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) GTQ barcha ish rejimida yonish kamerasida yoqilg’i yonishi barqaror bo’lishi kerak. Alanganing uzilishi, davriyligi va kamayishi taqiqlanadi;
2) turbina oldidagi havo oqimining barcha kesimlarida bir xil harorat maydoni hosil qilinishi shart;
3) uzluksiz ish rejimini ta’minlash uchun maxsus sovitish tizimlari bilan ta’minlanishi shart;
4) GTQ barcha ish rejimlarida kam yoqilg’i bilan ko’p issiqlik olinishi shart;
5) gidravlik qarshiliklar kam bo’lishi kerak;
6) konstruktiv jihatdan sodda, ishlatishga qulay, arzon bo’lishi kerak;
7) yengil va ixcham bo’lishi kerak. 1 – yuqori bosimli kompressor; 2 – regenerator; 3 – yonish kamerasi; 4 – kompensator; 5 – turbina; 6 – dvigatel vali; 7 – alohida yoqish quvuri; 8 – tashqi yoqish quvuri; 9 – kameraning tashqi korpusi; 10 – ichki korpus; 11 – ichki yoqish quvuri; 12 – alangani o’tkazib yuborish quvuri; 13 – korpus.
Yonish kameralari tabiiy gaz va suyuq yoqilg’ilarda ishlaydi. Og’ir xajmiy massaga ega bo’lgan mazutlarni qo’llash ba’zi bir qiyinchiliklar tug’diradi, uning tarkibidagi vanadiy, natriy, oltingugurt kamera ishchi detallarini korroziyaga olib keladi.
Yonish kameralari quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
1. Kamera issiqlik ishlab chiqarish qobiliyati:


Qk = B Qrn
bu yerda: B – ishlatiladigan yoqilg’i miqdori;
Q rp – yoqilg’ining quyi yonish issiqligi.
2. Hajmiy issiqlik kuchlanishi – kamera yuzasining samarali ishlatilishini tavsiflaydi:
q = QK / VK
bu yerda: VK – yonish kamerasi hajmi.
Yonish kamerasidagi energiya sarfi va bosim sarfi ham asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Ichki f.i.k orqali energiya sarfi xarakterlanadi. Bosim sarfi 1 – 3 % ba’zan 10 % gacha bo’ladi.
Mavjud yonish kameralari quyidagi turlarga bo’linadi:
a) individual;
v) sektsiyali ko’p quvurli;
c) xalqasimon;
d) quvurli – xalqasimon.



Download 40.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling