1. Kirish. Bug‘ va gaz turbina qurilmalari sхеmalari


- mavzu. Gaz turbina qurilmalari


Download 40.95 Kb.
bet10/14
Sana24.12.2022
Hajmi40.95 Kb.
#1050929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
bug gaz

10- mavzu. Gaz turbina qurilmalari.
Gaz turbina qurilmalarining (GTQ) energetik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Yetakchi firmalarning ilg‘or gaz turbina qurilmalari.
Reja:
1. Gaz turbinalari
2. Regeneratsiyali gaz turbina qurilmalari
3. Havoni pog’onali siqish va pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmalari
Tayanch iboralar: Turbinada ish jismlari, gaz turbinasi, mexanik energiya, val, rotor, issiqlik sxemasi, generator, regenerator, kompressor, filtr, kuraklar.
1. Gaz turbinalari.
Gaz turbinasi deb, ishchi jismi yonuvchi gaz va havo aralashmasidan iborat bo’lgan issiqlik yuritgichiga aytiladi. Ishlash printsipi va konstruktsiyasi jihatidan bug’ turbinasiga o’xshash. Gaz turbinasining oquvchi qismida gaz oqimidan issiqlik energiyasi avval kinetik va so’ng rotor aylanishi mexanik ishiga aylanadi.
Gaz turbina qurilmalari bug’ turbinalariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1) ixcham;
2) kondensator qurilmasining yo’qligi;
3) konstruktsiyasining soddaligi va qulayligi;
4) metall tejamkorligi;
5) sovitish uchun ko’p suv talab qilinmaydi.
Gaz turbinasining quyidagi kamchiliklari mavjud:
1) gaz turbinalarining tez ishdan chiqishi;
2) ishlatiladigan yoqilg’iga yuqori talabliligi.
Bug’ turbinalari kabi gaz turbinalari ham aktiv, reaktiv, bir pog’onali va ko’p pog’onali bo’ladi. Gaz harakatiga qarab o’qli va radial turlariga bo’linadi. Agar gaz turbina o’qi yo’nalishida harakat qilsa, u o’qli gaz turbinasi bo’ladi. Agar gaz turbina o’qiga perpendikulyar (ko’ndalang) harakat qilsa, unda radial gaz turbinasi bo’ladi. Reaktiv gaz turbinalarining qo’llanilishi FIK va ish rejimining barqarorlanishiga olib keladi. Ishlash rejimi, issiqlik miqdori, ishlatiladigan yoqilg’i turiga qarab ko’p pog’onali gaz turbinalari 2–7 va undan ham ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Kam miqdorli yuklamalar uchun bir pog’onali gaz



Download 40.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling