1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


Xlodvigdan keyin franklardagi feodallashuv protsessi


Download 57 Kb.
bet9/20
Sana08.01.2022
Hajmi57 Kb.
#238174
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
1-dars maruza matni (1)

Xlodvigdan keyin franklardagi feodallashuv protsessi. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu vaqtda er bemalol qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin bo‘lgan xususiy mulkka (avlodga) aylan-di, ya’ni mulkdor uni o‘z xohishi bilan sotar, alishtirar, sotib olar, boshqa birovga taqdim qilar yoki vasiyat qilib qoldirar edi. VI asrning oxiridan boshlab, ayniqsa VII va VIII asrlarda qilingan bu xil oldi-sotdilarning barcha xillarini ko‘rsata-digan ko‘pdannko‘p ma’lumotlao xoziogacha saklanib kolgan.

Bunday sharoitda dehqonlarning

Erkin va mustaqil dehqonlarning asta-sekin yo‘qolib, kre­postnoy kishilar sinfiga aylanishida ifodalangan feodalla-shuv protseosi sobiq Rim imleriyasiga kelib joylashgan varvar-larning hammasida ham bo‘ldi. Franklarda esa bu protsess hali juda mustahkam bo‘lgan baquvvat erkin dehqonlarning («Sali haqiqati»da ko‘rsatilgan dehqonlarning) qaramlik kre-postnoylik holatiga ochiq, keskin tusda o‘tishida namoyon bo‘ldi xolos, bunda dehqonlar yuridik jihatdan boshqa kishiniki bo‘lgan erda o‘tirib, shu er egasining foydasiga biron xil «tutqinlik» majburiyatini o‘tar edi. «Pekin shu narsani aytib o‘tish kerakki, erkin dehqonlarning yo‘qolib borish protsessi VI va VII asrlarda Frank davlatining hamma oblastlarida bir xil bo‘lgan emas. YAngi tartiblar korollikning g‘arbiy qismida Neystriyada, qisman janubi-sharqiy Burgundiyada juda tez tarqaldi; shimoli-sharqiy okruglarda — Avstraziyada esa bu protsess u qadar kuchli bo‘lmadi. Bu okruglarda Rim ta’siri (erning xususiy mulkka aylanishi sohasidagi ta’siri) boshqa joylardagidyok kuchli emas edi, bu erda urug‘chilik-jamoachilik munosabatlari uzoqroq saqlanib qoldi. Avstraziyada dehqonlar siyosiy jihatdan ham, xususan umum xalq lashkarining qatnash-chisi sifatida VII asrdagina emas, balki VIII asrda ham katta rol o‘ynab keldilar.

Merovinglar hokimiyatining zaiflashuvi. «YAlqov korollar». Katta er egaligining o‘sishi va shu bilan birga korol erlari-ning kamayib borishi hamda ilgari faqat korolning o‘zigagina tobe bo‘lib, unga asosiy harbiy resurslar berib kelgan erkin dehqonlarining xiyla qismining yo‘q bo‘lishi natijasida ko­rol hokimiyati tushkunlikka uchradi. Merovinglar1 dinastiyasi deb nom chiqargan Xlodvig dinastiyasi o‘zaro urushlar natija­sida ham zaiflashdi. Bu o‘zaro urushlarning qanday xarakterda bo‘lganligi,Xlodvigning nevara va evaralari o‘rtasida bo‘lgan qirq yillik urushdan juda ochiq ma’lumdir. Bu urush VI asr-ning 60- yillari oxiridan to 613 yilgacha davom etdi. Dinas-tiyaning ikki avlodi o‘rtasida bo‘lgan bu dahshatli va .qonli kurashda ikki korolicha ayniqsa katta rol o‘ynadi: biri Avst-raziya koroli Sugibertning xotini Brungilda, ikkinchisi Neystriya koroli Xilperikning xotini Fredegonda edi. Brun­gilda (u aslida vestgot malikasi edi) korol xonadonidagi unta shahzodani o‘ldirtirdi, raqibi Fredegonda va o‘z eri Sugibret o‘lgandan keyin, dastlab o‘g‘li nomidan, keyin nevara-lari nomidan yurtni o‘zi idora qildi, axir o‘ziga qarshi qo‘z-g‘olon qilgan Avstraziya zodagonlari tomonidan o‘ldirildi.

613 yild'a butun korollikda hokimiyat Xilperik va Freden-gondaning o‘g‘li Xlotar II ga o‘tdi. Xlotar 614 yilda farmon chiqarib erdor aristokratiyaning o‘zaro urushlar vaqtida olgan pomestelarini o‘sha aristokratiya ixtiyorida qoldirish majbu­riyatini o‘z ustiga oldi va graflarni (okrug hokimlarini) fa­qat mahalliy er egalari orasidan tayinlashga va’da berdi. SHunday qilib, erdor aristokratiya Merovinglar xonadoniga mansub bo‘lgan korollarning o‘zaro urushlaridan o‘z manfaatla-ri uchun to‘la foydalandi.

Xlotar II hokimiyati kuchli hokimiyat bo‘lmadi. Korol hoki­miyatining e’tibori Xlotar II ning o‘g‘li Dagober zamonida (629—639) birmuncha oshdi. Dagober franklar davlatining sharqdagi chegaralarini kengaitirishga urinib, slavyanlarga qarshi yurishlar qildi. Lekin u o‘lgandan keyin shuiday bir davr boshlandiki, 639 yil bilan 751 yil o‘rtasidagi butun bir davrni o‘sha vaqtdagi kishilarning o‘zlari ham «yalqov korol-lar» davri deb atadilar. VII—VIII asrlardagi Merovinglar faqat nomigagina korol bo‘lib, ular qo‘lida haqiqiy hokimiyat yo‘q edi. Ular -qo‘lida korol erlarining ozgina qismigina qol-gan edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib oldi. Neystriya, Burgundiya va AvstraziyaDa eng zodagon xonadonlar etishib chiqib, bular o‘z yurtlarida korol mayordomlari sifatida butun hokimiyatni o‘z qo‘lla-riga oldilar. Bir vaqtlarda, ya’ni dastlabki Merovinglar dav-rida korol saroyida eshik og‘asi lavozimida ishlagan kishi, mayordom (so‘zma-so‘z ma’nosi: «xonadon og‘asi», ya’ni saroy bosh-lig‘i deb atalar edi. Endi esa mayordomlik haqiqatda parchala-nib ketgan Frank davlatining ayrim bo‘laklarining har birida joriy etilgan eng yuqori ma’muriy mansab bo‘lib qoldi.

Dastlab uch mayordomdan eng kuchligi Neystriya mayordomi edi. U Burgundiya mayordomini ham o‘ziga bo‘ysundirdi, lekin Neystriya mayordomi tez vaqt ichida kuchliroq bo‘lgan boshqa bir mayordomning Avstraziya mayordomining qarshiligiga uchra-di. SHarqiy frank mayordomining ahvoli qulayroq edi. Avstra­ziya mayordomlari ko‘p srnli harbiy kuchga tayanish imkoniga ega bo‘ldilar, bu harbiy kuchning bir qismi bu erda hali saqlanib turgan erkin dehqonlardan iborat edi. SHu bilan birga Avstra-ziyada zodagonlar birmuncha kuchsiz bo‘lib, ular o‘z gersogining— mayordomining boshchiligiga bo‘ysunishga majbur edilar. Ney-striyada esa, aksincha, ko‘pgina yirik feodal xonadonlari bir-biri bilan raqobat qilmoqda edi. Oxiri, Avstraziyaning Pipin-lar xonadonidan chiqqan mayordom gersog Pipin II Geristals-kiy 687 yilda Tertri yonida bo‘lgan jangda raqibi Neystriya mayordomini tor-mor qilib, shu vaqtdan boshlab butun korol-likni bir o‘zi idora qila boshladi. Ammo, shu bilan birga, u Meroving korollarining nomigina dolgan hokimiyatni saqlab keldi. Haqiqatda esa Pipin Geristalskiy yangi dinastiyani boshlab bergan edi, bu dinastiya keyincha uning eng mashhur namo-yandasi bo‘lgan Karl Buyuk nomi bilan atalgan Karolinglar di-nastiyasi deb ataldi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling