1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


Franklarning ilk tarixi. Merovinglarning boshqaruvi


Download 57 Kb.
bet7/20
Sana08.01.2022
Hajmi57 Kb.
#238174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1-dars maruza matni (1)

Franklarning ilk tarixi. Merovinglarning boshqaruvi

Xlodvigdan oldingi franklar. Franklarning o‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota-bobolari Tatsitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, xamavlar, sukambrlar, batavlar degan nomlar va boshqa nom­lar bilan atalgan. «Frank» degan nom (bu so‘zni «jasur», «erkin» deb tarjima qilishadi) III asrning o‘rtalaridagina paydo bo‘lib, qandaydir bitta qabilaga emas, balki Reynning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir gruppa german qabilalariga taalluqli umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab reyn daryosining o‘ng qirg‘og‘ida yashar edilar. Dastlab ular rimliklarga nisbatan dushmanlik munosabatida bo‘ldilar, keyin bu munosabat ancha do‘stona munosabatga aylandi. 451 yildagi Katalaun jangida, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek„ franklar federatlar sifatida rimliklar tarafida turib-gunnlarga qarshi urushdilar. Usha vaqtdayoq ular katta-katta ikki gruppaga bo‘lingan bo‘lib, bir gruppasi (ular Reynning quyi oqimida yashardilar) dengiz bo‘yi franklari yoki salv franklari deb, ikkinchi gruppasi Reynning o‘rta oqimida (har ikki qirg‘oqda) yashagan franklar—qirg‘oq franklari yoki ri-puar franklari deb atalar edi. Bulardan kuchlisi sali frank­lari bo‘lib, ular. Galliyaning g‘arbiga qarab bordilar. Ular^ ning ahamiyati V asr oxiri — VI asr boshlarida korol Xlod-vig zamonida juda ham oshdi.

Xlodvig. Xlodvigning podsholik tarixi (481—511) episkop Grigoriy Turskiyning «Franklar tarixi» degan kitobida mu-fassal bayon qilingan bo‘lib, Turskiy bu kitobni ancha keyin-roq, VI asrning ikkinchi yarmida yozgan. Franklar hayotida ro‘y bergan katta-katta voqealar Xlodvig nomi bilan bog‘langandir. Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qildi. Rimnilg bu oblasti hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo‘lib, Rim imperiyasi qulagandan keyin SHimoliy Galliyaning amalda koroli bo‘lib qolgan Siagriy degan rimlik bir ma-halliy magnat, tomonidan idora qilinar edi, bu oblastning markazi Parij edi. Siagriy franklarga sal bo‘lsa-da, jiddiy bir qarshilik ko‘rsata olmadi. Suasson shahriga yaqin bir joy-da qat’iy jang bo‘ldi. Rim q,o‘shini franklar tomonidan tor-mor etildi. Siagriy vestgotlar koroli huzuriga qochdi, lekin vestgotlar koroli uni Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig asirni o‘ldirishga buyruq berdi.

Katta va muhim bir territoriyani — Sena va Luara daryola-ri havzasini zabt etib olib, Xlodvig franklarga juda mo‘l-ko‘l er bo‘lib berish imkoniga ega bo‘ldi. Daryolari juda ko‘p, eri serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o‘rmon-larga boy bo‘lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab qolgan bu rayonga boshdan-oyoq franklar ko‘chib keldi.Bu rayon-ga ko‘chib kelib joylashgan franklar soni hali Reynning nari-gi tomonida yashab kelayotgan franklar ichidan yana ahyon-ahyonda ko‘chib kelib turgan kishilar hisobiga ko‘payib bordi. Xlodvig o‘z podsholigining oxirgi davrida Luaraning janubiga ancha jilib borib, Goronna daryosigacha etdi. Vestgotlar Galliyaning janubidagi erlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi, xolos. Xlodvig, Burgundiyani ham bosib olishga harakat qildi, lekin bu maqsadini amalga oshirmadi, burgund koroli saroyiga o‘z ta’sirini o‘tkazish bilangina cheklanib qo‘ya qoldi.

90- yillar o‘rtasida Xlodvig xristianliqni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning o‘zi va drujinasi qabul qildi. Keyin oddiy franklar va ularning oila a’zolari ham qabul qildilar. Varvarlarning xristian dinini qabul qili-shining o‘zi muhim bir fakt edi, chunki bu narsa ularning ro-manlashuvidan dalolat berar edi. Lekin franklarning xristi- anlashuvi ikkinchi bir, yanada muhimroq ahamiyatga ega edi. Varvarlarning ko‘pchiligi (vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) xristianlikni arianlik deb atal-gan formada qabul qilgan bir vaqtda (arianlik—katolik cherkoviga nisbatan bir mazhab edi) franklar arianlikni qol-dirib, xristianlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri galliya-rim katolik ruhoniylaridan qabul qildilar. Bu narsa Frank korolligi-ning yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruhoniylar Xlodvigni va boshqa Frank korollarini zo‘r berib qo‘llab-|quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi qolgan erlarni Bestgotiya va Burgundiyani bo‘ysundirishlaryni ancha osonlash- ' tirdi hamda franklarning o‘z orasida ham korol hokimiyati ta’sirvning ortishiga ancha yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha sali va ripuar korollarini sekin-asta qira borib, yangi juda katta korollikning yakkayu yagona koroli bo‘lib oldi, bu korollik (reynning narigi tomonidagi erlardan tashqari) Galliya-ning to‘rtdan uch qismini o‘z ichiga olar edi.

Xlodvigning o‘g‘il va nevaralari korollikni tsz-tsz bo‘lib va qayta. bo‘lib turishlariga o‘zaro urushlar olib borib turish-lariga qaramay, korollikning chegaralarini kengaytirishni davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda Vestgotlarning Galliyadagi oxirgi erlari ham bo-sib olindi. Reynning narigi tomonida esa Alemaniya, Tyurin­giya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari franklar-ga bo‘ysundi. VI asrning ikkinchi yarmida Frank korolligi barcha varvar korolliklari ichida eng katta korollik edi. Il-gari Teodorix davrida ostgotlar qo‘lida bo‘lgan tegemonlik endi franklar qo‘liga o‘tdi.




Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling