KARL BUYUK IMPERIYASINING PARCHALANISHI
Karl Buyuk 814 yilda 72 yoshida vafot etdi va Axenga ko‘mil-di, u umrining so‘nggi iillarini shu Axen atrofida o‘tkazgan edi. Karl Buyuk vafot qilgandan keyin imperatorlik unvoni uning katta o‘g‘li Lyudovikka o‘tdi, Lyudovik ilgari otasining hayotlik chog‘ida uzoq vaqt Akvitaniya koroli bo‘lib kelgan edi.
Karl Buyuk o‘lgandan keyin uning imperiyasi uzoq umr ko‘r-madi. Bu ilk o‘rta asr harbiy-feodal monarxiyasi bo‘lib, unda chinakam markazlashuv uchun etarli darajada iqtisodiy baza yo‘q edi. Natural xo‘jalik hukmronligi, ayrim oblast va ra-yonlarning va hatto ayrim pomestelarning ham biqiqligi, shaharlar va savdoning kam rivojlanganligi — mana shularnipg hammasi imperiyaning muqarrar ravishda parchalanib keti-shiga sabab bo‘ldi. Karl Buyuk zamonida krepostnik pomestelar egasi bo‘lib uzil-kesil qaror topgan va Karl Buyuk olib borgan urushlar natijasida juda ko‘p yangi erlarga ega bo‘lgan feodal-larning o‘zi mustahkam markazlashgan hokimiyatdan bezor edi. Mahallarda asta-sekin hokimiyatni o‘z qo‘llariga olib ular markazga bo‘lgan tobelikni kamaytirishga harakat qildilar. Ikkinchi tomondan Karl Buyuk olib borgan juda katta urushlar hali erkinligini yo‘qotmagan frank dehqonlarining tinkasini batamom quritgan edi. Buning natijasida korol eng muhim sotsial kuchning yordamidan mahrum bo‘ldi, holbuki, Avstraziya gersog-mayordonlari aslida shu kuchning yordami soyasida yuzaga chiqqan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |