1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


Karl Buyuk vafotidan keyin Frank davlatidagi o‘zaro urush­lar


Download 57 Kb.
bet16/20
Sana08.01.2022
Hajmi57 Kb.
#238174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-dars maruza matni (1)

Karl Buyuk vafotidan keyin Frank davlatidagi o‘zaro urush­lar. Karl Buyukning o‘g‘li imperator Lyudovik Xudojo‘y zamo­nida (814—840) bo‘linib ketish yo‘lidagi intilishlar zo‘r berib namoyon bo‘ldi. U lapashang bir korol bo‘lib, ruhoniylarga (uning Xudojo‘y degan laqabi ham shuni ko‘rsatadi) va dunyoviy zodagonlarga butunlay qaram edi. Haqiqatda uning butun ko-rollik davri uzluksiz g‘alayonlar davri bo‘ldi. Zodagonlar Lyu­dovikka qarshi bosh ko‘tarib, uning o‘z o‘g‘illari — Lotar va Lyudovikni (yoki Lyudovik Nemisni, uning asosiy erlari Bava-riyada edi), o‘z otasiga qarshi gij-gijlatdilar. Lyudovik Xudo-jo‘yning uchinchi o‘g‘li Karl (u keyincha YAltiroqbosh deb nom ol-di) hamisha otasining yonini oldi.

Lyudovik Xudojo‘y o‘lgandan keyin uning o‘g‘illari bir-biri bilan yana urush boshladi. Imperator unvonini olgan katta aka-siga — Lotarga qarshi endi ikkala ukasi — Lyudovik Nemis bilan Karl YAltiroqbosh bosh ko‘tardi. Fontenua shahri yonida bo‘lgan jangda (1841 yil) Lotar ikkala ukasining birlashgan qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi. Bir yildan keyin, 842 yilda Lyudovik bilan Karl Strasburg shahri yonida bitam tu-zib, Lotar ustidan to‘la g‘alaba qozonguncha unga qarshi kurash-ni davom ettirishga ahd qilishdi.

SHunisi qiziqki, «Strasburg qasami» (bunda har iiki tomon ham qasamyod qilgan edi) ikki tilda «roman» tilida (ya’ni ro-manlashgan frank lahjasida) va nemis tilida (ya’ni Reynning narigi tomonidagi german qabilalari gapiradigan german tili­da) yod qilindi. Bu hol Karolinglar zamonida xalqlarning tashkil topish protsessi yuz berganini ochiq ko‘rsatadi. Endi g‘a­laba qozonishga ko‘zi etmaganligidan Lotar davlatni bo‘lishga rozi bo‘lib, yon berishga majbur bo‘ldi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling