1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


Karl Buyuk zamonida franklarning feodallashuv protsessi


Download 57 Kb.
bet14/20
Sana08.01.2022
Hajmi57 Kb.
#238174
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-dars maruza matni (1)

Karl Buyuk zamonida franklarning feodallashuv protsessi. Karl Buyuk va uning vorislari zamonida feodallashuv protses-sining juda tezlashib ketayotganligi imperiyaning parchalanib ketishida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Biroq Karl Buyuk imperiyasi «qabila va xalqlarning quramasidan iborat» bo‘li-shi bilan bir vaqtda, feodallashayotgan jamiyat ham edi. Mero-vinglar zamonida bo‘lgan hodisa, ya’ni katta er egaligining* o‘sishi, uning mayda erkin dehqon xo‘jaligini yutishi Karo-linglar zamonida davom etdi va zo‘r berib avj oldi. Prekar munosabatlarining (ko‘proq cherkov erlarida) rivoj olishi, patronat-kommendatsiyalarning (ko‘proq dunyoviy erlarda) keng yoyilishi, erkinlarning qaramlikka tushish hollarining ko‘paya-yotganligi—bularning hammasi Karl Buyuk podsholigi zamoni­da odat tusiga kirganligi imperator qonunida (kapitulyariya-larda) o‘zining yorqin ifodasini topdi. Karl magnatlar va boshqa «nufuzli odamlar» tomonidan dehqon erlarining tortib olinishini cheklashga ancha urindi, biroq erdor zodagonlar uning farmoyishlariga qarshilik ko‘rsatganlari uchun bu far-moyishlar amalda bajarilmay qolaverar edi. Franklar ja-miyatining feodallashuv protsessi, tabiiy, siyosiy tuzumga ham ta’sir etdi.

Feodallashuv imperiyani siyosiy tarqoqlikka va, pirovar-dida, siyosiy jihatdan mayda qismlarga bo‘linib ketishiga olib keldi. O‘zining harbiy qudratiga va eng katta istilochi-lik shuhratiga qaramay, Karl Bukjning o‘zi ham erdor zodagon-larga qaram edi. Bu narsa hammadan burun magnatlar s’ezdla-ri ahamiyatining ortishida ko‘rindi. Bu s’ezdlar imperator tomonidan odatda har yili kuzda chaqirilar edi. Uida eng mu-him kapitulyariyalarning hammasi muhokama qilinar edi. Zo-dagonlarning haqiqiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu kuzgi s’ezdlariga qarama-qarshi o‘laroq, may dalalari deb atalmish eski harbiy yig‘ilishlar — askarlarning yig‘ilishlari (bu yig‘ilishlar qadimgi german xalq yig‘ilishlarining qoldi-g‘i edi) karolinglar zamonida oddiy bir harbiy ko‘rik bo‘lib qoldi. Bu. ko‘rikda endi imperator tomonidan tasdiqlangan farmonlar ma’lumot uchungina e’lon qilinar edi.

Korol sudlari («Sali haqiqati»da ko‘rsatilgan qadimgi xalq sudlari o‘rnini olgan skabinlar va har turli sud amal-dorlari) faoliyatining kuchayishi bilan bir qatorda Karl Buyuk i mm unitetlar degan narsani ham keng suratda joriy qi-lishga majbur bo‘ldi, immunitetlar berilgan mahalliy er ega-lari (dunyoviy er egalari ham, cherkov er egalari ham) o‘z terri-toriyalariga korol amaldorlari, sudyalari va shunga o‘xshash kishilarning tekshirish uchun kirishidan xoli edilar. Bundan tashqari, mahalliy er egalariga yana shunday immunitet yorliq-lari ham berildiki, bu yorliqlarga muvofiq ular o‘zlariga qaram bo‘lgan aholinigina emas, hatto erkin aholini ham sud qilish va undan o‘z foydalariga hukumat soliqlari va majbu-riyatlari undirish huquqini oldilar. Immunitetlar magnat — er egalarining erkin aholi orasidan ojizlarini topib olib, o‘z aooratlariga tushirishlariga juda katta yordam berdi. Karl zamonida harbiy benefitsiylar sistemasi ham avj olaverdi. Erkin dehqonlarning zaiflashuvi va tushkunlikka uchrashi or-qasida dehqonlar harbiy xizmatni o‘tashga tobora kamroq chaqi-rildi. Lekin benefitsiylarning ham faqat bir qismi impera-torga qaram edi. Ularning ko‘pchiligi katta er egalariga — mag-natlarga qaram edi, bu magnatlar kurashga odatda «o‘z oodiq kishilari»dan butun-butun otryadlar olib kelardilar. SHunday qilib, Karl Buyuk qo‘shini haqiqatda uning o‘ziniki bo‘lmay, balki, tobora aniqroq tashkil topayotgan katta feodallar qo‘shi­ni edi, bu feodallarning juda ko‘p pomestelari bo‘lib, ular mahallarda juda keng siyosiy huquqlarga ega edilar va ular­ning qaramog‘ida juda ko‘p mayda ritsarlar bor edi.

Karl Buyuk zamonidayoq idora qilish apparatining aniq feo-dallashganligiga shu narsani misol qilib ko‘rsatish mumkinki, graflar o‘z mansabini va bu mansab uchun olgan erlarini avlod-dan-avlodga meros bo‘lib qoladigan mulkka aylantirishga hara-kat qildilar. Karl Buyuk o‘zining graflar tayinlash huquqini juda katta mashaqqat bilan arang saqlab qoldi.

Karolinglar pomestesi. Karl Buyukning asosiy daromad-lari uning pomestelaridan keladigan daromadlar edi. Korol-ning er fondi butun davlatning hamma joyiga tarqalgan bo‘lib, yuzlarcha katta va bir qadar kichik erlardan iborat edi. Karl Buyuk zamonidagi eng katta er egalari monastirlar edi. Parij monastirlaridan biri — avliyo German (yoki Sen-Jermen) mo-nastirining IX aor boshlarida 100 mingdan ortiq jrepostnoyi bor edi. Dunyoviy _zodagonlar qo‘lida ham shubhasiz juda ko‘p katta-katta pomestelar bor edi, biroq ulardagi erlarning ro‘y-xati bizgacha etib kelmagan.

Karolinglar pomestesini o‘rganish uchun asosiy manba Karl Buyukning «Pomestelar to‘g‘risidagi kapitulyariy»si va «Abbat irminon poliptigi» deb atalgan hujjatdir. (Parij atrofi-dagi Sen-Jermen monastiriga qarashli erlar va bu erlarda o‘tirgan krepostnoylar ro‘yxati.) Mana shu manbalarga qarab, biz G‘arbiy Evropada ilk o‘rta asrdagi feodal pomestesining manzarasini ko‘z oldimizga keltira olamiz. Dastlab biz bu pomesteda o‘rta asrlarga xos bir xususiyatni — erning ikki qismga: x o‘j a y i n—dome ney nal (domen) eriga va deh­qonlar eriga — chek er ga bo‘linganini ko‘ramiz. CHek er-larga dehqonlar egalik qilar edilar. Bu chek erlar m a n s l a r deb atalardi. Dehqonlar o‘z mehnatlari bilan, o‘zlarining ot-ulov va qurol-asboblari bilan xo‘jayinlarining erini ishlab berardilar.

Franklarning qishloq xo‘jaligi VIII—IX. aorlarda ancha mu-vaffaqiyatlarga erishdi. Karolinglardan qolgan manbalarga qaraganda dehqonchilikning asosiy sistemasi uch dala sistemasi bo‘lgan. Pomestelarda g‘allakorlikdan tashqari, chorvachilikka katta e’tibor berilgan edi (korolga qarashli imenielarda xususiy yilqichilikka katta e’tibor berilgan, chunki harbiy ishda yilqichilikning ahamiyati katta edi). Manbalarda uzum-chilik, bog‘dorchilik, polizchilik, dorivor o‘simliklar ekilgan-ligi ham tilga olingan.

Karolinglar pomestesi aniq natural xo‘jalik xususiyatla-riga ega edi. Bu haqda «Pomestelar to‘g‘risidagi kapitulyariy» da juda ochiq dalillar keltirilgan, bu «Kapitulyariy»da po­mestelarda^ etishtirilgan mahsulotlarning korol oilasi va korol saroy ahllari ehtiyojlarini qoplashga sarflanganligi bir necha marta ta’kidlab o‘tilgan.

Biroq Karolinglarning pomeste to‘g‘risidagi hujjatlari-da uchraydigan eng qiziq narsa o‘sha vaqtdagi krepostnoylarning sostavi haqidagi ma’lumotlardir. Bu material Sen-Jermen monastiri poliptigida juda ochiq ko‘rsatilgan. Bu hujjatda krepostnoy dehqonlar turli nomlar bilan: kolonlar, litlar, qullar degan nomlar bilan ataladi. Litlarga va qullarg‘a nis-batan kolonlar hatto «erkin» kishilar deyiladi. Lekin ular-ning «erkinligi» juda nisbiy bir narsa edi. Haqiqatda ular-ning «tutqunlar»dan hech qanday farqi yo‘q edi. Ular ham o‘z­larining chek erlariga birkitib qo‘yilgan bo‘lib, normalashti-rilgan barshchina, natural obrok va bir oz miqdorda renta puli to‘lash shaklida «tutqunlik» majburiyatlarini bajarar edilar. Bu hol shu narsani ko‘rsatadiki, dehqonlarning bu xil kategoriyalarga bo‘linishi (xuddi dehqonlardagi chek erlarning manslarning uch guruhga bo‘lingani singari) bu vaqtda o‘tmish-dan qolgan bir sarqit edi. Haqiqatda franklarda bu vaqtda krepostnoy dehqonlar sinfi tashkil topgan bo‘lib, bu sinfda endi erkinlar, yarim erkinlar (litlar) yoki tutqunlar (qullar) o‘rtasidagi ilgarigi farqlar chindan ham yo‘qolib ketgan edi.

«Karolinglar uyg‘onishi». Karl Buyuk o‘z zamonasining ancha ma’rifatli kishisi edi. U, garchi yoshi ancha ulg‘aygan vaqtida o‘qish-yozishni o‘rgangan bo‘lsa-da, grek va latin tillarini bilar va ma’rifatni qadrlar edi. Uning saroyiga turli mamlakatlar-dan olimlar chaqirib keltirilgan edi. Bu olimlar ichitd York episkoplik maktabida (Angliyaning shimolida) o‘qigai Alkuin nomli angl-saks ayniqsa mashhur edi. So‘ngra Karl-ning saroyda o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan boshqa yozuvchilari — langobardiyalik Pavel Dyakon, ispaniyalik vestgot T e o-dulf va boshqalar ham yashar edi. Franklarning o‘zlaridan etishgan yosh Eyngard juda ham ma’rifatli kishi edi, u keyincha Karl Buyukning juda yaxshi tuzilgan tarjimai holini ezdi1. Karl yuqorida aytilgan olimlar yordami bilan episkop­lik rezidensiyalarida bir qancha maktablar tashkil qildi, bu maktablarda asosan xat-savodli ruhoniylar va imperator kan-selyariyalari uchun amaldor kadrlar (sudyalar, sekretarlar, mirzalar va boshqalar) tayyorlanardi. Karlning buyrug‘i bilan qadimgi latin va grek qo‘l yozmalari to‘planDi va ko‘chirib yozil-di. Katta skriptoriyalarda (mirzaxonalarda) o‘nlarcha mirzalar eng qimmatli qo‘l yozmalarni yangi nusxalarga ko‘chirardilar. SHunday qilib, ko‘pgina antik avtorlarning asarlari keyingi avlodlar uchun saqlab qolindi. Karoling mirzalarining yumaloq harflar bilan donador qilib yozgan xatlari ularning o‘zlari­dan oldingi zamonlarda yozilgan ancha qadimgi xatlar u yoqda tursin, hatto keyingi o‘rta asrlarda yozilgan latin xatiga qa­raganda ham juda chiroyli edi.

Karl saroyida o‘ziga xos bir olimlar jamiyati vujudga keldi, bu jamiyat antik dunyodan ibrat olib, «Akademiya» deb ataldi. Bu jamiyatning ishlarida Karlning o‘zi ham qatnashdi. Akademiya qatnashchilari latin avtorlarining, yozuvchi va shoir-larning asarlarini o‘qidilar, ba’zida esa antik avtorlarga taqlid qilib o‘zlari ham asarlar yozdilar. Biroq, Karolinglar zamonidagi renessans (uyg‘onish) asl ma’nodagi antik madapiyat-ning tiklanishi emas edi, aslo unday emas edi. Antik avtor-lardan qolgan adabiy merosning bir oz qismi olindi, xolos. Antik yozuvchilarga sirtdangina (she’riyat va ritorik forma-lar) taqlid qilindi. Qarl saroyiga to‘plangan olimlarning dunyoqarashi (imperatorning o‘z dunyoqarashi ham) antik klassik madaniyatdagi ratsionalistik dunyoviy dunyoqarashga m'utlaqo o‘x-shamas edi. Karlning atrofiga olim xristian monaxlari to‘p­langan bo‘lib, ularning dunyoqarashi cherkov ruhoniylarining dunyoqarashi edi. «Majusiy» antik madaniyati ular uchun xristi-anlik aqidalarini sharhlash va chuqurlashtirish vositasigina edi, xolos. Alkuinning korolvachchalarni tarbiyalash uchun yozgan darsligida ko‘pincha haqiqiy antik madaniyat bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan o‘rta asr diniy dunyoqarashi anqib turardi. «Hayot nima?» deb savol qo‘yadi bu darslikda o‘qituvchi va o‘zi javob berib: «...baxtlilarga shodlik, baxtsizlarga qayg‘udir, ularga ham, bularga ham o‘limni kutishdir», deydi. «Odam nima?» deb yana bir savol qo‘yib, «Ulim bandasidir, o‘z uyida mehmondir, o‘tib ketadigan yo‘lovchidir» ... deb javob beradi. Aslida Karolinglar davrida o‘rta asr sxolastikasi qaror top-di, uning xarakterli xususiyati sof diniy dunyoqarashni ustun qo‘yib, antik dunyo fanining ba’zi bir tashqi formalarinigina o‘zlashtirishdam iborat bo‘ldi.

SHu narsani unutmaslik kerakki, Karolinglar ma’rifati-dan juda kam kishi bahramand bo‘ldi. Hatto Karl Buyuk saro-yidagi mansabdorlarning ham juda ko‘pchiligi o‘qish-yozishni bilmasdan o‘tib ketdi. Amalda Karl Buyukning «ma’rifatpar-varlik» tadbirlari ko‘pdan-ko‘p cherkov episkoplik maktablari-ning rivojlanishigagina olib keldi, keyinchalik bu maktablar zaminida o‘rta asr universitetlari vujudga keldi.




Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling