1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar
Download 57 Kb.
|
1-dars maruza matni (1)
Karl Buyuk urushlari. Karl Buyukning shaxsan o‘zi 50 dan ortiq yurishda qatnashdi. U Evropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo langobardlar masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor-mor qilingan bo‘li-shiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan itti-foqda bo‘lishga qarshi turgan guruh bor edi. 773—774 yillarda Karl langobardlarga qarshi yana urush ochdi. U langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar koroli Dezi-deriyni taxtdan tushirdi.'Langobardiya shundan keyin o‘z mus-taqilligini yo‘qotdi, frank korolligiga |qo‘shib olinib, graf-lar tomonidan idora qilina boshladi. Keyincha Karl Langobar-diyaga o‘zining o‘g‘li Pipinni vitse-korol k.ilib tayinladi.
VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush qildi. U 778 yilda Pireneya tog‘lari orqasiga yurish qilib, Saragosa shahrini ) boeib olishga harakat qildi. YUrish muvaffa-qiyatsiz chiqdi, Saragosani ololmaDi. Qaytishda Ronseval dara-sida franklar arergardiga mahalliy aholi — basklar hujum qildi. Bu jangda franklar otryadi deyarli butunlay qirib tash-landi. Halok bo‘lganlar qatorida Bretan markasining grafi Roland ham bor edi. Keyincha bu epizod «Roland haqida qo‘shiq» nomli mashhur dostonga tema bo‘ldi, bu doston ancha keyin yozil-di (XI asrning ikkinchi yarmida batamom yozilib bo‘ldi). 778 yilda Ispaniyada qilingan yurish muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, franklarning Pirenei tog‘laridanoshib o‘tishlarining o‘zi diqqatga sazovordir. Keyinchalik, VIII asrning oxiri va IX asrning xuddi boshida franklar Pireneya tog‘lari orqasiga yana bir necha marta harbiy yurish qildilar; bu yurishlar natijasida Pireneya tog‘lari bilan Ebro daryosi o‘rtasidagi oblast bosib olindi. Bu erda Ispan markasi deb atalgan alohida bir chegara okrug tuzildi, bu okrugga keyincha Barselona grafligi deb nom berildi. Notinch Akvitaniya ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Karl u erga boshqa bir o‘g‘li Lyudovikni noib qilib tayinlab, unga Akvitaniya koroli unvonini berdi. Lekin Karl Buyuk urushlarning ko‘pini sharqda — Markaziy Evropada olib bordi. U sakslar bilan bo‘lgan urushlarga ayniq-sa ko‘p kuch sarf qildi. Bu urush qattiq bo‘lib, 30 yildan ortiq (772 yildan 804 yilgacha) davom ztdi. Franklarni hisobga ol-maganda, sakslar G‘arbiy G‘ermaniyada* yashagan qabilalar ichida eng katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha cho‘zilgan juda katta territoriyada o‘rnashgan edi. Sakslarning Karl zamoni-dagi ijtimoii tuzumida urug‘chilik tuzumi alomatlari, uning barcha yaxshi va yomon tomonlari hali anchagina saqlanib qolgan edi. Sakslarning asosiy ommasi urug‘chilik aloqalari va qabila ichidagi aloqalar bilan o‘zaro mahkam bog‘langan erkin deh-qonlar, shu bilan bir vaqtda jangchilardan iborat edi. Biroq, ular tarqoq holda bo‘lib, juda ko‘p qabilalarga va qabilaviy guruhlarga bo‘lingan edi, bu qabilalar va qabilaviy guruhlar uzluksiz ra^vishda bir-biri bilan urushib turardi. Ularning ishlab chiqaruvchi kuchlari darajasi (dehqonchilikda asosai partov sistemasi qo‘llanardi, mollar yaylovda boqilar edi), shaharlar va savdo mutlaqo yo‘q edi, shuningdek, ularning qu-rol-aslahalari va urushish usullari (yaxshi qurollanmagan deh-qon piyoda lashkarlari asosiy o‘rin tutar edi) franklarning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot darajasidan past edi, franklar bu vaqtda feodallashuv va romanlashuv sohasida juda olg‘a qarab ketgan edilar. Feodallashib borayotgan frank zoda-gonlarining sakslarga qarshi olib borgan urushi feodallarga xos urush edi. Franklar o‘z oldilariga sakslar erini bosib olish va ularning o‘zini krepostnoylarga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Saksoniyaga qarshi urushishning yana bir sababi bor edi. Karl Baltika depgiziga chi-qishga harakat qildi, Baltika deigizi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida katta savdo ahamiyatiga zga edi (skandinavlar, slavyanlar va arablar savdosi shu Baltika dengizi orqali olib borilar edi). Frank koroli Baltika savdo-sidan katta-katta xi-rojlar olishni mo‘l-jallar edi. Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bo‘ysun-dirdi. Avval g‘arbiy sakslar-vestfallar (ular Reyn va Vezer daryolari o‘rtasida yashar edilar) bo‘ysun-: dirildi. Ularning ketidan ostfallar ham bo‘ysundirildi (ular Vezer daryosining sharqida yashar edilar). 777 yilda Paderbornda bo‘lgan s’ezdda saks qabilalari ko‘pchiligining boshliqlari Karlga qasamyod qildi. Karlning buyrug‘iga binoan, sakslarning hammasi maju--siylik dinidan xristian diniga o‘tishlari kerak edi. Saksoniya-ga ko‘pdan-ko‘p frank ruhoniylari keldi, hamma yoqda cherkovlar qurila boshladi, sakslar cherkovga ushur (hosilning o‘ndan bi-rini) to‘laщga majbur etilgan edilar. Lekin, shundan keyin tez orada 778 yildan boshleb sakslar bir necha marta katta qo‘zg‘o-lon ko‘tardilar. Bu qo‘zg‘olonlardan kuzatilgan maqsad franklar zulmidan xalos bo‘lish edi. Karl bu qo‘zg‘olonlarni juda ham rahmsizlik bilan bostirdi. Minglab sakslar qatl etildi. Qo‘zg‘olonchilarning kupi qulga aylantirildi. Dastlab sakslar-ning qo‘zg‘olonlarida ularning zodagonlari ham «qatnashdi. Lekin Karl zodagonlarni sekin-asta o‘z tomoniga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ko‘targan sakslarning aeosiy bosh-liqlaridan biri — vestfallar gersogi Viiukind qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785 yilda sakslarga xiyonat qildi va Karl tomoniga o‘tdi. Lekin, shunga qaramasdan, fashist tarixchilar uni «Germaniyaning milliy qahramoni» deb e’lon qildilar. Sakslarning IX asr boshlaridagi so‘nggi harakati deyarli nuqul «oddiy sakslar» harakati tusida bo‘lib, asosan Saksoniyaning shimolida (Nordalbingiyada) o‘tdi. Nihoyat, sakslar bo‘ysundi- rildi va Frank korolining fuqarosi sifatida frank graflari tomonidan idora qilinadigan bo‘ldi. Sakslarning itoatsizroq bir qismi Reyn daryosining chap qirg‘og‘iga — franklar orasiga ko‘chirildi, frank kolonistlari esa qaytadan Reyn daryosining o‘ng qirg‘og‘iga, ya’ni bir vaqtlarda frank qabilalarining itti-foqi vujudga kelgan erga o‘tib joylashdi. Sakslar bilan urishish vaqtida Karl SHarhiy Evropadagi boshqa xalqlar (bilan ham urush olib borishga majbur bo‘ldi. U polab (Elba bo‘yi) slavyanlari bilan urushdi va bu qabila-lardan ba’zilariga — lyutichlarga va lujichanlarga — xiroj soldi, Dunayning o‘rta oqimidagi kuchli Avariya podsholigi1 franklarga qaram bo‘ldi. Dunayning yuqrri oqimidagi Bavariya korolligi tamomila bosib olindi, ilgari bu korollik franklarga onda-sonda xiroj to‘lab turar edi. Xarutan-slovenlardan iborat janubiy slavyan qabilalari yashaydigan Xorutaniya (ka-rintiya), shuningdek, Bolqon yarim orolining shimoli-g‘arbidagi xorvat erlari Bovariya bilan birga Frank davlatiga qo‘shib olingan edi. Xorutaniya Frank davlati sostavida uzoq turmadi. Istilolar natijasida Karl Buyuk zamonida Frank davlati juda kengayib ketdi. Uning chegaralari g‘arbda Ebro daryosi, Pireneya tog‘laridan Atlantika okeanigacha, sharqda Elba va Dunay daryolari va Adriatik dengizi qirg‘oqlarigacha, shimolda Friz (yoki Nemis) va Baltika dengizlarigacha, janubda deyarli janubiy Italiyagacha bordi. Sal ilgariroq vujudga kelgan Papa davlati ham Karl Buyuk davrida haqiqatda unga bo‘ysunuvchi vassal davlat bo‘lib qoldi. Imperiyaning e’lon kilinishi. Frank koroli qo‘l ostidagi erlarning juda kengayib ketishi, tabiiy, Karl Buyukni va uning maslahatchilarini unvonini (titulni) o‘zgartirish to‘g‘ri-sida o‘ylashga majbur qildi. 800 yilda Karl Rimda bo‘lgan vaq-tida papa uiga «rimliklar imperatori» tojini kiydirdi, «Rimliklar imperatori» degan ta’rifning qiziq joyi shun-daki, bu ta’rif Rim traditsiyasining IX asrda ham odamlarga juda katta ta’sir o‘tkazganligini ko‘rsatadi. Karl franklar imperatori deb emas, balki rimliklar imperatori deb e’lon qilindi, vaholanki, bu vaqtda endi rimliklar degan xalq yo‘q edi. Bir oz vaqtdan keyin SHarqiy Rim — Vizantiya imperatori ham Karlning «bazilevsa» (gerkcha imperator demakdir) unvonini tan olishga majbur bo‘ldi, u dastlabki vaqtlarda bunga qattiq qarshilik qilib kelgan edi. Karlning zamondoshi Bog‘dod xalifasi Xorunal-Rashid ham Karlni imperator deb tanidi va bular bir-birlariga elchilar yuborishdi. Karl Buyuk zamonida idora q-ilish. Juda katta bir davlat-ni idora qilish ishi Karldan ma’muriy apparatni qayta tuzishni talab qildi. U amaldorlar orqali, imperatorning max-sus farmonlarini chiqarish, mahalliy hokimiyatni bir qadar sistematik nazorat qilib turish yo‘li bilan idora etuvchi mar-kazlashgan davlat tuzishga harakat'qildi. Karl Buyukning idora qilish markazi korol saroyi— palatsiy edi. YUqori mansab-dagi amaldorlarning butun ishi shu palatsiyda markazlashti-rilgan bo‘lib, bular: palata grafi (u oliy sudya bo‘lib, imperatorning yo‘qligida uning o‘rinbosari ham edi), arxikansler (imperator kanselyariyasining boshlig‘i), kamerariy (korol xa-zinasining boshlig‘i), konnetabl (miroxo‘r, ya’ni korolning ot-liq askarlarini -boshqaruvchi) va boshqalardan iborat edi. Ma-hallarda eng katta amaldorlar graflar—latinchasiga comites, ya’mi ma’muriy okruglarning (boshliqlari1 va ularning vika-riylari yoki vitse-graflar (graf o‘rinbosarlari) bo‘lib, ularga tunginlar yoki yueboshilar, ya’ni eng kichik ma’muriy okruglarning — yuzliklarning (sotnya) va boshqalarning boshliqlari bo‘ysunardi. Graf skabinlar bilan birgalikda, ya’ni sud kolle-giyasining a’zolari bilan birgalikda sud qilardi, bular ilga-rigi saylab qo‘yilgan meroving sudyalari — raxinburglar o‘rni-ga mahalliy badavlat er egalaridan tayinlangan edi. Imperiyada Karlning o‘zi tayinlaydigan episkoplar ham sud va ma’muriy ishlarda katta rol o‘ynar edilar. Mahalliy ma’-murlarni tekshirish "uchun markazdan o‘qtin-o‘qtin korol revi-zorlari (missi dominici) deb atalmish tekshiruvchilar yuborilib turardi, ular odatda ikki kishi-ikki kishi bo‘lib yurib, gra'f-liklardagi ahvolni tekshirar hamda aholining graf, episkop va boshqa amaldorlar ustidan beradigan shikoyatlarini qabul qilardi. Imperatorning farmonlari yozma ravishda tuzilib, kapitulyariya deb atalar edi (kapitulyariya latincha caput degan so‘zdan olingan bo‘lib, bob demakdir, farmon alohida paragraflarga bo‘linganligi uchun shunday deb atalardi). Karl Buyukning 250 ga yaqin farmoni bizgacha etib keldi. Karl Buyuk imperiyasining xarakteridagi ziddiyatlar. Bu faktlarning hammasi Karl Buyuk zamonida idora qilish appa-ratining anchagina byurokratlashganini ko‘rsatadi. Merovinglar va dastlabki Karolinglarning drujina va xizmatkorlari — ministeriallari bo‘lib, ular korolning topshiruvi bilan eng oddiy ma’muriy-moliyaviy va sud funksiyalarini bajarar edi. Merovinglar va dastlabki Karolinglardagi ana shu ibtidoiy idora apparatining aksicha Karl imperiyasida amaldorlarning doimiy chinovniklik apparata tarkib topdi. Karl Buyuk byuro-k'ratiyasining tashkil topishiga Rim traditsiyasi shubhasiz ta’-sir qildi. Korollik—imperatorlik kanselyariyalarida davlat tili, latin tili, ya’ni rimliklar tili edi. Karoling .davlat muaosasalarining va lavozimlarining nomlaridan (imperator, palatsiy, komitlar — graflar, notariylar — sekretarlar va ho-kazolardan) Rim terminologiyasi shundaygina sezilib turadi. Karl Buyukning eng yaqin maslahatchilari va oliy mansabdor-lari Rim tarixini yaxshi bilgan hamda imperat-orga jamiyatdagi mutlaq oliy hokimiyat deb qaraydigan, rimcha traditsiyani o‘z-lashtirib olgan kishilar edilar. SHunga qaramay, Karl Buyuk imperiyasini markazlashgan davlat deb sira aytib bo‘lmaydi. Karl Buyuk davridagi boshqaruv apparati umuman ibtidoiy edi. Imperiyada rasmiylashtirilgan va ixtiooslashtirilgan sud va moliya idoralari — palatalari yo‘q edi. Unda boshqaruvning doimiy soliq sistemasi kabi .muhim zveno (jumladan, doimiy olib turiladigan er solig‘i) yo‘q edi, Karl davlatida markaz bilan joylar o‘rtasida muttasil aloqa o‘rnatilmagan edi, korol missiyalari, ya’ni revizorlari joylarni nomigagina kontrol qilib turar, amalda esa ayniqsa chekka territoriya-ning graflari o‘zlarini markazdan mustaqil deb his qilar edilar. Ikkinchi tomondan, Karl Buyuk davlati o‘zining sostavi ji-hatidan ham xilma-xil urug‘larning beqarar siyosiy birlashma-sidan iborat edi. Frank imperiyasi omadi yurishgan bir isti-lochi tomonidan shoshib-pyshib, ko‘p qabila va xalqlardan iborat tuzilgan alohida bir tarzdagi harbiy monarxiya bo‘lib, unda na umumiy iqtisodiy baza, na umumiy milliy til, na umumiy madaniyat yo‘q edi. Karl Buyuk imperiyasiga kirgan qabilalar-ning har biri o‘zining odatdagi qonun-qoidalariga amal qilib kelganini ko‘rsatib o‘tish kifoya -qiladi. «Varvar haqiqatlari», «Sali, Ripuar Burgundiya, Bavariya, Saksoniya haqiqatlari»— Karl Buyuk zamonida ham, ayrim qabilalar uchun sud qonunlari to‘plami bo‘lib qolaveradi; ular qunt bilan ko‘chirilib yozildi va ularga o‘zgarishlar kiritildi, shunday qilib, ular imperiya-ning ayrim oblastlari uchun amaldagi qonun bo‘lib qolaverdi. Ayrim qabilalar Karl Buyuk podsholigi vaqtidayoq xalq bo‘lib birlasha boshlagan edilar. Sali va Ripuar franklari gal-liya-rim aholisi bilan aralashib ketib, shimoliy roman xalqi-ni (keyinchalik bulardan fransuz xalqi tashkil topdi) vestgotlar, burgundlar janubiy galliya-rimliklar bilan qo‘shi-lib janubiy roman xalqini (bular keyinchalik provansal xalqi deb atala boshladilar) barpo etdilar. Italiyada lango-bardlar bilan italyan-rimliklardan bo‘lg‘usi italyan xalqi tashkil topdi. Germaniyada Reynning narigi tomonidagi qabilalar bir etnik gruppa bo‘lib, keyinchalik ulardan g e r m a n (yoki n e m i s) xalqi vujudga keldi. Xalqlarning tashkil to-pishi mahalliy aloqalarni kuchaytirdi, bu hol ham amalga im-periyaning juda mayda va bir xil davlatlarga parchalanib ke-tishiga olib keldi.
Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling