IX—X asrlarda Fransiya. So‘nggi Karolinglar. Verdenda bo‘lgan taqsimot Bvropada keyincha vujudga kelgan uchta katta davlatning— Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topi-shini umumiy bir tarzda belgilab berdi. IX asrning yarmida bu davlatlar ichida eng yaxliti «g‘arbiy franklar» davlati edi, u keyincha vujudga kelgan Fransiyaning kurtagi ^o‘lAi^-Bu^erdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topib kelayotgaTGftgatщuz xalqidan iborat bo‘lib, bu xalq alohida bir shimoliy roman tilida, ya’ni ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bo‘lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosida joylashgan. «G‘arbiy franklar karolligida» yoki oddiy qi-lib aytganda, Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshladilar) Karolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni o‘z qo‘llarida saqlab keldilar, Germaniya bilan Italiyada esa Karolinglar ancha ilgari - X asrning boshlaridayoq hoki-miyatdan mahrum bo‘ldilar.
Lekin Fransiyada ham feodal tarqoqlik terlik bilan avj olib bordi. «Birinchi fransuz koroli» Karl YAltiroqbosh o‘z zodagonlariga uzluksiz yon byorishga majbur bo‘ldi. 847 yilda u M'ersen kapitulyariysini chiqarib, bu kapitulyariyda har bir erkin kishiga senor topib olishni taklif qildi; korol o‘z fuqarolari ustidan qanday hokimiyatga ega bo‘lsa, senor ham o‘z vassallari ustidan shunday hokimiyatga ega edi. 887 yildagi Kersin kapitulyariysi er benefitsiylarining nasldan-naslga meros bo‘lib qolishini, shuningdek, graflik lavozimi-ning ham meros bo‘lib qolishini qonunlashtirdi. SHu vaqtdan boshlab benefitsiylar nasldan-naslga meros bo‘lib qoladigan erlarga - feodlarga, lenlarga aylandi. Graflik, vitse-graflik (vikontlik), markgraflik (yoki markizlik) va gersoglik unvonlari nasldan-naslga qoladigan knyazlik unvoniga aylandi. Joylarda territorial hukmdorlarga xos bo‘lgan barcha huquqlarga, ya’ni korollik huquqlariga o‘xshash huquqlarga ega bo‘lgan knyazlik dinastiyalari vujudga kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |