1. Kirish. Feodal dunyosi. Hududlarni boshkarish. Ijtimoiy tashkilotlar


Download 57 Kb.
bet19/20
Sana08.01.2022
Hajmi57 Kb.
#238174
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-dars maruza matni (1)

Normanlarning hujumlari. Karl II YAltiroqboщ zamonidayoq Fransiya korolligiga normanlar qattiq hujum qila boshlagan edi. Karl II YAltiroqbosh o‘lgandan keyin esa (877 y.) bu hujum-lar juda ham avj olib ketdi. Hujum qilganlar qisman nor-vejlar, qisman shvedlardan iborat bo‘lgan skandinavlar edi; skandinavlar o‘sha vaqtda urug‘chilik tuzumining tushkunlikka uchrash va feoializmga o‘tish protsessini boshidan kechirayotgan bo‘lib, ular ora-sida ko‘pdan-ko‘p bosqinchi drujinalar vujudga kelmoqda edi, bu drujinalarga feodal-lashayotgan harbiy boshliqlar - yarllar va korollar rahbarlik qilar edi. Dengizda suzishga usta bo‘lgan, o‘sha davr uchun juda zo‘r hisoblangan temir qurollardan foydalana bilgan (bu qurollar rudalarga boy Skandinaviyada ishlanar edi) bu normanlar juda xavfli dush­man bo‘lib chiqdi. Normanlar kemalarida fransuz daryolari quyiladigan joygacha va Urta dengiz qirg‘oq bo‘yidagi mamla-katlargacha kirib bordilar va bu mamlakatlarni shafqatsiz talab va xarob qilib, aholisiga dahshat soldilar. IX asrda G‘arbiy Evropada shu munosabat bilan maxsus bir duo vujudga kelgan bo‘lib, bu duo «e xudo, normanlarning yovuzligidan o‘zing saq-la» deb boshlanardi. So‘nggi Karolinglar korollikni mudofaa qilishdan ojiz edilar. Ularniyg siyosiy e’tibori va harbiy resurslari juda ham kam edi. Normanlarga qarshi kurashish vazifasini mahalliy yirik feodallar o‘z qo‘liga oldi; buning natijasida ular harbiy himoyaga muhtoj qolgan-qutgan erkin aholini ham bemalol krepostnoyga aylantirib, o‘z mavqelarini yanada mustahkam-lab oldilar. 885-886 yillarda normanlar Parijni 10 oygacha qamal qilib turdi, lekin uni axir ololmadi. Robert Zo‘rning (866 yilda vafot etgan, Parijning birinchi grafi) o‘g‘li, mahalliy feodal graf Ed Parijskiy muvaffaqiyatli mudofaa uyushtirib, dushmanni qaytardi. So‘nggi Qarolinglarning biri Karl IV Anqov X asrning boshida (911 y.) quyi Sena qirg‘og‘ini normanlar boshlig‘i - gersog Rollonga berishga majbur bo‘ldi, Rollon bu erda ko‘chib kelgan normanlardan iborat juda kuchli bir knyazlik- Normandiya gersogligini tuzdi. Normanlar-norveglar (yoki Fransiyada atashlaricha norman-diyaliklar) mahalliy aholi bilan tezda aralashib ketdilar, xristianlikni qabul qildilar va fransuz tili hamda urf-odatlarini o‘zlashtirib oldilar. YAngi fransuz-normandiya gersogligi SHimoliy Fransiyadagi eng kuchli feodal knyazligi bo‘lib qoldi; bu yangi knyazlik rasman Karolinglarga vassal-tobe edi, amalda esa ularga mutlako tobe bo‘lmay, ba’zan Parijning o‘zini ham bosib olish xavfini solib turdi.

Kapetinglarning idora qila boshlashi. Axir oqibatda Karo­linglar ham Meroving-larning kuniga tushdi. So‘nggi Karoling­lar ham butunlay nochor holga tushib qoldi. X asrning oxirida ularning erlari Fransiyaning shimolidagi Lan shahrining o‘zi bilangina cheklanib qoldi, desak bo‘ladi. So‘nggi Karoling Lyu­dovik V YAlqov o‘lgandan keyin graf Robert Zo‘rning nasllari-dan biri bo‘lgan Gugo Kapet nomli kishi 987 yilda zodagonlar va ruhoniylar yig‘ilishi tomonidan Fransiya koroli qilib say-landi. SHunday qilib, Fransiyani yangi dinastiya — Kapetinglar dinastiyam idora qila boshladi. Birinchi vaqtlarda Kapeting­lar hokimiyati juda kuchsiz bo‘ldi. Ancha keyinroq borib, XII va XIII asrlardagina bu dinastiya qaddini rostlab olgan shahar-larga suyanib turib, Fransiyani birlashtirishga va markazlash-gan davlatga asos solishga muvaffaq bo‘ldi.




Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling