Komplekt va integrallangan elektr yuritmalar
Komplekt elektr yuritmalar borgan sari sanoatning
ko‘pchiligidan, yani stanoksozlik, qog‘oz ishlab chiqarish,
metallurigiya, mashinasozlik va boshqa soxalarda keng
qo‘llanilmoqda. KEYU larning bunday keng qo‘llamda
qo‘llanilishiga sabab, ularni loyixalash va tayyorlashda,
nisbatan kam mehnat sarflanishida, elektromontaj va
sozlash ishlariga qisqa vaqt talab qilishida, ekspluatatsiya
qilish qulayligidadir.
Komplekt elektr yuritmalar quyidagi texnik
ma’lumotlar orqali farqlanadi: ta’minlanayotgan tarmoq
kuchlanish; dvigatellar soni (bitta, ikkita yoki ko‘p
dvigatelli;) kuch o‘zgartgichining turi va nominal
parametrlari; dvigatelda revers mavjudligi yoki yo‘qligi;
asosiy koordinatalar turi (tezligi, xolati, cho‘zilishi, quvvati
bo‘yicha rostlanuvchi EYU lar); tezlik rostlagichning
diapazoni va yo‘nalishi (bir va ikki zonali); kuch zanjiridagi
apparaturalarning tarkibi (chiziqli kontaktor yoki usiz);
tormozlashning mavjudligi yoki yo‘qligi; tahminlovchi
tarmoq bilan aloqa turi (transformator, reaktor yoki
bevosita aloqa).
O‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma
U keng nomenklatura bilan xarakterlanib, tarkibiga quyidagilar
kiradi: taxogeneratorli va xolatlar datchigi bo‘lgan dvigatel;
o‘zgarmas tokli dvigatel yakori va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini
tahminlovchi tristorli o‘zgartgich; kuch transformatori yoki
reaktor; silliqlovchi reaktor; kommutatsion va himoya
apparaturasi (avtomatik uzgichlar, chiziqli kontaktorlar,
rubilniklar); dinamik tormozlash qurilmasi (zarur bo‘lsa); elektr
Do'stlaringiz bilan baham: |