yuritmani boshqarish sxemasi; taxogeneratorning qo‘zg‘atish
cho‘lg‘amini va elektromagnit cho‘lg‘amini tahminlovchi blok;
yuqori kuchlanishli kirish shkafi (kerak bo‘lsa) va nazorat qilish
uchun apparatlar, priborlar va qurilmalar komplekti.
Ishchi mashinalar va mexanizmlarning texnologik parametlar
datchigi, shuningdek, boshqaruv pultiga o‘rnatiladigan boshqaruv
va signal beruvchi qurilmalar spetsifik bo‘lgan uchun odatda
komplekt tarkibiga kiritilmaydi.
Elektrotexnika sanoatida o‘zgarmas tokli KEYU larning bir nechta
seriyasi ishlab chiqariladi. KTEU seriasidagi komplekt elektr
yuritmalar keng spektrli funksional imkoniyatlarga ega. Ular bir va
ko‘p dvigatelli variantlarda reversiv va noreversiv ko‘rinishida
dinamik tormozlanishli va tormozlashsiz ishlab chiqariladi.
O‘zgaruchan tokli komplekt elektr yuritma
Bunday elektr yuritmalarning safi doimiy ravishda
kengayib bormoqda va ular tarkibida asinxron va sinxron
dvigatelli elektr yuritmalar mavjud.
Asinxron dvigatelli KEYU larning birinchi seriyalari safiga
quvvatlari 19 va 66 kVt gacha bo‘lgan EKT va EKT2 tipi
elektr yuritmalar taaluqli, shuningdek, CHPU li
stanoklarda asinxron dvigatellarni chastotaviy tokli
boshqarish imkonyatini beruvchi «Razmer 2M» EYU si
xam shu seryasiga mansub.
Nisbatan zamonaviy KEYU lar qatoriga quvvatlari 11dan
630 kVt gacha bo‘lgan KCHE, KPCHK KPCHN tipli EYU
lar; ETA tipidagi dvigatelning nominal toklari 6 dan 50A
gacha; EPA1; ETA1 va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Keyingi yillarda elektrotexnika sanoati tomonidan
sinxron dvigatellar yordamida ishlovchi komplekt EYU lar
ishlab chiqarilmoqda, ular ichida EIB2 ventilli dvigatel
sxemasi asosida, EPB3 va EPB3-B doimiy magnitli
sinxron dvigatellar asosida yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |