1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi?
Download 253.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish 2
1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi? c. ma’naviy ehtiyojlar 2 “Ko‘rinmas qo‘l” kontseptsiyasining asoschisi a. Smit A. 3. Talab va taklif qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi? a. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar 4. Jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytirish “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qanday vazifasiga kiradi? a. bilish vazifasi 5. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim? b. Petti V. 6. Jamiyat boyligining manbai puldan, oltindan iborat, boylik savdoda paydo bo‘ladi deb ta’kidlagan oqim nomi? b. merkantilizm oqimi 7. K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk kabi Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari qaysi iqtisodiy ta’limot vakillari bo‘lib hisoblanishadi? b. marjinalizm ta’limoti 8. «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) nomli asari orqali birinchi bo‘lib iqtisodiyot nazariyasi faniga nom bergan iqtisodchi olim kim? c. Antuan Monkreten 9. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi? a. umumiy iqtisodiy qonunlar 10. Kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar qanday iqtisodiy qonunlar deb ataladi? d. umumiy iqtisodiy qonunlar 11. “Avstriya” maktabi asoschilari kimlar? a. Bem-Baverk Y. 12. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati usuli – bu: c. induktsiya usuli 13. Doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy- nazariy tushuncha nima deb ataladi? d. iqtisodiy kategoriya 14. Tahlil paytida ikkinchi darajali narsalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish usuli – bu: a. ilmiy abstraktsiya usuli 15. ... – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. b. iqtisodiy qonunlar 16. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar qanday ehtiyojlar deyiladi. d. yakka tarzda qondiriluvchi 17. Fikrning umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati usuli – bu: a. deduktsiya usuli 18. “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli kitobning muallifi kim? a. Keyns J.M. 19. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi? a. kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati 20. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi? b. iste’mol jarayoni 21. A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi? d. klassik 22. Unumli iste’mol qanday sohada vujudga keladi? a. ishlab chiqarish sohasida 23.Unumli iste’mol qanday jarayonni anglatadi? a. ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish 24. O‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarish usuli – bu: d. sintez usuli 25. Intsitutsionalizm qaysi so‘zdan olingan, ma’nosi nima c. lotincha urf-odat “muassasa”, “ko‘rsatma” 26. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan? b. Angliya 27. Mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligiga bo‘lgan ehtiyoj qanday ehtiyoj turiga kiradi? a. umumjamiyat ehtiyojlari 28. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi? a. iste’mol jarayoni 29. Tadbirkorlik – ... a. mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat; 30. Tadbirkorlik faoliyati – ... d. shakli, turi va sohasidan qati nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyat. 31. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari rivojlanadi: a. davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari; 32. Davlat korxonalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: b. budjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar; 33. Aralash kompaniyalar – ... a. davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar; 34. Kooperativ tadbirkorlik – ... b. jamoa mulkiga asoslanib, kooperasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli; 35. Aksiyadorlik jamiyati – ... c. kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona; 36. Dividend nima? d. aksiya egasiga to‘lanadigan daromad. 37. Aksiyalarning nazorat paketi – ... a. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni; 38. Obligasiya – ... b. sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli; 39. Asosiy kapital – ... c. ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi; 40. Aylanma kapital – ... d. bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi. 41. Amortizatsiya – ... a. asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat; 42. Amortizatsiya normasi nima? b. amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi; 43. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: a. bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari 44. Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi? d. tashqi xarajatlar 45. Kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati – bu … d. kapital sig‘imi 46. Muomala xarajatlari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: d. qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari 47. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi? d. amortizatsiya ajratmasi 48. Muomala xarajatlari tushunchasi – ... c. tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi 49. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar qanday nomlanadi? b. pul daromadlari 50. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi? a. mahsulot miqdorini uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan 51. O‘rtacha xarajatlar nima? a. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari 52. O‘rtacha foyda: b. bir birlik mahsulotdan olinadigan foyda 53. Doimiy xarajatlar nima? d. ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar 54. Doimiy xarajatlarning tarkibiy elementlarini belgilang. d. amortizatsiya, ijara haqi, yuqori darajadagi menejerlar oyligi 55. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi? d. o‘zgaruvchi xarajatlar 56. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi qanday xarajatlarni tashkil qiladi?
a. umumiy xarajatlarni 57. O‘zgaruvchan xarajatlar nima? a. ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradigan xarajatlar 58. O‘zgaruvchan xarajatlarning tarkibiy elementini belgilang b. ishchilarning ish haqi va xom-ashyo xarajatlari 59. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi? d. amortizatsiya ajratmasi 60. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qanday xarajatlar deb ataladi? d. Qo‘shimcha muomala xarajatlari 61. Tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlar qanday xarajatlar deb ataladi? a. Sof muomala xarajatlari 62. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi qanday nomlanadi? a. foyda normasi 63. Ish haqining shakllari c. ishbay va vaqtbay 64. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish qanday tizim yordamida amalga oshiriladi? b. davlat tarif tizimi 65. Ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasidan yuqori ishlab chiqargan mahsulotiga oshirilgan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi? a. ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi 66. Ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qati nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi? c. to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi 67. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida nima hisobga olinadi? b. bajarilgan ish hajmi 68. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida nima hisobga olinadi? a. sarflangan ish vaqti 69. Mehnatning aniq turiga ish haqining darajasi nima ta’sirida shakllanadi? c. shu mehnat turiga talab va taklif ta’sirida 70. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini bering. a. ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi 71. Real ish haqi-bu c. nominal ish haqiga xarid qilish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori 72. Kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirishga qanday yo‘llar bilan erishishi mumkin? d. barcha javoblar to‘g‘ri 73. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali qanday maqsadlarni ko‘zlaydi? d. ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi 74. Agrar munosabatlar nima? c. yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar 75. Tuproq unumdorligi - ... d. tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin 76. Agrosanoat integratsiyasi nima? c. qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni 77. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasi qanday nomlanadi? c. agrosanoat birlashmalari 78. Differensial renta I – bu? b. Yerlarning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladigan renta 79. Differensial renta II – bu? a. Yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad 80. Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishi qanday nomlanadi? c. yerga egalik 81. Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi? a. agrobiznes 82. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta I hosil bo‘lmaydi? d. unumdorligi past 83. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birikmasi qanday nomlanadi? d. agrosanoat majmuasi 84. Renta nazariyasi dastlab qaysi iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida yoritib berilgan? b. Kene va Tyurgolarning ilmiy asarlarida 85. Renta tushunchasi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? a. yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq 86. Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang? d. barcha javoblar to‘g‘ri 87. Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlardan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi? b. differensial renta I 88. Monopol renta – bu … c. Alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta
89. Yerdan foydalanish huquqi deganda nimani tushunasiz? a. o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanish 90. Yerga egalik deganda ... d. yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizasiya qilish tushuniladi 91. Yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik, ular unumdorligidagi farqlardan qati nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini beradi? a. absolyut renta 92. Yerlardan intensiv foydalanish, ya’ni ularning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi? c. differensial renta II 93. Yerlarning iqtisodiy unumdorligi qanday yo‘llar bilan oshiriladi? d. barcha javoblar to‘g‘ri 94. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqlari nimada? b. undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi, undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi 95. Yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga kelgan renta shakli qanday nomlanadi? a. differensial renta I 96. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar qanday munosabatlar hisoblanadi? a. agrar munosabatlar 97. YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi… b. hufyona iqtisodiyot 98. Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo‘llaniladi? d. daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo‘shilgan qiymat usuli 99. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda quyidagilarning qaysi biridan foydalaniladi? d. Milliy hisoblar tizimidan 100. Yalpi milliy mahsulot bu - … a. bu o‘z mamlakati yoki horijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati 101. Yalpi milliy mahsulotni hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi? d. yuqoridagilarning barchasi 102. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot? d. butun milliy va jahon iqtisodiyoti 103. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu... a. barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan muvozanatlar tizimi 104. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar: c. real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning to‘g‘ri kelishi 105. Milliy daromad qanday hisoblanadi? b. SMM - egri soliqlar 106. Milliy mahsulot bu - . . . c. mamlakat miqyosida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmi 107. Nominal YaIM nima? b. joriy narxlarda hisoblangan YaIM 108. Nominal YaMM qanday usul bilan real YaMMga aylantiriladi? a. nominal YaMM / narx indeksi 109. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat? a. makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash 110. Qiyosiy narxlarda: c. ma’lum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi 111. Quyidagi qaysi ko‘rsatkich YaMM hajmiga kirmaydi? b. import tovarlar 112. Real yalpi ichki mahsulot nima? a. o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM 113. SMM qanday hisoblanadi? b. YaMM - amortizatsiya 114. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi? d. aholi jamg‘armalari 115. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi…. b. yalpi talab 116. Mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va hizmatlar hajmi…… d. yalpi taklif 117. Narx darajasi ortishi hamda milliy ishlab chiqarishning real hajmi ortishi qaysi kesmada kuzatiladi? b. oraliq kesma 118. Sof daromad – bu …… a. soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad 119. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? a. narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi 120. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi 121. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq? b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga 122. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi… b. yalpi talab 125. Narxning osonlik bilan ko‘tarilishi, lekin juda qiyinchilik bilan sekin pasayishi qanday samara deb ataladi? c. xrapovik samarasi 126. Real kassa qoldiqlar samarasi ekvivalenti…… a. boylik samarasi 127. Ishlab chiqarish omillari nima? c. yer, kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati 128. Ortiqcha quvvat bu . . . a. mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi 129. Davlat sarflari bu - … b. milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi 130. Sof eksportdagi o‘zgarish bu - … c. sof eksportning ko‘payishi yoki kamayishi 131. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi 132. Sof eksport hajmining o‘zgarishiga avvalo qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi? d. 2 va 3 javoblar to‘g‘ri 133. Turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? b. bevosita 134. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqarishi hamda narx darajasi pasayishi qaysi kesmada kuzatiladi? b. oraliq kesma 135. Yotiq kesmani yana qanday nom bilan ataladi? c. Keynscha kesma 136. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq? b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga 137. Narx darajasi o‘zgarishining biror mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladigan samara bu - …? b. import tovarlar xaridi samarasi 138. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi? d. aholi jamg‘armalari 139. Narx darajasining oshishi nimaga olib keladi? a. iste’molchilarning pulga bo‘lgan talabining oshishiga 140. Quyidagilardan qaysi biri moddiy iste’molga kirmaydi? c. bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish 141. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga kimlar kiritiladi. a. 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar 142. Musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlarni yaratish, ixtiro va kashfiyotlar qilish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?
d. nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish 143. ... – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar. d. mehnat qurollari 144. Huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi? nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga 145. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish 1-bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi? c. 1992-1993 yillar 146. Mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatini tashkil etadi? d. tasarruf etish 147. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar qanday mulk shakliga kiradi? a. jamoa mulki 148. Mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatiga kiradi? d. foydalanish 149. Xususiylashtirishning usullari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang? d. davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish 150. Ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda foyda olishga qaratilgan mulk mulkchilikning qanday shakliga kiradi? b. xususiy mulk 151. Urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladigan iqtisodiy tizimni aniqlang? a. an’anaviy iqtisodiyot 152. Davlat mulkini xususiylashtirish qanday tartibda o‘tkazilishi kerak? a. maxsus dasturlar asosida davlatning qattiq nazorati ostida amalga oshirilishi kerak 153. Mulkdorlar sinfi qachon vujudga keladi? a. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik chinakam ma’noda tarkib topib, odamlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga qodir bo‘lganda 154. Respublikamizda ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishda ustuvorlik nimalarga beriladi? c. xususiy mulkka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 155. ... – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Download 253.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling