1. Kolorimetriya va fotokolorimetriya usullari va ular to`g`risida umumiy tushunchalar


Polyarografiya, inversion-xronopotentsiometriya usullari


Download 1.92 Mb.
bet4/6
Sana13.12.2022
Hajmi1.92 Mb.
#1000612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tttttttt1

Polyarografiya, inversion-xronopotentsiometriya usullari.

  • Voltamperometriya elektrodlarning depolyarizatorlar ishtirokida polarizatsiyalanish darajasini o`lchashga asoslangan. Buning uchun tok – EYUK egri chiziqlari tekshiriladi. Bu chiziqlar elektrodlarda sodir bo`ladigan reaksiyalarning konsentratsiya va vaqtga bog`liqligini ko`rsatadi.

Polyarografiya 1922-yilda chex elektrokimyogari Yaroslav Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan. Mazkur usulning nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun Ya. Geyrovskiy Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. Zamonaviy polyarometrya – geokimyoviy, biokimyoviy, tibbiy, farmatsevtik va boshqa obyektlarni tahlil qilishda foydalaniladigan, anorganik va organik moddalarni aniqlashning yuqori darajasida sezgir va ekspress usulidir. Bu moddalarning qoldiq miqdorlarini aniqlashning eng universal usullaridan biridir.
Polyarografiya
Ba’zi bir elementlar uchun u atom-absorbsion spektroskopiya bilan raqobatlashishi mumkin. Uning boshqa afzalliklariga bir nechta (optimal sharoitda – 4-5 ta gacha) komponentlarning bir yo`la aniqlash imkoniyatini kiritish mumkin.
Yuqori selektivlik va aniqlashning eng past chegaralari (Cp) tufayli polyarografiya atrof-muhitning turli obyektlarida og`ir metallarning eng kam miqdorlarini aniqlashda asosiy usullardan biriga aylandi.
Barcha yirik shaharlar va megapolislar aholisi og`ir metallarning toksik ta’siridan aziyat chekadi. Masalan, Moskva va Sankt-Peterburgda toksikologiya instituti mutaxassislarining fikricha, 44 % gacha bolalar organizmida qo`rg`oshin miqdori yuqori, ularning 10 % i maxsus tibbiy yordamga muhtoj. Og`ir metallar – qo`rg`oshin va simob-neyrotrop zaharlarga kiradi.
Har qaysi shaharda qo`rg`oshinli chiqindilarning eng asosiy manbayi ichki yonuv dvigatellaridir. So`nggi 5 yilda shaxsiy avtotransportlar soni ancha ko`paydi, bunda eski xorij avtobillarining salmog`i yuqori bo`lib, ular atmosferani ko`proq ifloslantiradi.
Sanoat korxonalari va avtomobillardan havoga chiqariladigan qo`rg`oshin chang bilan tuproqqa cho`kadi va inson organizmiga tushadi. Polyarografiya odatda ishchi zonadagi havoda og`ir metall aralashmalarini aniqlashda foydalaniladi. Rossiyada ishchi zona atmosferasi uchun standart sifatida 20 tadan ortiq polyarografik uslublar tasdiqlangan, AQSH da esa sanoat korxonalari ishchi zona havosida qo`rg`oshin, kadmiy, galliy va indiyni aniqlash uchun polyarografiyaga asoslangan rasmiy uslublar mavjud. Metall tuzlari eritmalari tegishli qayta ishlovdan so`ng polyarografda tahlil qilinadi.
Polyarografiya usulida organik birikmalarning ko`p miqdorini aniqlab bo`lmaydi. Chunki faqat elektrofaol, ya’ni faqat elektrolitik yacheykada oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kirishadigan birikmalarga nisbatan to`g`ridan-to`g`ri elektrokimyoviy usuldan foydalanish mumkin.
Bunday birikmalarning aksariyati uchun ishchi zonada aniqlashning standart polyarografik va voltamperometrik uslublari mavjud. Ammo bu uslublarning ko`pchiligi tanlovchan emas (boshqa qo`shimcha birikmalar aralashmalari xalal beradi) va bunday hollarda gazli va suyuqlik xromatografiyasiga afzallik beriladi. Lekin shunga qaramay, aldegidlar uchun polyarografik uslublarni mutlaqo ishonchli deb aytish mumkin.
Polyarografik uslublar aldegidlarni havoda, suvda va tuproqda aniqlashning eng ishonchli usullaridan biridir. Differensial impulsli voltamperometriya usuli shahar havosini eng ko`p ifloslaydigan oltingugurt dioksidini aniqlashda foydalaniladi. Havo ishqor eritmasida ho`llangan filtrdan o`tkaziladi, filtr xuddi shu eritmada yuviladi va olingan ekstrakt polyarograflanadi. Rossiya, AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ishchi zona atmosferasida va havosida oltingugurt, azot va uglerod oksidlari (jumladan CO), shuningdek, ammiak, galogenlar va boshqa gazlarni aniqlash uchun portativ gazoanalizatorlarning butun bir turkumi yaratilgan bo`lib, ular polyarografiya asosida ishlaydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling