Kalorimetriya usuli kalorimetrda ionli nurlanish energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib uni aniqlashga asoslangan. Kalorimetr tomonidan to`liq yutilishi natijasida alfa va beta nurlanishi aniqlash ancha oson. Lekin gamma va rentgen nurlarni yutilishi kam bo`lganligi uchun ularni o`lchashda tuzatishlar kiritiladi. Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir bo`ladigan issiqlik effektlari (issiqlik miqdorlari) ni o`lchash usullari majmui. Xususan, kalorimetriya usullari bilan jismlarning issiqlik sig`imi, fazoviy o`tishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi. - Kalorimetriya usuli kalorimetrda ionli nurlanish energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib uni aniqlashga asoslangan. Kalorimetr tomonidan to`liq yutilishi natijasida alfa va beta nurlanishi aniqlash ancha oson. Lekin gamma va rentgen nurlarni yutilishi kam bo`lganligi uchun ularni o`lchashda tuzatishlar kiritiladi. Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir bo`ladigan issiqlik effektlari (issiqlik miqdorlari) ni o`lchash usullari majmui. Xususan, kalorimetriya usullari bilan jismlarning issiqlik sig`imi, fazoviy o`tishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi.
- Turli jarayonlarda jism sarflaydigan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita o`lchash uchun ishlatiladigan asboblar kalorimetrlar deyiladi. 400 K va undan yuqori temperaturalardagi issiqlik o`lchashlarini o`z ichiga olgan kalorimetriyani yuqori temperaturalar kalorimetriyasi, suyuq azot, vodorod va geliy t-ralari sohasini (-77 K va undan pastda) past temperaturalar kalorimetriyasi deyiladi.
- Kalorimetriyani o`lchash usullari issiqlik texnikasida, metallurgiyada, kimyo texnologiyasida keng ishlatiladi. Turli texnologik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bug`lanishi uchun sarflanadigan issiqlikni hisoblashda; kimyoviy reaksiyalarning borishi chegarasini aniqlashda va ularning sodir bo`lish shartlarini belgilashda kalorimetriyadan foydalaniladi.
Kalorimetriya mohiyati.
Kalorimetrning ishlash sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |