Tuproqning oziq rejimini boshqarish usullari. Tuproq unumdorligini ifodalaydigan asosiy ko’rsatgichlardan biri undagi oziq moddalar va suv hisoblanadi. o’simliklarning ushbu moddalarga bo’lgan talabini qondirish dehqonchilikdagi dolzarb muammo sanaladi. Tuproqning oziq rejimiga ildiz mikroflorasi, suvo’tlar, undagi sodda hayvonlar, organik moddalar, mikrobiologik jarayonlar, tuproqning fizik —kimyoviy xossalari va boshqalar bevosita tasir ko’rsatadi. Tuproq oziq rejimini boshqarish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi: - Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish; 2. Tuproqdagi simliklar qiyin zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni o’zlashtiriladigan, harakatchan holatga aylantirish;
3. O’simliklar oziqlanishi uchun optimal sharoit yaratish; 4. Tuproqdagi oziq moddalar miqdorining kamayishiga qarshi kurashish. Tuproqlarni oziq moddalarga boyitish uchun yerga o’g'itlar solinadi. Tuproqdagi oziq moddalarning ko’pchilik qismi simliklar qiyin o’zlashtiradigan yoki o’zlashtira olmaydigan murakkab organik birikmalar tarkibida bo’ladi. Dehqonchilikdagi muhim masalalardan biri almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish va boshqa tadbirlardan ilmiy asoslangan xolda samarali foydalanish, simliklar qiyin o’zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni oson o’zlashtira oladigan holatga tkazishdan iborat. simliklar oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish uchun tuproq xossalarini yaxshilash, buning uchun esa zaruriy agrotexnikaviy va meliorativ tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazish lozim.
Bahodirov Tuproqshunoslik
A.Ramazonov S. Buriyev Tuproqshunoslik va Dehqonchilik Toshkent 2018
M.Mamatqulov.B.Egamov Geologiya va Geomorfologiya Toshkent 2019
Quryozov.I Matqurbonov .T Tuproq va Õsimliklarni tatqiq qilish usullari õquv uslubiy qõllanma Urganch 2018
Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |