1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
Organik analitik reagentlar
Download 0.5 Mb.
|
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
16. Organik analitik reagentlar
Analizda qo'llaniluvchi ligandlar anorganik va organik tabiatli bo'lishi, yuqorida aytib o'tilgan edi. Keyingi yillarda anorganik ligandli komplekslardan ko'ra organik ligandli komplekslar ko'proq ishlatilmoqda. Bunga ular ishtirokida seziluvchan, selektiv reaksiya bo'lishi, reaksiyalarning aniqligi yuqoriligi sabab bo'lmoqda. Organik ligandli komplekslarning ko'pchiligi ichki kompleks birikmalarga kiradi. Masalan, alyuminiyni alizarin va 8 -oksixinolin, nikelni dimetilglioksim, magniyni 8 - 104 oksixinolin, kalsiy, stronsiy va bariyni natriy rodizonat kabi reaktivlar bilan topish bunga misol bo‘la oladi. Dastlab 1884-yilda M.A.Ilinskiy kobalt (II) ionini topish uchun 1 -nitrozo-2-naftoldan foydalangan edi. Bunda kobaltning qizil-qo'ng'ir rangli ichki kompleks birikmasi (n=6 ) hosil bo‘ladi, bu birikma xlorid va nitrat kislotalarda erimaydi. L. A.Chugayev 1905-yilda nikelni topish uchun ishlatgan dimetilglioksim reaktivi hozirgacha eng yaxshi reagent sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Ko‘pgina organik reagentlar anorganik ionlarni xalaqit beruvchi begona moddalar ishtirokida topishga imkon beradi. Bunga sabab hosil bo‘lgan birikmalaming rangliligidir. Organik va ayrim anorganik reagentlar ishtirokida bir yoki bir necha yadroli komplekslar hosil bo'ladi. Yadrolardagi markaziy ion bir xil bo'lsa, kom pleksga gom opoliyadroli, har xil m arkaziy ionlar bo'lsa, geteropoliyadroli komplekslar deyiladi. Bundan tashqari komplekslar bir yoki bir necha ligandli bo' lishi mumkin. Har xil ligandli komplekslarga aralash ligandli komplekslar deyiladi. Analizda qo'llaniladigan organik reagentlarga organik analitik reagentlar (OAR) deyiladi, ularning molekulalarida analitik markaz bo'lib, u ikki muhim gruppadan iborat bo'ladi. Ulardan biri funksional analitik gruppa (FAG) deb yuritiladi. FAG anorganik ionlar bilan ta’sirlashish qobiliyatiga ega bo'lgan spetsifik gruppadir. Bu gruppalaming ta’sirlashishidan hosil bo'lgan birikmaning analitik effektini analitik aktiv gruppalar (AAG) deb ataluvchi gruppalar ta’minlaydi. Shular hisobga olinsa, kompleks hosil qiluvchi OAR molekulasining tuzilishi quyidagicha bo'ladi: AAG FAG Masalan, sirkoniy ioni bilan jigarrang cho'kma hosil qiluvchi ndimetilaminobenzolazofenilarson kislota qarab chiqilsa, uning tarkibidagi arsenit kislota qoldig'i bilan tutashgan qism FAG, ikkinchi qismi AAG hisoblanadi Hozirgi vaqtda OAR lar tarkibiga kiruvchi 40 dan ziyod turli xil FAG lar ma’lum bo'lib, quyidagi 6.3-jadvalda ulardan namunalar keltirilgan. Ma’lumki, har qanday reagent, shu reaksiyaga kirishuvchi birikmalaming tabiatiga bog'liq ravishda ta’sirlashadi. Organik analitik reagentlarning analitik effektlari Bunday effektlar jumlasiga quyidagilar kiradi: eritmaning ranglanishi, rangning o'zgarishi yoki yo'qolishi; rangsiz yoki rangli cho‘kmalaming hosil boiishi; aniqlanuvchi ionlar erkin konsentratsiyasining o'zgarishi (kamayishi) (bu tashqi effektga b o g iiq emas, o ich o v asboblari yordamida signal sifatida qayd qilinadi) Reagentlarning asosiy tavsiflari. Organik analitik reagentlar afzalligi va analitik xossalarining asosiy mezonlari sifatida anorganik ionlar bilan ular reaksiyalari saralovchanligi va sezuvchanligining yuqoriligi qabul qilingan. OAR laming saralovchanligi deganda, muayyan sharoitda m a’lum, cheklangan sondagi ionlar bilan ta ’siri tushuniladi. Saralovchanlikning oichovi sifatida reaksiyaga kirishishi mumkin boigan ionlarning soni qabul qilinishi mumkin. OAR qanchalik kam sonli ionlar bilan ta’sirlashsa, u shuncha saralovchan boiadi. Ko'pincha, saralovchanlik tushunchasining sinonimi sifatida spetsifiklik (o'ziga xoslik) tushunchasining ishlatilishi noaniqdir. IYUPAKningtavsiyasiga ko'ra, о ‘ziga xoslik deganda, reagentning faqat bitta ion bilan tegishli sharoitdagi reaksiyasini tushunmoq kerak. OAR ning saralovchanligi har doim ham yetarli emas, unga erishish uchun analitik shaklning xarakterli rangi, xalaqit beruvchi ionlami yo'qotish, turli erituvchilarda har xil taqsimlanish, suvdagi eruvchanligining farqidan foydalanish va oksidlanish-qaytarilish xossalarini o'zgartirish lozim boiadi. OAR laming saralovchanligini haqiqiy va shartli saralovchanlikka boiish mumkin. Haqiqiy saralovchan reaksiyalarga begona ionlar xalaqit bermaydi. Shartli saralovchan reaksiyalarda xalaqit bermaydigan ionlar OAR bilan ta’sirlashadi, aniqlanuvchi va begona ionlar analitik shakllarining xossalari turlicha boiadi, uni tegishli asbob yordamida farqlash mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling