1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi


Yupqa qavatli xromatografiya


Download 0.5 Mb.
bet2/22
Sana18.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1210292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi

3.Yupqa qavatli xromatografiya
Xromatografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan bin bo‘lib, ularning o'zaro aralashmaydigan ikki faza (turg‘un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan. Turg'un fazaning sirti bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o ‘z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga mos ravishda turg'un va harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Natijada dinamik (harakatchan) muvozanat yuzaga keladi va ajratiladigan aralashma tarkibidagi molekulalar yoki bu fazada tarqalib turadi. Xromatografik sistema bo'ylab faqat turg'un fazada bo'lgan molekulalar harakatlanadi. Turli moddalar bu fazalarga turhcha munosabatda bo'ladi. Turg'un faza bilan kuchliroq ta’sirlashadigan modda xromatografik sistema bo'ylab sekin harakatlanadi. Turli xil moddalarni ajratish uchun turg'un faza hech bo‘lmaganda quyidagi to'rt xossadan biriga ega bo'lishi kerak: 1) harakatchan fazada bo'lgan moddalarni fizikaviy yuta olish; 2) harakatchan fazadagi moddalarni kimyoviy yuta olish; 3) ajratiladigan moddalarni erita olish; 4) g'ovak tuzilishga ega bo'lish va shu asosda bir moddani ikkinchisidan o'lchamlari farqi asosida ajratish.
Xromatografiya usuli 1903-yilda rus botanigi M.S.Svet tomonidan tavsiya qilingan.
Yupqa qavatli xromatografiya adsorbsion va taqsimlanish xromatografiyasi turlaridan hisoblanib, unda elyuent plastinka ustidagi yupqa qavat bo‘ylab kapillarlik kuchi tufayli harakat qiladi. Elyuent ko‘tariluvchi yoki tushuvchi boiishi mumkin. Ajratiladigan aralashma start chizig‘iga tomizilgandan keyin undagi moddalarni harakatchan faza o‘zi bilan harakatlantiradi. Yomon adsorbilanuvchi modda ko‘proq harakatlanadi va yaxshi yutiladigan moddalar ajraladi. Moddalarning sifat tarkibi Rf=x/y qiymat asosida aniqlanadi. Bu yerda x — moddaning start chizigldan bosib o ‘tgan yo li, modda o‘matilgan joydan dog‘gacha boigan masofa; у — start chizigldan front chiziglgacha boigan masofa. Yupqa qavatli negiz sifatida shisha plastinka ustiga juda yupqa qilib bir tekis yotqizilgan adsorbent qatlami ishlatiladi; hozir sanoatda silikagel va alyuminiy oksidi qatlamli plastinkalar ishlab chiqarilmoqda. Negiz sifatida qog‘oz ishlatilsa, usul qog ‘oz xromatografiyasi deb yuritiladi. Bu usulda yarim miqdoriy analiz qilinishi mumkin..

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling