1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
Analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslarning turlari
Download 0.5 Mb.
|
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
4.Analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslarning turlari.
Analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslar to‘rt turga bo'linadi. Birinchi tur komplekslarga kovalent va donor-aksetptor bog'lanish bitta yagona atom orqali amalga oshadigan komplekslar kiradi. Bulaming ko'pchiligida kovalent bog'lanish -OH, -S 0 3H, -COOH, =NOH, =NH, =SH singari funksional gruppalardagi vodorodning almashinishi hisobiga yuzaga keladi. Ikkinchi tur komplekslarda kovalent va donor-akseptor bog'lanish turli xil atomlar orqali ro'yobga chiqadi. Bularda kovalent bog* lanish yuqoridagi gruppalar atomlari bilan, donor-akseptor bog' lanish esa yulduzchalar bilan ko'rsatilgan >N*H, -NO*H, - 0*H, -CO*, >S* atomlar orqali amalga oshadi. Uchinchi tur komplekslarga donor-akseptor bog'lanish bir necha bir yoki har xil atomlar bilan amalga oshadigan komplekslar kiradi. Ko'pincha, bu gruppaga azotli komplekslar mos keladi. To'rtinchi tur komplekslarda donor-akseptor bog'lanish bir xil turdagi atomlar bilan amalga oshadi. Bu gruppaga kompleksning zaryadi markaziy atomning zaryadiga mos keladigan ammiakat, akvo, organik aminlar, NO va boshqalar bo'lgan komplekslar kiradi. Ikkinchi va uchinchi tur komplekslarga ichki kompleks birikmalar kirib, analitik kimyoda qo'llaniladigan komplekslarning aksariyati ikkinchi turga taalluqlidir. Birinchi tur komplekslar esa, ko'pincha, niqoblash maqsadida ishlatiladi. Xossalari. Anorganik ionlarning kompleks hosil qilish xususiyati har xil. Bu xossa tegishli elementlaming davriy sistemadagi o'miga bog'liq. 99 Davriy sistemaning VIIIB gruppasida joylashgan elementlaming kompleks hosil qilish qobiliyati kuchli. Umuman, d-elementlaming kompleks hosil qilish qobiliyati kuchli bo‘lib, p-elementlamiki ancha kuchsiz. Kom pleks hosil b o 'lish i tegishli erituvchilarda taqsimlanmagan elektron juftlaming mavjudligiga bog'liq. Masalan, ammoniy ioni ham kompleks iondir, uning hosil bo'lishi: N H 3+H +h>NH4+. Kompleks hosil bo'lishida donor-akseptor (koordinatsion) bog'lanish muhim hisoblanadi. Ko'pchilik komplekslar bir necha bosqichda hosil bo'ladi. Bu jarayonni kompleks hosil bo'lish konstantasi yordamida ifodalash mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling