1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi


Download 0.5 Mb.
bet9/22
Sana18.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1210292
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi

10. Ekstraksiya usuli
Tarkibida aniqlanadigan modda bo'lgan suyuqlik boshqa biror o'zaro kam eriydigan erituvchi bilan aralashsa, aniqlanadigan modda shu suyuqliklar orasida qayta taqsimlanadi. Kim yoviy analizda keng qo'llaniladigan ekstraksiya usuli suyuqliklarning shu xossasiga asoslangan. Suyuqliklar o'zaro kam aralashganligi uchun ikki faza o'rtasida muvozanat o'matiladi. Bu muvozanatda fazalarda taqsimlangan moddalar konsentratsiyalari nisbati doimiy bo'ladi. Moddani suv qavatidan organik erituvchi qavatiga o'tkazganda qavatlar miqdoriga ko'ra konsentrlash amalga oshishi mumkin. Odatda, suv qavatiga ko'ra organik erituvchi qavati ancha kichik bo'ladi. Bu usulda mutlaq konsentrlashdan tashqari nisbiy konsentrlashdan ham foydalaniladi. Nisbiy konsentrlashda mikrotarkibiy qism makrotarkibiy qismga ko'ra ko'proq organik qavatga o'tadi, natijada makrotarkibiy qismni aniqlashning o'ziga xosligi ortadi. Ekstraksiya usulida moddalarni ajratish to'laroq va samaraliroq bo'ladi. Agar cho'ktirish usuli bilan ekstraksiya taqqoslanadigan bo'lsa, ekstraksiyada ikki faza orasidagi yuza cho' ktirishdagiga ко ‘ ra ancha kichik bo'lishini ko'ramiz. Yuzaning katta bo'lganligi tufayli cho'ktirishda birgalashib cho'kish (adsorbsiya) kuzatiladi. Ekstraksiya usulida ham birgalashib cho'kishdagi singari birga ekstraksiyalanish kuzatilishi mumkin. Bunda organik fazaga ekstraksiya tufayli o'tayotgan modda bilan shu fazada erimaydigan modda birga bo'lganida o'tishi mumkin. Biroq ekstraksion sistemalar to'g'ri tanlansa, bunday hodisalar kam uchraydi. Ekstraksiya usuli universal, sodda va tezkor usuldir. Bu usul yordamida istalgan ionni ajratish uchun sharoit tanlash va tanlangan reaktiv yordamida ajratish mumkin. Ajratish uchun murakkab asboblar - qurilmalar talab etilmaydi, atigi silindr, ajratish voronkasi bo'lsa kifoya. Ajratish tez (3-5 min.) sodir bo'ladi. Ekstraksiya tufayli ajratilgan modda quyidagi usullardan biri yordamida aniqlanadi: 1. Reekstraksiya - ekstraksion ajratilgan aniqlanadigan moddani qayta suv muhitiga o‘tkazish. Buning uchun ekstrakt kislota, ishqor yoki boshqa biror tegishli reaktiv bilan ishlanadi. Suv muhitiga o ‘tgan modda biror usul yordamida aniqlanadi. 2. Estraksion-fotometrik usulda organik fazaga ekstraksiya tufayli o ‘tgan modda rangli bo‘ lsa, u shu rangning intensivligi asosida aniqlanadi. Agar ekstrakt rangsiz boisa, uni rangli ko‘rinishga o‘tkazish uchun fotometrik reaktiv qo'shiladi. 3. Ekstraksion - atom-absorbsion usulda ekstrakt alangaga purkaladi, alangada tekshiriladigan moddaning atomlari hosil boiib, aniqlash atomlarning yutishi asosida o‘tkaziladi. 4. Ekstraksion - neytron-aktivasion usulda ekstraktda boigan element neytronlar dastasi bilan nurlantirilib, hosil boigan radioaktiv nurlanishning intensivligi oichanadi. 5. Ekstraksion - spektral usulda ekstrakt alangaga purkaladi yoki qo‘zg‘atish manbasiga o‘matilib, undagi elementning spektri o‘rganiladi. 6. Ektmksion - polyarografik usulda ekstrakt elektrolitik bo‘g‘inga joylanib, uning tarkibidagi moddaning polyarogrammasi tushiriladi va tushirilgan polyarogramma o‘rganiladi.
Ekstraksiyalanuvchi moddalar turli xil bo‘lib, ular o‘z kimyoviy tuzilishi, hosil bo‘lish, organik qavatga o‘tish mexanizmi bilan farqlanadi. Ayrim ekstraksiyalanuvchi birikmalar oldin suvda hosil bo‘Isa, ayrimlari ekstraksiya jarayonida vujudga keladi. Suvda hosil bo‘ luvchilar gruppasiga kovalent bogianishli oddiy moddalar kiradi. Ikkinchi tur birikmalarga xelatlar (bir necha halqali ichki kompleks birikmalar) misol bo‘ ladi. Bulardan tashqari, elektr neytral, osongina solvatlanish qobiliyatiga ega boigan ion assotsiatlari ham yaxshi ekstraksiyalanadi. Solvatlanish energiyasi qancha katta bo‘ lib, gidratlanish energiyasi qancha kichik boisa, ekstraksiyalanish shuncha to iiq boiadi. Erituvchilaming solvatlar hosil qilish qobiliyati vodorod bogianish hosil boiishi bilan bogiiq. Masalan, kovalent bogianishli oddiy birikmalar: J2, GeCl4, SbCl3, AsCl3, HgCJ2, HgJ2 va boshqalar benzolda, HC1, HBr, HJ, H N 0 3, HC104, H2S04 singari kislotalar spirtlar, ketonlar va efirlarda, HFeCl4, HInJ4, HSbCl6 singari kompleks kislotalar-kislorodli erituvchilar bilan dietilefirda yaxshi ekstraksiyalanadi. Agar ajratiladigan modda zaryadli boisa, uning zaryadini neytrallash maqsadga muvofiq. Kichik zaryadli ionlar osonroq ekstraksiyalanadi. Ekstraksiya tufayli ajratiladigan modda tarkibida gidrofil gruppalar (-S 0 3H, -COOH, -O H va boshqa) boisa, ularning gidrofobligini oshirish kerak b oiadi. Barqaror komplekslar va katta oichamli zarralar yengil ekstraksiyalanadi. Yomon ekstraksiyalanadigan moddalarni ajratish uchun ularni komplekslarga bogiash maqsadga muvofiq. Ekstraksiyalasli eritmaning pH qiymatiga ko‘p jihatdan b ogiiq (10.1-jadval). Bu hosil boiadigan komplekslar va boshqa birikmalar barqarorliginingpH ga bogiiqligi bilan tushuntirilishi mumkin. Moddalarni ekstraksiyalash uchun qulay va selektiv erituvchilarga ekstragentlar deyiladi.
Ekstraksion jarayonlarning turlari Ekstraksiya jarayonlari davriy (oddiy), uzluksiz, qarama-qarshi oqimli turlarga boiinadi. Muvozanat konstantasi (taqsimlanish koeffitsienti) yetarli darajada katta bo‘lsa va muvozanatning o‘matilish tezligi ham katta bo‘Isa, moddani bir fazadan ikkinchisiga bir bosqichli ekstraksiya davomida toiiq o'tkazish mumkin. Erituvchining yangi ulushlari bilan tez o'matiladigan muvozanatli sistemalar uchun davriy ekstraksiyam qo'llash mumkin. Bu usul tarkibiy qismlardan biri bir fazada to'liq qolgani holda, ikkinchisi fazalar orasida tarqalganda, eng samaralidir

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling