1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
Download 0.5 Mb.
|
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
8. Polyarografiya
Polyarografik tahlil usulida tomchilaydigan simob elektrodi sirtida tekshiriladigan moddaning qaytarilishi natijasida yuzaga keladigan tokning elektrodlarga berilgan potensialga bog'liqligi o'rganiladi. Bu bog'liqlik polyarograf yordamida tekshiriladi (23.1-chizma). Tashqi tok manbai (V) va reostat (R) orqali tomchilaydigan simob elektrodi (K) va yordam chi elektroddan (A) iborat galvanik zanjirga +0,3-ь-2,0 V 320 oralig'idagi istalgan kuchlanishni berish mumkin. Bunda zanjirdan tok o'tadi, u sezgir galvanometr (G) yordamida oichanadi. Moddaning voltamper egri chizigini hosil qilish uchun kuchlanishni sekin-asta o‘zgartirish va har bir kuchlanish qiymatiga to‘g‘ri kelgan tok kuchini yozib borish kerak. Tekshiriladigan modda eritmasi oson qutblanuvchi kichik yuzaga ega boigan mikroelektrod va katta yuzali qutblanmaydigan elektrodlardan iborat polyarografik bo‘g ‘inga solinadi. Tahliliy elektr kimyoviy reaksiya sodir boiadigan mikroelektrod befarq metall — simob tomchisidan iborat. Simob tomchisi ogirlik kuchi ta’siridan diametri taxminan 0,03 mm bo ig an kapillyardan oqib tushadi, bunda diametri 0,5+1 ,0 mm boigan tomchilar har 2+6 sek da uzluksiz tomadi. Kapillyar simob solingan idishga shlang orqali ulanadi. Tomish tezligi idishning balandligini o ‘zgartirish asosida boshqariladi. Ko‘zda tutilgan maqsadga ko‘ra mikroelektrod katod yoki, ayrim hollarda, anod vazifasini bajarishi mumkin. Buning uchun tok manbaining tegishli qutbi tom chilaydigan elektrodga ulanadi. Polyarografik bo‘g‘indagi taqqoslash elektrodining sirt yuzasi mikroelektrodning sirt yuzasiga ko‘ra beqiyos katta boiganligi uchun u qutblanmaydi. Shuning uchun ham uning sirtida elektrod reaksiyalari sodir boim aydi. Ko'pincha taqqoslash elektrodi sifatida to‘yingan kalomel elektrodi ishlatiladi. Idish tubiga quyilgan simob ham qutblanmaydigan elektrod vazifasini o‘taydi. Bulardan tashqari merkur-yodid, kumush xloridli va boshqa taqqoslash elektrodlari ham qutblanm aydigan elektrod sifatida ishlatiladi. Elektrodlarga berilgan kuchlanish U, ularni qutblaydi va elektrolitdan tokning o‘tishini ta’minlaydi: U=Ea -Ek+IR, bu yerda, I — tok kuchi, A:R — qarshilik, Оm; Ea va Ek — anod va katod potensiallari. Agar eritmaning qarshiligini kamaytirsak, IR qiymat juda kichik b o iib , u hatto nolga yaqinlashishi ham mumkin. Qarshilikni 321 kamaytirish uchun eritmaga biror befarq elektrolit (fon) qo‘shiladi. Elektroliz davrida kuchlanishning o‘zgarishiga qaramasdan anodning potensiali amalda o‘zgarmaydi, chunki taxminan 10~5 A tok sirt yuzasi katta bo'lgan elektrodda nihoyatda kichik zichlikka ega bo‘ lgan tokni hosil qiladi. Shuning uchun ham uning polarizatsiyasi, odatda, kichik bo‘ladi. Binobarin, sirti katta elektrod potensialining o‘zgarishini hisobga olmaslik ham mumkin. U holda mikroelektrodning (katod) potensiali bo‘g‘inga berilgan kuchlanish bilan makroelektrod (anod) potensiallari farqiga teng: —Ek = U - Ea Bu tenglamadagi E juda kichik va doimiy bo'lganligi uchun —E = U bo'ladi. Agar anodning sirt yuzasi juda kichik (mikroelektrod) bo'lsa, E =U+E a к bo'ladi. Tekshiriladigan modda polyarogrammasidagi keskin ko'tarilish (1) polyarografik to ‘lqin deyiladi. U tekshiriladigan moddaning qaytarilishiga to'g'ri keladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling