1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
Download 0.5 Mb.
|
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
7. Titrimetrik analiz
Titrimetrik analiz berilgan aniqlanuvchi modda bilan boigan reaksiyaga sarflangan reagentning hajmini oichashga asoslangan usuldir. Titrimetrik analizda titr tushunchasiga duch kelamiz. Titr bir millilitr eritmadagi erigan moddaning grammlar soni: T=m/V ga teng Tor ma’ noda, titri ma’ lum eritma yordamida titri nom aium eritmaning titrini (oqibat natijada undagi modda miqdorini) aniqlash titrlash deyiladi. Keng ma’ noda, titrlashga faqat modda miqdorini aniqlash emas, balki uning fizik-kimyoviy kattaliklarini aniqlash ham kiradi. Titrlashning mohiyati quyidagidan iborat: aniqlanuvchi A modda eritmasiga konsentratsiyasi juda aniq boigan В reaktivdan oz-ozdan qo‘shib boriladi. Titrlash A va В moddalarning ekvimolyar miqdorlarigacha davom ettiriladi. Aniq konsentratsiyali В reagent standart eritma deb ataiadi. Aniqlanuvchi modda m iqdoriga titrantning miqdori ekvivalent boiganda titrlash to‘xtatiiadi, mana shu paytga to‘g ‘ri keladigan nuqta ekvivalentlik nuqtasi deb ataladi. Ekvivalentlik nuqtasi turli usullar yordamida aniqlanadi. Agar ekvivalentlik nuqtasi indikator rangining o'zgarishi yordamida aniqlansa, bu vaqtdagi titrlashni to'xtatish nuqtasiga titrlashning oxirgi nuqtasi deb aytiladi. Ekvivalentlik nuqtasida aniqlanuvchi A modda ham, titrant В ham nazariy jihatdan erkin holda boim aydi. Biroq, titrimetrik analizda ishlatiladigan reaksiyalar ham maium darajada qaytar bo'ladi. Binobarin, ta’ sirlashuvchi moddalar ekvivalentlik nuqtasida ham amalda oxirigacha ta’sirlashmaydi. Shu bois ekvivalentlik nuqtasi titrlashning oxirgi nuqtasiga, ko'pmcha, mos kelmaydi. Indikatorlar rangining o'zgarishi ham ekvivalentlik nuqtasiga aniq to'g'ri kelmaydi. Shularning hammasi ekvivalentlik nuqtasiga titrlashning oxirgi nuqtasi mos kelmasligini ko'rsatadi. A naliz usullari. Titrlash usullari qo‘llaniladigan reaksiyalar, titrlash amalini bajarish tartibi, titrlash uchun namuna olish turlari bo'yicha qator usullarga boiinadi. Titrimetrik analiz qo ‘llaniladigan reaksiyalarning turlari bo'yich a: 1) kislota-asosli titrlash, protolitometriya (kislota-asosli reaksiyalar); 2) oksredmetriya: oksidimetriya, redoksmetriya, reduktometriya (oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari); 3) cho'ktirish usullari (cho'ktirish reaksiyalari); 4) kompleksimetriya (komplekslar hosil bo'lish reaksiyalari) usullariga boiinadi. Titrimetrik analizda qo‘llaniladigan reaksiyalarga quyidagi talablar qo'yiladi: 1) reaksiyaga kirishuvchi moddalar qat’ iy stexiometrik nisbatda ta’sirlashishi kerak; 2) reaksiya tez va oxirigacha borishi zarur; 3) aniqlanuvchi modda tarkibida b oigan begona moddalar titrlashga xalaqit bermasligi kerak; 4) ekvivalentlik nuqtasi u yoki bu usul yordamida juda aniq topilishi zarur; 5) reaksiyalar imkoni boricha xona temperaturasida olib borilishi kerak; 6) titrlash davomida raqobat reaksiyalari sodir boim asligi zarur. Ekvivalentlik nuqtasini indikatorlar, rangli eritmalar rangining o'zgarishi (vizual usullar) va turli asboblar (instrumental usullar) yordamida aniqlanadi. Quyida ekvivalentlik nuqtasini aniqlash usullari sanab o'tilgan: 1) vizual (ko'z bilan kuzatish) usullar (indikatorli va indikatorsiz); 2) konduktometriya — elektr oikazuvchanlikning o'zgarishi; 3) potensiometriya — elektrod potensialining o'zgarishi; 4) amperometriya — diffuzion tokning o'zgarishi; 5) fotometriya - optik zichlikning o'zgarishi; 6) radiometriya — radioaktivlikning o'zgarishi va boshqalar. Titrimetrik analiz bajarilish tartibiga ko'ra quyidagilarga boiinadi: bevosita, teskari, bilvosita va reversiv. Bevosita titrlashda aniqlanuvchi A moddaning eritmasi В reagent eritmasi bilan titrlanadi. Teskari titrlashda aniqlanuvchi A moddaning ma’ lum hajmli eritmasiga aniq konsentratsiyali В reagent eritmasidan m o i miqdor qo'shiladi va uning ortiqcha miqdori boshqa biror A ' titrant bilan titrlanadi. Shu asosda aniqlanuvchi moddaning miqdori topiladi. Masalan: HC1 ni aniqlash uchun unga A g N 0 3 dan m o i miqdori qo'shiladi va A g N 0 3ning qolgan qismi N H 4SCN bilan titrlanadi. Bilvosita titrlashning bir necha ko'rinishlari mavjud. Hosil boigan С moddani titrlashda aniqlanuvchi A modda eritmasiga biror В reagent qo'shiladi, natijada yangi C' modda hosil boiadi. Ana shu hosil boigan С moddani asosiy titrant bilan titrlab, aniqlanuvchi moddaning miqdori baholanadi. Reversiv titrlashda aniqlanuvchi A moddaning 182 eritmasi bilan standart В modda eritmasi titrlanadi. Masalan, HCl ning eritmasi bilan aniq konsentratsiyali Na2B407*10H20 eritmasini titrlab HCl ning titri aniqlanadi. Reversiv titrlash bilan teskari titrlash tushunchalarini aralashtirmaslik kerak. Titrimetrik analiz titrlash uchun namuna olish tartibiga ko‘ra pipetkalash va ayrim namunalar usullariga boiinadi. Pipetkalash usuli saqlanganda o ‘z titrini (konsentratsiyasini) o ‘zgartirmaydigan, barqaror moddalarning eritmalaridan namunalar olish uchun ishlatiladi. Bunda namuna ma’lum hajmli pipetka yordamida olinadi. Olingan bu namuna alikvot qism deb yuritiladi. Ayrim namunalar usuli yengil uchuvchan, tez parchalanadigan, beqaror moddalardan namuna olish uchun ishlatiladi. Bu usulda namuna olish uchun maxsus shisha pufaklardan foydalaniladi. Namuna olishdan oldin shisha pufakning massasi o ich an ad i, uning m assasi shprits yordamida namuna kiritilgandan va pufakning og‘zi kavsharlangandan keyin yana oichanadi. Massalar farqi bo'yicha namunaning massasi aniqlanadi. Bu usulda pufaklarsiz ham namuna olish mumkin. Namuna olish tekshiriladigan moddaning xususiyatlariga bogiiq. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling