1. Kompyutеr grafikasi paketlari deganda nima tushuniladi?


Inson ko‘zi qanchaga yaqin ranglarni ajrata oladi?


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/44
Sana26.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1125849
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
GRAFIKASI001

33.Inson ko‘zi qanchaga yaqin ranglarni ajrata oladi? 
Inson ko‘zi 130-250 sof va 5-10 million aralash ranglarni ajrata oladi. Turli ranglar 
odamga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatib, u yoki bu fiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi 
34.Har bir rangni to‘lqin uzunliklari bir-biridan qanchaga farq qilishi 
mumkin?
Rang — moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda 
yorugʻlikning muayyan koʻrish tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik 
energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz qorachigʻi orqali koʻzning sezgir 
hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda qaysi 
Rangdagi nurni yutsa, oʻsha Rangdagi nurni oʻzidan chiqaradi. Rangning spektri 
moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. 
Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin boʻlganda oq 
Rang hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida 
moddalarning rangi noaniqlashadi. 
Uch xil Rangning qoʻshilishidan xohlagan Rangni hosil qilish mumkin. Xalqaro 
kelishuvga binoan, 3 asosiy Rang tanlab olingan: qizil, sariq va havo rang. Rangli 
televideniye, rangli fotografiya va boshqalarning asosida 3 xil Rang aralashmasi yotadi. 
Toʻlqin uzunligi har xil boʻlgan yorugʻlik har xil rang taassurotini hosil qiladi: 460 nm 
da — binafsha rang, 470 nm da — koʻk rang, 480 nm da — zangori rang, 520 nm da — 
yashil rang, 580 nm da — sariq, rang, 600 nm da — toʻq sariq (apelsin) rang, 640 nm 
da — qizil rang, 700 nm da toʻq kizil (qirmizi) rang hosil boʻladi. 
Baʼzi odamlarda rang ajrata olmaslik kasalligi uchraydi. Bu kasallikda rangli rasmlar 
bilan oq-qora rasmlar va svetofor chiroqlari bir xil koʻrinadi. Moddalar haroratini 
bevosita aniqlash mumkin boʻlmagan vaqtda chiqarish spektridagi Rangning 
oʻzgarishidan foydalaniladi. Shu usul bilan Quyosh sirti harorati aniqlangan. Kime 
tajribalarida erigan modda konsentratsiyasi (rangi)ni aniqlashda maxsus optik asbob 
(spektrofotometr)lardan foydalaniladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling