1 Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi


)Marshrutizator qurilmasini tushuntirib bering


Download 58.35 Kb.
bet15/20
Sana15.06.2023
Hajmi58.35 Kb.
#1486246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari fanidan yakuniylar javoblari bor.22

28)Marshrutizator qurilmasini tushuntirib bering.
ROUTER (marshrutizator) qurilmasiham BRIDGE (ko‘prik) qurilmasi kabi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi yoki ajratadi. Farqi ROUTER (marshrutizator) qurilmasi katta tarmoqlarda ishlatiladi. Bundan tashqari marshrutizator qurilmasi kerakli tarmoqni yoki kerakli yo‘lni tanlash imkoniyatiga ega. Bu holda kirishga kelayotgan ma‘lumotlar tanlash orqali o‘z yo‘llarini topadi
Marshrutizatorlar. Intеrnеtdagi ma'lumotlar oqimini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma'lumotlar joylangan pakеtlarni har doim kеrakli yo`nalishda borishini ta'minlashdir.
Agar ma'lumotlar bitta mahalliy tarmoqqa tеgishli kompyutеrlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning kеragi yo`q, chunki Hubning o`zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar ikkita tarmoq orasida ma'lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar. Marshrutizatorlar pakеtlarni tеkshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va pakеtlarni bu manzilga yaqinroq boshqa marshrutizatorga uzatadi. 
29)IP v 4 versiyasining klasslarini tushuntirib bering.
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta adreslarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.

Download 58.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling