1. Konstitutsiya tushunchasi 2


Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi


Download 183.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi183.89 Kb.
#1526667
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq

Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi. Bu prinsip Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga 
ega rasmiy hujjat ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o‘z faoliyatini Konstitutsiya prinsiplari va 
qoidalari asosida tashkil etadi. Shuningdek, barcha davlat organlari, tashkilot, korxona, 
muassasa, jamoat birlashmasi, fuqarolar, mansabdor shaxslar Konstitutsiya asosida faoliyat 
yuritadi. O‘zbekistonda amal qiladigan birorta ham normativ hujjat Konstitutsiyaga zid 
bo‘lmasligi kerak, zidlik holatlari vujudga kelsa, Konstitutsiya normalari amal qiladi. 
Konstitutsiyaning ustunligi yana Konstitutsiya normalari boshqa huquqiy hujjatlarning 
yaratilishi uchun asos bo‘lishida ham ko‘rinadi. 
Konstitutsiyaning kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlashi prinsipi. Konstitutsiya 
faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni maqsad qilib qolmay, u kelajakdagi 
vazifalarni ham belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning muqaddimasida belgilangan kelajak 
avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, insonparvar demokratik davlatni barpo etishni 
ko‘zlash, kabi da’vatlar va
ta’kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar 
Konstitutsiyaviy tartibda asoslantirilgan. 
Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi prinsipi. Konstitutsiya 
normalari oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi bilan birga, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi. Yoki 
boshqacha qilib aytganda, uning normalarini hayotga tatbiq qilish uchun (Konstitutsiyaning 
o‘zida shu talab ko‘rsatilmagan bo‘lsa) qo‘shimcha maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar 
qabul qilish shart emas. Ayrim adabiyotlarda ko‘rsatilayotgan boshqa bir qancha prinsiplar 
Konstitutsiyaning 
prinsiplari 
bo‘lmasdan, 
boshqa 
Konstitutsiyaviy 
institutlarning 
prinsiplaridir. Masalan, davlat bilan fuqaro o‘zaro mas’ulligi prinsipi Konstitutsiyaviy prinsip 
bo‘lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta’minlanadi, xalq suvereniteti prinsipi, hokimiyat 
bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy prinsipidir yoki 
Konstitutsiyaning 17-moddasidagi prinsiplar davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi 
hisoblanadi. XXII bobdagi prinsiplar esa, sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi. Konstitutsiya 
masalasini o‘rganishda konstitutsiyalarning xususiyatlarini aniqlash muhim masaladir. 
Xususiyatlar umumiy, ya’ni umuman konstitutsiyaga tegishli yoki alohida, ya’ni ayrim 
mamalkatlarning konstitutsiyalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari 
orqali uning yuridik tabiati ochiladi. Konstitutsiyalarning xususiyatlari uning huquq tizimidagi 
alohida o‘rni, ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi. 
Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Konstitutsiya maxsus subyektlar tomonidan alohida tartibda qabul qilinadi (legitimlik). 
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
3. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilmaxildir. 
4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi. 
5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va muhofazalanadi. 
6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.
1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan qabul qilinadi. 
Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya Konstitutsiyasi) yoki alohida, 


maxsus, faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan organ (Germaniya Konstitutsiyasi) yoki 
Qonunchilik organi – Parlament (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi. 
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya konstitutsiyaviy 
tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxsning huquqiy holati asoslari, konstitutsiyaviy tuzum 
asoslari, uning prinsiplari bo‘lib, shunday normalar boshqa yuridik normalarni 
yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan 
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan qoida davlat hokimiyatining 
vujudga kelishi uchun asos, ta’sis xarakteriga ega. Xuddi shuningdek, hokimiyatning 
bo‘linishi prinsipi mustahkamlangan 11-modda, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta’sis etuvchi 
xususiyatni yaqqol ko‘rsa bo‘ladi. 
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning yuridik 
xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida bir ijtimoiy 
munosabatni tartibga solsa (masalan, mehnat huquqi – mehnat munosabatlarini, moliya huquqi 
– moliya munosabatlarini), Konstitutsiyaviy huquq tartibga soladigan munosabatlar doirasi 
turli-tumandir. Masalan, u shaxs huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini 
ham, siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan cheklanmay, 
unga da’vat ko‘rinishida bo‘lsa ham, kelajak maqsadlar belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat barpo etish” maqsadi 
ko‘rsatilgan.
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim xususiyatidir. 
Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning o‘zi ham Konstitutsiyaning oliyligini ko‘rsatadi. 
Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi, uning normalariga boshqa qonunlar zid 
bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, ustunligi uni qabul qilish va unga o‘zgartirish 
kiritish alohida tartibda o‘rnatilganligida ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik 
ovoz bilan qabul qilinsa, Konstitutsiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning alohida tartibi, mexanizmi o‘rnatiladi. 
Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan, Konstitutsiyaviy sud. 
Uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish hisoblandi. 
6. Konstitutsiyaning huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi keyingi bandlarda batafsil 
yoritiladi. Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga kelish 
sharoitlari har xil bo‘lishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq o‘tmishi, madaniyati, tili ham 
konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatlarning konstitutsiyalari 
yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo‘lmagan holda, maxsus xususiyatlarning bo‘lishini 
ham taqozo etadi. Bu xususiyatlar mavjud masalalarning mohiyatini buzmagan holda turlicha 
belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi. Konstitutsiyalarning tuzilishlarida ham alohida 
xususiyatlar uchrashi mumkin. Masalan ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida 
konstitutsiyaviy tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitutsiyasi). O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga fuqarolar huquqlarining kafolatlari,oila 
munosabatlarining alohida bobda ko‘rsatilganligi, saylov tizimi uchun, mahalliy davlat 
hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida boblar ajratilganligini ko‘rsatish 
mumkin. 
Mamlakatning taraqqiyoti konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa, konstitutsiyaning 
amal qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu yerda, fuqarolarning qonunlarga itoatkorligi 
muhim rol o‘ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar ham, ba’zida ayrim guruhlar ham 
Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Natijada ularning faoliyati Konstitutsiyaga xavf 
tug‘diradi. Ayrim vaqtlarda bunday xavf davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham 


bo‘lishi mumkin, agar ular Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning doirasidan chiqib ketsa.
Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday hol bo‘lmasligi uchun: 
“Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”, deb qat’iy belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyani buzish
unga amal qilmaslik, davlatchilik asoslarini buzadi, fuqarolar o‘rtasida ishonchsizlikni 
vujudga keltiradi. Bu esa, inson huquqlarining buzilishiga, oqibatda davlat to‘ntarishiga olib 
keladi. 
Shuning uchun davlatlar konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, unga amal qilishni 
ta’minlash choralarini ko‘radilar. Bu birinchi navbatda konstitutsiyalarda ularning normalari 
hamma uchun birday amal qilishi belgilab qo‘yilganligida ko‘rinadi. Agar O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo‘lsa, 
Konstitutsiyaning 47-moddasida: “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan 
burchlarni bajaradilar”, 48-moddada “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, 
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga 
majburdirlar”, – deb belgilangan. Konstitutsiyaga amal qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud 
bo‘lib, konstitutsiyani qo‘pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilanadi. 
Deyarli barcha mamalaktlarda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash uchun harakat qilish, 
hokimiyatni kuch ishlatib yiqitish uchun da’vat qilish harakatlari jinoiy harakat, 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, konstitutsiyani buzish deb qoralanib, ularga nisbatan 
jazo belgilanadi. Konstitutsiyalarda konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab qo‘yiladi. 
Konstitutsiyamizning 
57-moddasida: 
“Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan 
o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, 
milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘I va ma’naviyatiga tajovuz 
qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy 
Download 183.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling