1. Konstitutsiya tushunchasi 2


partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi


Download 183.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi183.89 Kb.
#1526667
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq


partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”, – deb belgilangan qoidalar va 
g‘oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita taalluqlidir. Chunki yuqoridagi holatlarning 
barchasi Konstitutsiyada belgilangan munosabatlardir. Konstitutsiyaga amal qilishni 
ta’minlovchi alohida vosita sifatida Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko‘rsatsa bo‘ladi. Chunki, 
Konstitutsiyaga amal qilish faqat uni bajarish emas, unga zid boshqa hujjatlarni ham qabul 
qilmaslikdir. Konstitutsiyaning 16-moddasida: “Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy 
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”, – deb belgilangan. 
Konstitutsiyamizning 108-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga 
doir ishlarni ko‘radi”, – deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddada uning vakolatlari yanada 
aniqroq ko‘rsatib o‘tiladi.
Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va 
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo 
shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
mosligini aniqlaydi; 
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 
3) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; 


4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat 
doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga amal 
qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim rol o‘ynaydi.
Konstitutsiya bo‘yicha fuqarolarning bilimlarini kengaytirish maqsadida 2001-yil 4-
yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 
Prezident farmoyishi qabul qilingan.
Unda Konstitutsiyaning o‘rni, ahamiyati, ma’no va 
mohiyatini fuqarolarga yetkazish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etish va bilim 
berishning samarali mexanizmini yaratish belgilangan. Shu farmoyish ijrosi bo‘yicha 
mamlakatimizda e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ta’limning turli bosqichlari uchun 
o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. O‘quv rejalariga o‘quv kursi kiritildi. 
Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida uning boshqa huquqlar uchun 
baza, asos bo‘lishi ko‘rsatilgan edi. Qonun huquq ifodalanadigan asosiy hujjatlardan biri 
bo‘lganligi sababli, uning vujudga kelishida ham konstitutsiyani asos, baza deb hisoblashimiz 
mumkin. Eng avvalo shunga e’tibor berish kerakki, qabul qilinadigan qonunlar konstitutsiyaga 
zid bo‘lmasligi kerak. Bu qonunlarni yaratishdagi asosiy prinsip. 
Ikkinchidan, qabul qilinadigan qonunlar konstitutsiya normalariga tayanishi, uni hayotga 
tatbiq qilishni nazarda tutishi, konstitutsiyada nazarda tutilgan qoidani yanada to‘laroq tartibga 
solishni maqsad qilishi shart. Masalan, Konstitutsiyaning 37-moddasida: “Har bir shaxs 
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”, – deb belgilangan. Bu 
mehnat munosabatlarining asoslarigina hisoblandi, mehnat munosabatlari shular bilangina 
tugamaydi. Ular juda keng. Endi shu asosiy mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa 
munosabatlar mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi. Demak, konstitutsiya mehnat qonunini 
yaratish uchun asos bo‘ldi. Xuddi shuningdek, konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy ta’minot 
olish masalasi, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish masalalari yoki atrof tabiiy muhitga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish masalasi, harbiy xizmatni o‘tash burchlari ham har 
tomonlama tartibga soluvchi qonunlar bo‘lishini taqozo etadi. Konstitutsiyaning ko‘pchilik 
moddalarida esa, shu masala qonun bilan tartibga solinishi tartibi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. 
Masalan, referendum masalasini belgilagan 9-modda, fuqarolik masalasini belgilagan 21-
modda, fuqarolarning murojaat qilishi haqidagi 35-modda, Prezident saylovlariga taalluqli 90-
modda, Vazirlar Mahkamasiga taalluqli 98-modda, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga 
taalluqli 102, 103-moddalar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli 105-modda, 
saylov tizimiga taalluqli 117-modda, Prokuratura faoliyatiga taalluqli 120-modda, qurolli 
kuchlar faoliyatiga taalluqli 125-moddalarida shu masalalar qonun bilan tartibga solinishi 
ko‘rsatib o‘tilgan. Konstitutsiya qonunchilik asosi deganda konstitutsiyaning o‘zida qonun 
qabul qilish va e’lon qilish jarayoni asoslari belgilab qo‘yilganligini ham ko‘rsatish mumkin. 
Konstitutsiyaning 78-moddasida Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi 
belgilab qo‘yilgan. 83-moddasida qonunchilik tashabbusiga ega subyektlar doirasi belgilangan 
va 84-moddada qonun yaratish jarayoni mustahkamlangan. Unga asosan, qonun Qonunchilik 
palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon 
qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, konstitutsiyaviy 
qonunlar mutloq ko‘pchilik ovoz bilan (O‘zbekistonda uchdan ikki qism ovoz bilan) qabul 
qilinadi. Qonun qabul qilish jarayoni keng ravishda darslikning boshqa mavzularida bayon 
qilinadi. 
Konstitutsiyalar taraqqiyotning turli davrlarida va alohida sharoitlarda vujudga kelganligi 
sababli ularning turlari ham xilmaxildir. Ularning turlanishiga shakli, qabul qilinish tartibi, 
amal qilishi va boshqalar ta’sir qiladi. Eng avvalo, Konstitutsiyalar yozilgan va yozilmagan 


konstitutsiyalarga bo‘linadi. Aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalari alohida tartibda 
qabul qilingan, yagona hujjat tartibida mavjud bo‘lgan Konstitutsiya bo‘lib, ular yozilgan 
konstitutsiya deb e’tirof etiladi. Ayrim mamlakatlarda konstitutsiyalar yagona hujjat shaklida 
bo‘lmay, turli munosabatlarni tartibga soluvchi turli hujjatlar qabul
qilingan bo‘lib, ular ham 
konstitutsiya hisoblanadi. Hatto konstitutsiyaviy kelishuv hujjatlari, odatlar ham konstitutsiya 
hisoblanadi. Bunday mamlaktlar konstitutsiyalari yozilmagan konstitutsiya deb hisoblanadi 
(Buyuk Britaniya, Shvetsiya va hokazo). Bunday mamlakatlarning konstitutsiyalari ham 
kuchli konstitutsiyaviy tuzum bo‘lishini ta’minlamoqda. Konstitutsiyalar yana qabul qilinish 
tartibiga qarab ham turlanadi. Asosan konstitutsiyalar legitim vosita orqali, ya’ni ko‘pchilik 
e’tirof etgan yo‘llar bilan qabul qilinishi mumkin. Xalq tomonidan (referendum yo‘li bilan) – 
Rossiya, Fransiya Konstitutsiyalari, konstitutsiya qabul qilish uchun maxsus chaqirilgan ta’sis 
majlisi tomonidan – AQSh, Italiya, Hindiston konstitutsiyalari yoki qonunchilik organi – 
Parlament tomonidan (O‘zbekiston Konstitutsiyasi). Ayrim mamlakatlar konstitutsiyalari 
oldin parlamentda qabul qilinib, keyin referendum orqali qabul qilingan (Ispaniya 
Konstitutsiyasi). Bunday tartibda qabul qilingan konstitutsiyalar hadya qilinmagan 
konstitutsiyalar hisoblanib, ularni qabul qilish tartibi demokratik hisoblanadi. Jahon 
konstitutsiyaviy tajribasida kam uchrasada, oktroir (yuqoridan hadya qilingan) konstitutsiyalar 
ham uchraydi. O‘z davlati uchun monarx davlat boshlig‘i tomonidan hadya qilingan 
konstitutsiya bunga misol bo‘ladi. Yaponiya imperatori tomonidan hadya qilingan 
konstitutsiya hadya qilingan konstitutsiyadir. Oktroir konstitutsiyalarining ikkinchi guruhiga 
mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul qilingan 
konstitutsiyalarni keltirish mumkin. Buyuk Britaniya o‘z qaramog‘idagi ko‘pgina davlatlarga 
konstitutsiya hadya qilgan. Konstitutsiyalarni mamlakt dohiysi, yo‘lboshchisi nomi bilan atash 
ham tajribada ma’lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Stalin Konstitutsiyasi, 1977-yilgi 
SSSR Konstitutsiyasi Brejnev Konstitutsiyasi, 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasi Yelsin 
Konstitutsiyasi, deb ham ataladi. Sababi, shu yo‘lboshchilar konstitutsiya qabul qilishda 
yetakchi rol o‘ynagan. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibiga qarab konstitutsiyalar 
“yumshoq” va “qattiq” konstitutsiyalarga bo‘linadi. “Yumshoq” konstitutsiyaga o‘zgartirish 
kiritish tartibi oddiy qonunga o‘zgartirish kiritish tartibiga o‘xshagan bo‘ladi.
“Qattiq” 
konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishda murakkab tartib o‘rnatilgan. Masalan, shunday taklif 
tushgandan so‘ng muhokama uchun ma’lum vaqt ajratiladi, o‘zgartirish kiritish uchun mutlaq 
ko‘pchilik ovozi talab etiladi, agar konstitutsiya federativ davlat konstitutsiyasi bo‘lsa, 
o‘zgartirishni federatsiya subyektlari ham ma’qullashi talab etiladi.
AQSh Konstitutsiyasini haqiqatan qattiq konstitutsiya desa bo‘ladi. Uning qabul 
qilinganligiga 226 yil o‘tgan bo‘lsa ham, unga bor-yo‘g‘i 27 ta qo‘shimcha kiritilgan, uning 
ham 10 tasi dastlabki ikki yilda – 1787–89-yillarda kiritilgan.
Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy qonunlarga nisbatan 
ancha murakkab tartib o‘rnatilgan. Bundan tashqari konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy 
konstitutsiyalarga bo‘lish mumkin. Vaqtincha konstitutsiyalar o‘tish davrida, ko‘pincha davlat 
to‘ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va ma’lum vaqt faoliyat ko‘rsatadi. Doimiy 
konstitutsiyalar muddati yo‘q, uzoq vaqt davomida amalda bo‘ladi. AQSh Konstitutsiyasi 
hozir IV asr yuzini ko‘rgan eng keksa konstitutsiyadir. 
Shunday qilib, konstitutsiya turlari: yozilgan va yozilmagan; hadya qilinmagan (legitim 
usulda qabul qilingan) va hadya qilingan (oktroir); qattiq va yumshoq; vaqtincha va doimiy 
turlarga 
bo‘linadi. 

Download 183.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling