1. Konstitutsiya tushunchasi 2


Download 183.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi183.89 Kb.
#1526667
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq

Demokratizm prinsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga barcha 
xalqlar bab baravar intiladigan tartibotdir. Demokratiya uzoq vaqt davomida shakllanadigan, 
o‘zida xalqlarning qadriyatlarini mujassamlagan, ko‘pchilik uchun mos va qulay tartib 
hisoblanadi. Demokratizm ana shu tartibning (demokratiyaning), hayotda qo‘llanilishi 
mexanizmidir. Demokratiya deganda xalq hokimiyatchiligi tushunilsa-da, uning mazmuni 
ancha keng. Demokratizm mavjud bo‘lganda xalq suvereniteti – xalqning o‘z taqdirini o‘zi 
belgilash huquqi amalga oshishi mumkin. Shuning uchun, demokratizm O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining barcha prinsip va qoidalariga singdirilgan yoki boshqacha qilib aytganda, 
demokratizm Konstitutsiya normalari orqali qonuniy mustahkamlangan. Konstitutsiya 
jamiyatda fikrlar xilma-xilligi uchun asos bo‘ladi. Konstitutsiyamizning demokratik 
xarakterini, u demokratizm g‘oyalariga suyanganligini Konstitutsiyaning muqaddimasidan 
ham bilish mumkin. Demokratizm prinsipining mavjudligi Konstitutsiyaning boshqa 
prinsiplari mavjud bo‘lishini belgilab beradi. 
Insonparvarlik prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati
manfaati masalasini belgilash Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. 
Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklari, sha’nining oliy qadriyat deb belgilanishi, 
uning insonparvarlik xarakterini ko‘rsatadi. Insonparvarlik g‘oyasi Konstitutsiyadagi asosiy 


g‘oya bo‘lganligi sababli, uni Konstitutsiya prinsipi deyish mumkin. Konstitutsiyada 
insonning manfaatlari ustuvorligining belgilanganligi, huquq va erkinliklarni ta’minlashda 
davlat mas’uliyatining belgilanganligi ham shu prinsipning ta’siridir. Mamlakatda yashovchi 
barcha fuqaro, millat va elatlar tengligining o‘rnatilishi, biror-bir kishi imtiyozga ega 
bo‘lmasligi, yordamga muhtoj toifadagi kishilarning huquqlari davlat tomonidan alohida 
himoya qilinishi, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligining o‘rnatilishi Konstitutsiyaning 
insonparvarligini ko‘rsatadi. 

Download 183.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling