1. Konstitutsiya tushunchasi 2


Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida


Download 183.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi183.89 Kb.
#1526667
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq

Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida 
dunyoga tanitadigan Qomusnomadir” , – degan so‘zlari faqat O‘zbekiston konstitutsiyasiga 
emas, umuman Konstitutsiyalarga berilgan bahodir. 
Konstitutsiya davlatning oliy kuchga ega qonuni, u Asosiy qonun deb ham ataladi. 
Sababi, konstitutsiya davlatchilikning, qonuniylik va huquq-tartibotning, qonunchilikning 
asosi. Konstitutsiya, eng avvalo, yuridik hujjatdir. Uning shu xususiyatlari va sifatlari 
konstitutsiyaviy huquq fanining predmetini tashkil etadi. Konstitutsiya boshqa qonunlar kabi 
faqat yuridik hujjat sifatidagina namoyon bo‘lmay, u siyosiy hujjat hamdir. Chunki 
konstitutsiya jamiyatdagi siyosiy munosabatlarni ham tartibga solishga ta’sir etadi. 
Huquqiy davlatlar yoki shunday davlat qurayotgan mamlakatlar konstitutsiyalari 
g‘oyaviylikdan holidir. Faqat ular ko‘pg‘oyaviylikning, plyuralizmning vujudga kelishi uchun, 
agar ular hammabop g‘oya bo‘lsa, sharoit yaratishi mumkin. 
Shunday qilib, Konstitutsiya deganda – oliy yuridik kuchga ega davlatning asosiy 
qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini, shaxsning 
huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil bo‘lish tartibi, 
vakolatlari, o‘zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabatlari 
asoslarini belgilovchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konstitutsiya davlat 
funksiyasi doirasini, uning shaxs va jamiyat bilan aloqasi asoslarini o‘rnatish bilan 
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzumda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ularning fuqarolar 
manfaatiga qanchalik mosligi belgilaydi. Shu va konstitutsiya bilan tartibga solish doirasi turli 
mamlakatlarda turlichaligi, konstitutsiyaviy huquq nazariyasida konstitutsiya tushunchasi, 


mazmuni va mohiyati haqida yagona fikr yo‘qligiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turli 
mamlakatlar rivojlanish taraqqiyotining har xilligi, konstitutsiya qabul qilinayotgandagi 
sharoitlarning 
har 
xilligi, 
xalqning 
ongi, 
dunyoqarashi, 
hatto 
axloqidagi 
farqlar ham bu masalalar yuzasidan turlicha fikrlar bo‘lishi tabiiy ekanligini ko‘rsatadi.
AQSh Konstitutsiyasi to‘rt asr yuzini ko‘rgan Konstitutsiyadir. U qabul qilingan 1787-
yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti XX asr oxiridagi va hozirgi sharoitdan mutlaqo farq 
qiladi. AQSh Konstitutsiyasi, shundan kelib chiqib, faqat hokimiyatga bog‘liq masalalarnigina 
hal qilgan. Keyingi kiritilgan qo‘shimchalargina inson huquqlariga taalluqli bo‘lgan. Shuning 
uchun AQShning Konstitutsiyasini sof davlat (jamiyat emas) konstitutsiyasi va huquqiy hujjati 
desak bo‘ladi. Angliyada esa hozirgacha yozilgan, ya’ni yagona shakldagi konstitutsiya yo‘q. 
Shuning uchun ularning konstitutsiyalariga nisbatan keyingi davrda qabul qilingan 
konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta’rifni qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi 
mustamlakachilik tuzumining yemirilishi natijasida vujudga kelgan davlatlar, Sovet Ittifoqi 
tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil davlatlar konstitutsiyalarining tartibga 
solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu Konstitutsiyaning mohiyati mazmuniga yangicha 
ta’rif berishga asos bo‘ladi. Lekin, Konstitutsiya tushinchasiga beriladigan ta’riflarda, albatta, 
uning fuqaro va shaxs huquqiy holati, erkinligining kafolati ekanligi, davlat hokimiyatini 
demokratik tashkil qilish hokimiyatlar bo‘linishi, prinsipida bo‘lishi, xalq suvereniteti saylab 
qo‘yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, konstitutsiya erkinlik va hokimiyat 
munosabatida mutanosiblik bo‘lishini ta’minlanishi o‘z ifodasini topishi kerak.
Markscha-Lenincha konstitutsiyaviy ta’limotga asosan, konstitutsiyaning mohiyatini 
sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning asosiy ta’limotida 
jamiyatning sinflarga bo‘linishi, albatta hukmron sinfning mavjud bo‘lishi, ularning irodasi 
hamma narsani belgilashi, boshqalarning shu irodaga bo‘ysunishga majburligi haqidagi 
ta’limotlariga mos edi. U ta’limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli 
bo‘lishi qat’iy e’tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi. 
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir (sheriklik), 
chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turlituman bo‘lib, hokimiyat uchun kurashuvchi subyektlar 
soni 
cheklanmagan. 
Hokimiyatdagi 
kelishuvchilik 
(sheriklik) 
istalmasada, 
ixtiyoriylik asosida bo‘lib, umumiy maqsadga erishishda manfaatdorlik bo‘lishidan, hokimiyat 
va erkinlik masalasini qonun asosida hal qilish zarurligidan vujudga keladi. Shuning uchun 
hozirgi konstitutsiyalar, hatto eng kuchli bo‘lsa ham, ayrim, ijtimoiy sinflarning manfaati 
uchungina xizmat qila olmaydi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan holi, xalq manfaatini ifoda etuvchi 
konstitutsiyadir. “Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi 
hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q” . Hozirgi 
kunda, hatto, ayrim guruh yoki sinf o‘z hukmronligini o‘rnatgan vaqtda ham, demokratik 
jamiyat uchun xos bo‘lgan, umume’tirof etilgan qadriyatlardan boshqa, yangi narsani taklif 
qilishni tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun o‘rnatiladigan tuzum, u qanday bo‘lishidan qat’i 
nazar, hukmronlar tomonidan demokratik deb e’lon qilinadi, hatto o‘zi avtoritar yoki totalitar 
bo‘lsa ham. Ular hech qachon nodemokratik konstitutsiyalar qabul qilishga tavakkal qilmaydi. 
Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo‘lishi mumkin. Inson huquq 
va erkinliklarini (bu konstitutsiyaning asosiy maqsadi) aniqlashda kelishuv bo‘lishi mumkin 
emas. Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning konstitutsiyalari bir-biridan 
farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari konstitutsiyalarida davlatning rahbarlik roli 
konstitutsiyaning o‘zida ko‘rsatib qo‘yiladi va hukmron partiyaning g‘oyaviy ko‘rsatmalari 
ta’siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to‘la tatbiq qilinadi. Shu asosda mafkura, g‘oya asosiy 
qonun darajasiga ko‘tariladi. Demokratik jamiyatda esa, uning aksidir. Bu jamiyat hamma 


sohada davlat boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda konstitutsiya davlatga 
jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi. Bunday jamiyatdagi konstitutsiyalarda davlatning 
jamiyatni himoyalash, fuqaro mas’uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo‘yiladi. 
Konstitutsiyalar muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa qonunlardan farq 
qiladi. Muqaddima tantanali – deklarativ xarakterdagi ta’kidlardan iborat bo‘lib, ular yuridik 
kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning maqsad va vazifalari, davlatchilikda qabul 
qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat belgilanadi. 
Bu g‘oyalar keyinchalik turli ko‘rinish va shakllarda konstitutsiya normalarida o‘z aksini 
topadi. Shuning uchun ham, konstitutsiyalarga ta’rif berilganda, konstitutsiya qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarni, mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo‘lib qolmay, maqsad va 
vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir, deb ta’riflanadi.
Har qanday mamalaktlar konstitutsiyalarining mohiyati, vazifasi, xususiyatlari uning 
prinsiplari orqali ma’lum bo‘ladi. Prinsip konstitutsiyaning mohiyati, yuridik tabiatiga ta’sir 
qiladigan ularni aks ettiradigan asosiy g‘oyalardir. Ko‘p hollarda, mamlakatimizda amal 
qilayotgan “Konstitutsiyaviy huquq” darsliklarida ham “konstitutsiyaning prinsiplari”, 
“Konstitutsiyaviy prinsiplar” bilan bir narsa, deb qaralib, chalkashtirib yuboriladi. 
Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limi “Asosiy prinsiplar” deb nomlanganligi uchun 
uning har bir bobi – “Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va 
qonunning ustunligi”, “Tashqi siyosat” – konstitutsiyaning prinsiplari sifatida bayon qilinadi . 
Aslida bular konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar bo‘lib, ulardagi normalar shu institutlarning, 
aniqrog‘i, konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplaridir. Shuning uchun, “konstitutsiyaviy prinsip 
– bu konstitutsiyada mustahkamlangan va konstitutsiyaviy huquqiy institutlarning 
prinsiplaridir. Konstitutsiya prinsipi esa, konstitutsiyani xarakterlovchi, mohiyati, vazifasi, 
yuridik tabiatini, maqsadini belgilovchi asosiy g‘oyalar hisoblanib, ular konstitutsiyaning 
o‘zida aniq yozilgan bo‘lishi shart emas. Masalan, “insonparvarlik” prinsipini 
konstitutsiyaning barcha qoidalarida his qilish mumkin. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari 
bir-biri bilan bog‘liq, birbirini to‘ldiruvchi, davom ettiruvchi g‘oyalardan iborat bo‘lib, ular 
barcha demokratik davlatlar konstitutsiyalariga xos bo‘ladi va shuning uchun ular O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi uchun ham xosdir. Shuning uchun, konstitutsiyaning asosiy prinsiplarini 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Asosiy 
qonunimizning prinsiplari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. 

Download 183.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling