1. Kontaktli o`t oldirish tizimining tuzilishi. Kontaktli o`t oldirish tizimining ishlash prinsipi. O‘t oldirish tizimining ish jarayoni


Kontaktli o‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi


Download 203.12 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi203.12 Kb.
#1442496
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish-1.

Kontaktli o‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi: O‘t oldirish kaliti 2 ulanganda, tok akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t oldirish kaliti 2, qo‘shimcha qarshilik 4, o‘t oldirish g‘altag 5 ining birlamchi chulg‘ami va uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan batareyaning manfiy qutbiga qaytib keladi. Birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok uning atrofida magnit maydon hosil qiladi. Maydon kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagining har ikkala chulg‘amini kesib o‘tadi va g‘altak o‘zagi orqali tutashadi. Aylanayotgan kulachok kontaktlarni uzganda, birlamchi chulg‘amdan
o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va natijada u hosil qilgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK hosil qiladi va elektromagnit induksiya qonuniga asosan uning kattaligi magnit maydonning yo‘qo-lish tezligiga va chulg‘amlardagi o‘ramlar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Natijada, o‘ramlar soni katta bo‘l-gan ikkilamchi chulg‘amda, o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tishga etarli bo‘lgan, 15000-20000 V kuchlanish induksiyalanadi va taqsimlagich rotori R orqali o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi silindrdagi shamga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli tok sham elektrodlari orasidagi tirqishdan uchqun sifatida o‘tib, massa, akkumulatorlar batareyasi va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi.
Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, yo‘nalishi birlamchi tok yo‘nalishida bo‘lgan va uning yo‘qolishiga qarshilik ko‘rsatadigan o‘zinduksiya EYUKi hosil bo‘ladi. Bu EYUKi, uzgich kontaktlari uzilganda, ular orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib kontaktlar kuyishiga va ular juda tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu zararli jarayonning oldini olish uchun uzgich kontaktlariga parallel ravishda kondensator 14 ulanadi. Bu holda birlamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan
o‘zinduksiya EYUK kondensator 14 3.5-rasm. Kontaktli o‘t oldirish tizimini zaryadlaydigan tok hosil qiladi. ning umumiy sxemasi
Keyingi davrda kondensator o‘t
oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali, ya’ni birlamchi tok yo‘nalishiga qaramaqarshi yo‘nalishda razryadlanadi. Shunday qilib, uzgich kontaktlariga parallel ulangan kondensator, birinchidan kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini deyarli bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va, demak, magnit maydonni yo‘qolishini tezlatish hisobiga ikkilamchi chulg‘amda induksiyalanadigan yuqori kuchlanishni ma’lum darajada orttirishga yordam beradi.
Qo‘shimcha qarshilik 4 dvigatelni ishga tushirish vaqtida o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, startyor ulanganda (ayniqsa, qishda) akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi belgilangan chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol qiluvchi o‘t oldirish g‘altagida induksiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham kamayib ketadi va bu, silindrlardagi yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish maqsadida, startyor ulanishi bilan bir vaqtda o‘t oldirish kaliti yoki startyor relesiga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar 3 ulanib, qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi. Shu tarzda, dvigatel startyor yordamida ishga tushirilayotgan vaqtda, tok akkumulatordan o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik 4 orqali emas, balki qo‘shimcha kontaktlar orqali o‘tadi. Bu esa o‘t oldirish g‘altagida talab qilingan darajada yuqori kuchlanish induksiyalanishini va o‘t oldirish tizimi startyor ulangan vaqtda ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi.

Download 203.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling