1. Koordinatsion birikmalar turlari Koordinatsion birikmalar nomenklaturasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза
Koordinatsion birikmalar turlari
Koordinatsion birikmalar turlari kislota, asos, tuz, ba'zilari esa neytral (noelektrolit) va boshqa xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Quyida bir necha misollar keltiramiz: — ko'p yadroli birikmalar: — π~komplekslar ligandlarning qo'sh bog'i bilan markaziy atomning d- orbitallari orqali birikishi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Oksidlanish darajasi +2 bo'lgan oraliq rnetallar ionlari siklopentadiyenil ionlari (C 5 H 5 - ) bilan «sendvich» strukturasiga ega bo'lgan birikma — metall-otsenlarni hosil qiladi. Metallotsenlar ravshan rangli birikmalar bo'lib, metall ionining elektron konfiguratsiyasi nodir gaznikidek bo'lganda (X. 2-rasm) turg'un bo'lib, 400°C gacha parchalanmaydi. Bunday birikma-larda aromatik xususiyat, masalan, vodorod atomi elektrofil reagentlar (sulfolash, Fridel-Krafts reaksiyast bo'yicha atsillash reaksiyalari) bilan o'rin almashinadi; — dativ bog'li koordinatsion birikmalarda markaziy atomning bog' hosil qilishda qatnashmagan d-orbitali bilan ligandning π-orbitali orasiagi qoplashishi natijasida markaziy atomdagi elektron bulutining zichligi ligandning π- orbitaliga siljiydi va shu vaziyat tufayli mustahkam π-dativ bog' hosil bo'ladi (X.3-rasm). Aniqlanishicha, erkin holdagi C = O molekulasida va uning karbonillarida ligandning atomlari orali-g'idagi masofa (r) va bog'ning kuch konstantasi (k) quyidagicha boiar ekan: rqiymati kamayib, k qiymati ortganda atomlar orasidagi bog' mustahkamlanadi. Nikel atomining elektron buluti zichligi C = O tomon siljiganidagina yuqorida keitirilgan vaziyatni tushuntirish mumkin; — izopolikislotalarVB va VIB gruppachasidagi elementlaming yuqori oksidlanish darajadagi oksidlariga shu kislota angidridlari bilan hosil qilgan birikmalari sifatida qarash mumkin (X. 4-rasm). Shunday birikmalarni hosil qilishda xromdan tashqari volfram, molibden (VIB gruppacha elementlari), vanadiy, niobiy ham tantal (VB gruppacha elementlari) kabi eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo'lgan ba'zi elementlargina ishtirok eta oladi. — geteropolikislotalar ba'zi kislorodli kislotalarda kislorod atomlarining barchasi yoki ma'lum qismi boshqa kislorodli kislotalarining aoldialari bilan almashganda hosil bo'ladi: H 3 PO 4 ning digidrati ta (dimolibdat kislota) qoldig'i bilan almashsa, ta O 2- almashsa boshqa vaziyatda geteropolikislotalar hosil bo'ladi; — xelat koordinatsion birikmalarda ko'p dentatli ligand markaziy atomga ikkita yoki undan ko'proq funksional gruppalar orqali bog'lanib, 5 yoki 6 a'zoli yopiq zanjir hosil qiladi. Masalan, mis(II) gidroksid glikol yoki glitserin bilan ravshan ko'k rangli, turg'un bo'lgan birikma eritmasini hosil qiladi. Markaziy atomning valentligi (yoki oksidianish darajasi) bilan uning koordinatsion soni orasida ko'pincha quyidagi munosabatlar kuzatiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling