1. Ko’pyoqlik xaqida tushuncha. Ko’pyoqliklarning to’g’ri chiziq bilan kesishishi. Ko’pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi


Download 1.45 Mb.
bet2/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1044200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9. MAVZU. EE. KO’PYOQLIKLAR. (2)

9.1-rasm 9.2-rasm 9.3-rasm

Ko’pyoqliklarning muhim xossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon etgan:



Eyler teoremasi. Har qanday qavariq ko’pyoqlikda yoqlar bilan uchlar sonining yig’indisidan qirralar sonining ayirmasi ikkiga teng bo’ladi (ya’ni YoQU-Q=2) (6.1-jadval)



9.1-jadval
Muntazam ko’pyoqliklar

Ko’pyoqlik nomi

Ko’pyoqlik nomi

Tetraedr (9.4-rasm)


Dodekaedr (9.7-rasm)


Kub – geksaedr (9.5-rasm)


Ikosaedr (9.8-rasm)

Yo + U - Q = 2


Yo – yoqlar soni
U – uchlar soni
Q – qirralar soni

Oktaedr (9.6-rasm)


Yon yoqlari turli rasmdagi muntazam ko’pburchaklardan iborat bo’lgan ko’pyoqlikni yarim muntazam ko’pyoqlik deb yuritiladi. Bu ko’pyoqliklar 18 xil bo’lib, ular Arximed jismlari deb yuritiladi. 9.9-rasmda Arximed jismlaridan biri bo’lgan kesik oktaedrning yaqqol tasviri keltirilgan.


Ko’pyoqliklar texnikada turli ko’rinishdagi mashina detallari, ko’pyoqli linzalar yasashda, hamda arxitektura va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Masalan, devor va poydevor bloklari, tom, ko’priklarning temir-beton panellari va inshootning boshqa qismlari ko’pyoqliklardan iborat bo’ladi. Ko’pyoqliklardan yana «geodezik» gumbazlar yasashda, keng oraliqli binolarni ustunsiz yopishda keng foydalaniladi. Qadimiy binolarda esa gumbaz, gumbaz osti, bino gumbazidan prizmatik qismiga o’tish joylarida bezak-ornament sifatida ham qo’llanilgan.
Ko’pyoqlikning chizmada tasvirlanishi. Ko’pyoqlik chizmada o’z aniqlovchilarining to’g’ri burchakli proyeksiyalari orqali beriladi. 9.10–rasmda SABC piramidaning tekis chizmasi o’z aniqlovchilari: S(S'S") uchi, asosi ABC(A'B'C', A"B"C") uchburchakning proyeksiyalari orqali tasvirlangan. SA, SB, … qirralarning proyeksiyalari S,A,B,C uchlarining bir nomli proyeksiyalarini birlashtiruvchi S'A' va S"A", S'B' va S"B" va x.k. kesmalar bo’ladi.




Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling