1. Ko’pyoqlik xaqida tushuncha. Ko’pyoqliklarning to’g’ri chiziq bilan kesishishi. Ko’pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi


Download 1.45 Mb.
bet5/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1044200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9. MAVZU. EE. KO’PYOQLIKLAR. (2)

a) b)
9.13-rasm

Yuqorida bayon etilgan usulni yordamchi markaziy proyeksiyalash usuli deb ham ataladi. Bu usuldan to’g’ri chiziq bilan konus sirtining kesishish nuqtalarini yasashda ham foydalaniladi. Prizma yoki silindr sirtlari bilan to’g’ri chiziqning kesishuv nuqtalarini yasashda ham umumiy vaziyatdagi tekisliklaridan foydalangan qulay. Bunda berilgan to’g’ri chiziq bilan ko’pyoqlik sirtining o’zaro kesishish nuqtalari berilgan to’g’ri chiziq orqali ko’pyoqlikning yon qirralariga parallel qilib o’tkazilgan umumiy vaziyatdagi tekislik vositasida aniqlanadi.


Proyeksiyalash yo’nalishi ko’pyoqlik qirralariga parallel bo’lgani uchun uni qiyshiq burchakli yordamchi parallel proyeksiyalash usuli deb ham ataladi.
9.14-rasmda og’ma vaziyatdagi F(F',F') prizma sirti bilan b(b',b') to’g’ri chiziqning o’zaro kesishish nuqtalarini yasash tasvirlangan. Bu misolni chizmada yechish algoritmi quyidagicha:

  • berilgan b to’g’ri chiziqning gorizontal bh izi yasaladi;

  • b to’g’ri chiziqning ixtiyoriy D(D',D') nuqtasidan prizmaning yon qirralariga parallel qilib to’g’ri chiziq o’tkaziladi va uning ham gorizontal F'1 izi aniqlanadi.

  • b'h va F'1 izlar orqali, prizmaning qirralariga parallel kesuvchi umumiy vaziyatdagi Q tekislikning QH izi o’tkaziladi. Bu tekislik prizmaning asosini 1' va 2' nuqtalarda kesadi. Ushbu nuqtalaridan prizma qirralariga parallel o’tkazilgan kesim chiziqlari b' to’g’ri chiziqni E1 va E2 nuqtalarida kesadi. Bu nuqtalarning frontal proyeksiyalari E1 va E2 nuqtalar, b' to’g’ri chiziqda aniqlanadi. Natijada, to’g’ri chiziqni prizma sirti bilan kesishishidagi kirish va chiqish nuqtalari hosil bo’ladi.




9.14-rasm



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling