1. Ko’pyoqlik xaqida tushuncha. Ko’pyoqliklarning to’g’ri chiziq bilan kesishishi. Ko’pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi
Download 1.45 Mb.
|
9. MAVZU. EE. KO’PYOQLIKLAR. (2)
9.16-rasm 9.18-rasm
SA, SB, SC qirralar orqali yordamchi N1, N2, N3 frontal proyeksiyalovchi tekisliklar o’tkaziladi; bu tekisliklarning P tekislik bilan kesishgan chiziqlari E1F1, E2F2, E3F3 ning proyeksiyalari yasaladi; kesishuv chiziqlari E1F1, E2F2, E3F3 bilan piramida qirralari SA, SB, SC ning mos ravishda kesishuv nuqtalari 1, 2, 3 larni proyeksiyalari aniqlanadi; hosil qilingan 1, 2, 3 nuqtalar o’zaro birlashtirilib, kesim yuzasining proyeksiyalari 1'2'3' va 1"2"3"yasaladi. 9.19-rasmda aynan shu usul bilan og’ma prizmaning umumiy holatdagi P(PV,PH) tekislik bilan kesishish chizig’ini proyeksiyalarini yasash prizma qirralari orqali V1, V2 va V3 yordamchi frontal tekisliklar o’tkazish bilan aniqlash ko’rsatilgan. Kesim yuzasi 123 ning haqiqiy kattaligi P ni PH izi atrofida aylantirib H ga jipslashtirish usuli bilan aniqlangan. 9.20-rasmda to’g’ri prizmaning umumiy vaziyatdagi R(PV,PH) tekislik bilan kesishish chizig’ining proyeksiyalarini yasash ko’rsatilgan. Kesimning 1(1',1") va 2(2',2") nuqtalari bevosita prizma asosi bilan R tekislikning Pn izi kesishgan nuqtalarida yotadi. C va D qirralar orqali o’tkazilgan yordamchi kesuvchi V1, V2 frontal tekisliklar vositasida 3,4 nuqtalar proyeksiyalari aniqlangan. Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi R tekislikni uning PN izi atrofida aylantirib N ga jipslashtirish usulida yasalgan. Agar ko’pyoqliklar proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishsa, ularning kesim yuzasini proyeksiyalarini yasash yanada osonlashadi, chunki bunda kesim yuzaning bir proyeksiyasi proyeksiyalovchi tekislik izida bo’ladi 9.21-rasmda og’ma piramidaning frontal proyeksiyalovchi N(NH ,NV) tekislik bilan kesishgan va kesim yuzasini va uning haqiqiy kattaligini yasash ko’rsatilgan. 9.22-rasmda uchyoqli piramidani N1 va N2 frontal proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesib, kesimda hosil bo’lgan o’yiq qismining gorizontal proyeksiyasini yasash ko’rsatilgan. Kesim yuzasi proyeksiyalarini yasash yo’llarini chizmadan tushunib olish qiyin emas. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling