Ishlab chiqarish kooperativi. Ishlab chiqarish kooperativi (artel) – fuqarolarning birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik faoliyatiga a’zolik asosida ularning shaxsiy mehnatiga yoki boshqa shakldagi ishtirokiga va mulkiy pay badallariga asoslangan ixtiyoriy birlashmasi.
Amaldagi qonunchilikda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish kooperativini belgilash uni tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri sifatida tavsiflovchi barcha xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bu xususiyatlar o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- ixtiyoriylik asosida yuzaga keladi;
- a’zolik ishlab chiqarish kooperativini tashkil еtish tamoyili sifatida;
- ulush hajmidan qat’iy nazar ishtirokchilarning teng huquqliligi;
- faoliyat usuli – o’zaro yordam va o’z-o’zini faollashtirishga asoslangan;
- boshqaruvni tashkil etish-elektoratga va o’z-o’zini boshqarishga asoslangan;
- ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik faoliyatini birgalikda amalga oshirish.
Korporativ uyushmalar. Xolding. Xoldinglar bozor munosabatlarida iqtisodiy nazorat munosabatlariga asoslangan tijorat tashkilotlari uyushmasining eng keng tarqalgan shaklidir.
Bir ishtirokchining boshqalar ustidan iqtisodiy nazoratining mavjudligi xolding birlashmasining asosiy xususiyati, uni tashkil etishda asosiy element hisoblanadi.
Xolding – iqtisodiy aloqadorlik (bog’liqlik) ka asoslangan tashkilotlar (ishtirokchilar) guruhi bo’lgan biznes uyushmasining shakli bo’lib, uning ishtirokchilari rasmiy huquqiy mustaqillikni saqlagan holda o’z ish faoliyatida guruh a’zolaridan biri, ya’ni xolding kompaniyasi (bosh tashkiloti) ga bo’ysunadilar.
Notijorat tashkilotlarining korporativ shakllari. Assotsiatsiya (uyushma) – bu yuridik shaxslarning va (yoki) fuqarolarning ixtiyoriy yoki qonunda belgilangan hollarda majburiy a’zolikka asoslangan va umumiy, shu jumladan kasbiy, manfaatlarni, qonunga zid bo’lmagan ijtimoiy foydali va boshqa maqsadlarga erishish uchun yaratilgan birlashmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |