1-кредит учун топшириқлар 1-топшириқ. Диншунослик фани соҳаларининг мазмун-моҳиятини жадвал асосида тўлдиринг


Download 46.89 Kb.
bet7/8
Sana22.12.2022
Hajmi46.89 Kb.
#1043281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Кредит топшириғи. Сиртқи учун

Pravoslav cherkovi (grekcha: Ἡ Ὀρθόδοξη Ἐκκλησία) — xristian cherkovi 3 asosiy oqimdan biri (katolik cherkovi va protestantizm bilan bir qatorda). Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395 yil), paydo buldi. P. ilohiyoti asoslari 9— 11-asrlarda Vizantiyada shakllangan. Xristian cherkovi katolik va pravoslaviye cherkoviga bulingandan keyin 1054-yil mustaqil cherkov sifatida uzil-kesil qaror topgan. Bu boʻlinishga gʻar-biy cherkovning papani barcha xristi-anlarning oliy boshligʻi deb hisoblashi, muqaddas ruhning ota-xudo va oʻgʻil-xudodan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi. P. taʼlimotiga "muqaddas uchlik" — xudoning ayni bir vaqtda ham yagona, ham uch xil koʻrinish (ota-xudo, oʻgʻil-xudo va muqaddas ruh)da namoyon boʻlishiga eʼti-qod qilish; insonni tugʻma gunohkor deb bilish; Isoning inson qiyofasiga ki-rib, uz ummatlarini gunoxdan xalos etish uchun oʻzini qurbon qilganini tan olish; oxiratga va unda qayta tirilishga ishonish va boshqa kiradi.

P. bir necha avtokefal (mustaqil) cherkovlardan tashkil topgan. Eʼtiqod asosini Bibliya va Mukaddas rivoyatlar (birinchi 7 ta Ja-hon sobori qarorlari va 2—8-asrlardagi cherkov otalarining asarlari) tashkil kiladi. P. MDH mamlakatlarining baʼzilarida, Gretsiya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya, Kiprda, kichik jamoalari Su-riya, Livan, Isroil, MAP va boshqa mamla-katlarda tarqalgan. Pravoslavlarning umumiy soni 250 mln.ga yaqin.

Protestand

Protestantizm (lotincha: protestatio norozi boʻlish, kelishmaslik) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birgalikda). Reformatsiya davri (16-asr)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. Protestantizm asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. Protestantizm cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. Protestantizm ruxoniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Protestantizm da ruxoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantizm, asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.[1]











































Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling