1-кредит учун топшириқлар 1-топшириқ. Диншунослик фани соҳаларининг мазмун-моҳиятини жадвал асосида тўлдиринг


Download 46.89 Kb.
bet3/8
Sana22.12.2022
Hajmi46.89 Kb.
#1043281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Кредит топшириғи. Сиртқи учун

Tangrichilik — qad. turkiy va qad. oltoy xalqlari dini. Kad. Shumer davlatida (mil. av. 3ming yillik) Tangrip sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qad. Shumerdan Oltoygacha boʻlgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Kdd. shumerlar kad. turk tiliga yakin boʻlgan protooltoy tili laxjasida soʻzlashganlar. Shu davrda T. protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2ming yilliqsa Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hozirgi Eron, Afgʻoniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan togʻlari, hozirgi Shimoliy Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur boʻlishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, gʻolib xalqlarga muayyan darajada qoʻshilib keyin paydo boʻlgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. T. qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlgan. Qad. oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalklarida T.ning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalkdarining turkiy xalqlar guruhi Gʻarbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, hozirgi xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan koʻp narsalarning boshlangʻich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroklari va boshqalar) mil. 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan.

Zardushtiylik, majusizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi. Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi..




Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling