9. Massasi 2kg boʼlgan jism yerga qanday kuch bilan tortiladi.Jismning yer sirtidagi ogʼirlik kuchini xisoblang?
А) 19,6n
B) 2n
C) 9,8n
D) 98n
10. Kuchning miqdori va yoʼnalishini oʼzgartirmay, oʼz taьsir chizigʼi boʼylab ixtiyoriy nuqtaga koʼchirilsa, kuch momenti...
А) oʼzgarmaydi
B) nolga teng boʼladi
C) manfiy qiymatga ega boʼladi
D) oʼzgaradi
11. Juft kuch-…
А) bir tekislikda yotmaydigan, taʼsir chiziqlari oʼzaro parallel va bir tomonga yoʼnalgan ikki parallel kuch
B) miqdorlari teng, taʼsir chiziqlari oʼzaro parallel va bir tomonga yoʼnalgan ikki kuch
C) taʼsir chiziqlari oʼzaro parallel va qarama-qarshi yoʼnalgan ikki parallel kuch
D) miqdorlari teng, taʼsir chiziqlari oʼzaro parallel va qarama-qarshi yoʼnalgan ikki kuch
12. Juft kuch yelkasi deb nimaga aytiladi?
А) moment olinayotgan nuqtadan tashkil etuvchilaridan biriga tushirilgan perpendikulyar kesma uzunligiga
B) tashkil etuvchi kuchlarning taʼsir chiziqlari orasidagi eng qisqa masofaga
C) moment markazidan tashkil etuvchilardan birining uchigacha boʼlgan masofaga
D) juft kuch yelkasi mavjud boʼlmaydi
13. Juft kuch taʼsirida jism qanday harakat qiladi?
А) aylanma harakat qiladi.
B) tekis parallel harakat qiladi.
C) ilgarilanma harakat qiladi.
D) tinch holatda boʼladi.
14. Berilgan jismning koʼchishini cheklovchi sababga nima deyiladi?
А) bogʼlanish reaktsiya kuchi
B) bogʼlanish
C) qarshilik kuchi
D) toʼsiq
15. Silliq sirtning reaktsiya kuchi qanday yunaladi.
А) sirtga oʼtkazilgan normal bilan urinma reaktsiya kuchiga qurilgan parallelogramning shu kuchlar qoʼyilgan nuqtadan chiqqan diagonali boʼylab
B) sirtga oʼtkazilgan normal boʼylab
C) sirtga oʼtkazilgan urinma boʼylab
D) ishqalanish kuchi boʼylab
16. Dumalashdagi ishqalanish koeffitsienti oʼlchov birligini aniqlang?
А) yuza birligida oʼlchanadi
B) oʼlchovsiz kattalik
C) uzunlik birligida oʼlchanadi
D) kuch birligida oʼlchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |