1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant
Download 276.13 Kb.
|
1-58 arxeologiya
18-variant
Misningjamiyatijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotidagiahamiyatiniyoritibbering? EneolitdavriSarazmmadaniyati Marg‘iyona ilk temirdavridaqandayjarayonlarsodirbo‘lgan? Eneolit davri umumiy tavsifi.Eneolit - (“eneus” - mis, “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil.avv. VI ming yillik yillikning boshlari - III ming yillikning boshi bilan sanalanadi. Bu davrga nisbatan xalkolit (xalko-mis) atamasi ham qo‘llaniladi. Misning erish xususiyati tosh uchun mutlaqo mumkin bo‘lmagan murakkab shaklga kirish imkoniyatini yaratadi. Misni eritish va uni quyish usuli paydo bo‘lgandan so‘ng turli xil vazifani bajarishga mo‘ljallangan yangi qurollar turi ko‘payadi. Murakkab shaklga ega bo‘lgan tig‘i o‘tkir yangi ish qurollari mehnat unumdorligi, ish samaradorligi va sifatning o‘sishiga olib kelgan. Bu holat dehqonchilik, hunarmandchilik, me'morchilik va boshqa sohalarning taraqqiyotida tub burishlish davrini boshlab beradi. Xo‘jalikda o‘tkir tig‘li ish anjomlaridan foydalanish natijasida sug‘orma dehqonchilik rivojlanib, ishlab chiqarish samaradorligi bir necha barobar o‘sadi.Bu o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining keskin o‘sishiga olib kelgan. Ortiqcha iste'mol mahsulotining to‘planib borishi aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Yer yuzining janubiy subtropik mintaqasining yog‘ingarchilik mig‘dori past bo‘lgan issiq iqlimli sharoiti agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sug‘orma dehqonchilikga o‘tishga sabab bo‘lgan. Sug‘orma dehqonchilik dastlab Mesopotamiyaning quruq iqlimli janubiy qismida mil.avv. VI ming yillikning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. yefrat daryosining quyi oqimi hududida joylashgan Chogi Mami manzilgohi yaqinida eng qadimgi ariqning o‘rni saqlanib qolgan. Misdan yasalgan ish quroli yordamida ishlov berilgan yerning unumdorligi oshgan. Unumdor yerga ekilgan boshoqli don ekini suvga to‘yingach mutatsiyaga uchrab, ko‘p qatorli navi vujudga keldi. Shuningdek, sun'iy sug‘orish tizimining joriy qilinishi yilga ikki marta hosil olish imkoniyatini yaratib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining bir necha barobar ko‘payishiga olib
Download 276.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling