2.Nomozgoh III davri manzilgohlari? eneolit va jez davriga oid qishloq harobasi. Jan. Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida joylashgan, maydoni 70 ga. 1949—52 yillarda prof. B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va butun Oʻrta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab yodgorlikni keng koʻlamda oʻrganish ishi bilan V. M. Massoy boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shugʻullanib kelgan. N.da madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 m gacha boradi. Namozgoh — 3 davriga kelib, av-valgi sodda qilib ishlangan geometrik naqshli sopollar oʻrnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga "gilam gulli naqsh" deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tuye oladi. Bu esa urugʻdoshlik jamoasining diniy tasavvurlarini "totemlar" koʻrinishida namoyon boʻlishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xoʻjaligining asosini sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, — 2 davridan boshlab sunʼiy suv omborlari qurish boshlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |