1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant
Download 276.13 Kb.
|
1-58 arxeologiya
2.Olduvay davri madaniyati.?- Bu davr Sharqiy Afrikaning Serengeti vodiysidagi dastlabki o‘rganilgan makon nomi bilan yuritiladi. Undan oldingi davr alohida bosqich sifatida ishlab chiqilmagan. Olduvay davri ilk va rivojlangan bosqichlarga bo‘linadi. Olduvay makoni ilk paleolit davrining yaxshi o‘rganilgan muhim yodgorligi. Makon paleolit davrining barcha bosqichiga oid 100 m. dan iborat to‘rtta madaniy qatlamga ega. Dastlabki ikkitasi olduvay davriga, qolganlari ashel va so‘nggi paleolit davriga oid.
Makonning ilk bosqichiga oid madaniy qatlamidan chopper, sferoid (uzunchoq) tosh qurollari topilgan. Bir tomoni urib sindirib yasalgan bunday tosh qurollari kesish va chopish ishlari bajarilgan. Makonning keyingi rivojlangan bosqichda toshning ikkinchi tomoni urib sindirib yasalgan chopping quroli paydo bo‘ladi. Bu davrda tosh quroli yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindidan ham mehnat quroli yasala boshlaydi. Shuningdek, yasalish usuli nisbatan takomillashgan kliver-qo‘lbolta va bifas-qo‘l cho‘qmori kabi tosh qurollari paydo bo‘ladi va ulardan foydalanish ashel davrida ham davom etadi. Afrikadagi makonlardan muntazam topilayotgan ashyoviy manbalar olduvay davriga oid ma'lumotlar doirasini kengaytirib yubordi. Keniyadagi Baringo ko‘li yaqinidagi Chasovanya (Chasovanja) va Koobi Fora va Olorgesaylie (Keniya) makonlaridan eng qadimgi odamlar foydalanilgan olov izlari aniqlangan. Yodgorliklarda olovda kuyib, qizarib ketgan tuproq qatlami aniqlangan. Ushbu qatlamning sanasi kalibrli tekshirish natijalariga ko‘ra mil. avv. 1,5 mln. yillikka oid. Demak eng qadimgi odamlar olov bilan ilgari taxmin qilinganidan ancha ilgari tanish bo‘lgan ekan. Olduvay davrida odamlar ilk vatani Afrika hududida yashab qolmasdan, boshqa joylarga ham tarqaladi. Yaqin Sharq hududidagi Ubeydiya (Isroil) yodgorligidan topilgan chopping va har xil uchrindilarni tadqiqotchilar olduvay davrining o‘rta bosqichi bilan sanalaydi. Yevropada joylashgan yodgorliklardan topilgan tosh qurollarini tadqiqotchilar olduvay davrining so‘nggi bosqichiga oid, deb hisoblaydi. Shiyyak I (Fransiya) makonidan topilgan tosh qurollari taxminan 1,0 mln. yillik bilan sanalangan. Yevropa qit'asining eng qadimgi odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi nisbatan ishonchli ma'lumotlar Vallone (Fransiya) g‘oridan topib o‘rganilgan. Ushbu makonning quyi qatlamidagi villafrank faunasi qoldiqlari saqlangan madaniy qatlamdan topilgan kam sonli chopper va uchrindilar mil. avv. 0,9 mln. yillik bilan sanalangan. Chopper ishlanmasiga ega tosh quroli topilgan Soleyyak (Fransiya), Izernya (Italiya), Shandaliya I (Xorvatiya) makonlari ham yuqorida keltirilgan yodgorliklar bilan tengdoshligi yoki biroz yoshroq bo‘lishi taxmin qilinadi. Olduvay davrining so‘nggi bosqichida Sharqiy O‘rta yer dengizi hududiga kelib joylashgan eng qadimgi odamlar, Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bug‘ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o‘tib, Yevropaga tarqalgan. Ularning ikkinchi guruhi Yevropaga Gibraltar bug‘ozidan Priney yarim oroli tarqalgan. G‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha eng qadimgi odamlarning ko‘chishi ashel davrining ilk bosqichida sodir bo‘lgan. Download 276.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling