1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet43/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

1.Arxeologiya manbalari.?- Kishilik jamiyatining taxminan 3 mln. yildan ortiq tarixining atigi yuzdan 0,02 % qismi yozuvli davriga to‘g‘ri keladi. Insoniyatning yozuvsiz davrdagi tarixini o‘rganishda moddiy ashyolar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi ko‘pchilik xalqlar yaqingacha yozuvni bilmagan. Ularning o‘tmish tarixini faqat moddiy manbalar asosida o‘rganish mumkin.

Arxeologiya insoniyatning ibtidoiy davr tarixini to‘liq, keyingi davrlarining yozma manbalar ochib bera olmaydigan masalasini o‘rganishga asoslangan fandir. Qadimgi va qisman o‘rta asr yozma manbalari tarixnining ayrim tomonlarini, xususan, ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritish imkoniyatiga ega. Insoniyat tarixning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohsining ko‘pgina masalalari mavjudki, ularni faqat moddiy manbalar asosida tiklash mumkin.

Moddiy manbalarning ikki turi ajralib turdi. Birinchisi, qazilma odamlar va hayvonlarning suyagi hamda o‘simliklarning qoldig‘idan iborat tabiiy manbalar. Ularni paleoantropologiya, paleozoologiya va paleobotanika fanlari tomonidan o‘rganiladi. Tabiiy manbalar antropogonez jarayoni, eng qadimgi davr faunasi, florasi va ular asosida shakllanadigan xo‘jalik xususiyatini o‘rganishga xizmat qiladi.

Moddiy manbaning boshqa bir muhim turi insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy ashyolar, ya'ni narsalardir. Ular ilk paleolit davriga oid oddiy tosh qurolidan tortib, mahobatli qurilish imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari, turli xildagi narsalar yoki yuksak mahorat va estetik did bilan ishlangan amaliy san'at namunalari-yu hamda boshqa moddiy ashyolardan iborat. Arxeologiyada moddiy manbalarning sinonimi sifatida “yodgorlik” atamasi ham qo‘llaniladi. Yodgorlik so‘zi tosh davri makonlari, qishloqlar, qabr-qo‘rg‘onlar, shahar xarobalari, yerning ustki qismida saqlanib qolgan me'moriy obidalar va boshqalarga nisbatan ishlatilsada, insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan barcha moddiy ashyolarni ham ifodalaydi.

Moddiy manbalar joylarda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida to‘planadi. Tadqiqot ishlari maxsus ilmiy muassasalar: arxeologiya ilmiy tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlarning arxeologiya kafedrasi va ilmiy muzeylari tomonidan amalga oshiriladi


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling