1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet44/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

2.Teshiktosh makoni?- ‘rta paleolit davri makonlari orasida Teshiktosh g‘or-makoni nafaqat O‘rta Osiyoda, balki, dunyoga mashhur yodgorliklardan biridir. G‘or-makon Boysun tog‘ining janubiy yonbag‘rida dengiz sathidan 1500 m. balandlikda joylashgan. G‘or-makonda qalinligi 1,5 m. dan iborat beshta madaniy qatlam aniqlangan..Makondan 2859 dona chaqmoqtoshli ohaktosh va qisman yashmasimon chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar topilgan. Ulardan 2520 donasi tosh qurollarni yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindi va 339 donasi kundalik hayotda ishlatilgan tosh qurollari bo‘lib, ular nukleus, yirik to‘g‘nagich, qirg‘ich va sanchqilardan iborat.

Teshiktosh g‘oridan topilgan hayvon suyaklarining ko‘proq qismi kiyik- tog‘ echkisi qisman bug‘u, ot, ayiq, giena, leopard, quyon, kemiruvchilar va qushlarga tegishli. Teshiktoshliklar ko‘proq kiyik, keyingi o‘rinda boshqa hayvonlarni ov qilgan. Termachilik yordamchi xo‘jalik turini tashkil etib, mavsumiy xususiyatiga ega bo‘lgan.

G‘or-makonining yuqori madaniy qatlamidan ibtidoiy odamning bosh chanoq suyagining maydalangan bo‘laklari topilgan. Suyaklar maxsus chuqurga dafn qilinib, atrofiga tog‘ echkisining bir juft shoxi terib qo‘yilgan. Antropolog olim M.M.Gerasimov mayda bo‘laklardan iborat suyaklarni qayta tiklab, o‘rta paleolitning ilk bosqichida yashagan 8-9 yoshdagi neandertal bolasiga tegishli ekanligini aniqlagan.

Zarafshon vohasida o‘rta paleolit davriga oid Omonqo‘ton g‘or-makoni, Go‘rdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Olmabuloq va Xo‘jamazgil kabi ochiq joy makonlari joylashgan. Bu makonlar o‘rta paleolit davrining barcha bosqichlari tarixidan darak beradi.




Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling