1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet36/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

2.Amirobod madaniyati?- Amirobod madaniyati – qadimgi Xorazmning so‘nggi jez davri madaniyati (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Amirobod kanali atrofidan topib tekshirgan (1937–40). Amirobod madaniyati Suv yorgan madaniyati va tozabog‘yop madaniyati uyg‘unlashuvi asosida shakllangan. Bu madaniyatni yaratgan xalqlar urug‘ jamoalariga birlashib, obikor dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qishda yog‘och va qamishdan qurilib, usti loy bilan suvalgan kulba hamda yarim yerto‘lalarda, yozda yengil bostirmalarda yashagan. Shunday kulba va yarim yerto‘lalarning 15–20 tasi bitta .qishloqni tashkil qilgan. Har bir turar joy sahni 75–110 kv.m bo‘lib, uning o‘rtasidagi 3×1 m li katta o‘choqda doim olov yonib turgan. Taom tayyorlash uchun kichik o‘choqlardan foydalanilgan. O‘sha davr qoldiqlariga ko‘ra, Amudaryo deltasi Aqchadaryo irmoqlaridan eni 10–15 m, uz. 1–2 km keladigan kanallar qazilgan. Amirobod madaniyatining noyob yodgorliklari Yakkaporson 2 va Qubod 2 yodgorliklaridan sirtiga turli shakllar chizilgan sopol idishlar, shuningdek marjon va chig‘anoq shodalari, jezdan yasalgan taqinchoqlar, bigizlar, o‘roq hamda o‘q uchlari va ularning qoliplari topilgan. Jez ashyolarning ko‘plab topilishi o‘sha davrda metall quyish texnikasining rivojlanganligini, xalq xo‘jaligidan tosh qurollarning mehnat qurollari sifatida siqib chiqarilganligini ko‘rsatadi.

3.Ilk temir davri tavsifi?- Ilk temir davri umumiy tavsifi. Temir arxeologik artefakt sifatida mil. avv. IV-III (V-IV) ming yilliklarga oid madaniy qatlamlarda uchrab boshlaydi. Dastlabki temir buyumlar zeb-ziynatlardan iborat bo‘lib, meteorit temirdan yasalgan. Mil. avv. III ming yillikka oid temir buyumlar Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Misrda ham uchraydi. Temirni eritish texnologiyasini odamlar ancha kech o‘zlashtirganlar. Ma'lumki, temir 1530 °S issiqlikda eriydi. Temir rudasini eritib ishlash texnologiyasi mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlangan. Eritib yasalgan temir buyumlarning namunasi Kichik Osiyoning Alaja Xuyuk (Xett) yodgorligidan topib o‘rganilgan. O‘rta Osiyo hududidagi Gonur, To‘g‘aloq 21, Jarqo‘ton yodgorliklarining so‘nggi bronza davri qatlamidan temir buyumlari namunasi topilgan.Taxminan mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragida Atlantikadan Tinch okeanigacha yerlarda tarqalgan bronza davri madaniyatlarining inqirozga uchrashi yoki shaklini o‘zartirish holati sodir bo‘ladi. O‘rta Osiyoning janubiy hududida ham shunday jarayon kechgan. U bronza davrining yuksak darajada rivojlangan ilk shahar madaniyati inqirozga uchrab, uning o‘rnida yangi madaniyat qaror topadi.

Ilk temir davrining birinchi bosqichi arxeologiya fanida “naqshli sopollar madaniyati” nomi bilan yuritiladi. Dastlabki o‘rganilgan yodgorlikning birinchi madaniy qatlamiga nisbatan Yoz I bosqichi sifatida qabul qilingan. V.M.Masson Murg‘ob vohasidagi ilk temir davriga oid Yoztepa manzilgohning quyidagi xronologik ustuni ishlab chiqqan:


  1. Yoz I mil. avv. 900-650 yillar.

  2. Yoz II mil. avv. 650-500 yillar.

  3. Yoz III mil. avv. 500-350 yillar.





Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling