1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet75/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Variant-42


  1. Arxeologiyaasoslarifanining fan sifatidashakllanishi.

  2. Obishirmadaniyati

  3. Neolitdavriarxeologiyasi


1.savol......Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi va keyingi taraqqiyoti uzoq o‘tmish bilan belgilanib, murakkab tarixiy jarayondan iborat. Bunday tarixiy jarayonlarni o‘rganish zamonaviy tarix fanining dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Arxeologiya tarix fanining ajralmas qismi bo‘lib, o‘ziga xos tadqiqot predmeti, tadqiqot usullari va o‘rganish manbalariga ega. SHu bilan birgalikda arxeologiya va tarix ajralmas bo‘lib, ular kishilik jamiyati tarixini o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot usullari, manbalarga egaligi bilan ajralib turadi. Biz insoniyatning o‘tmish tarixi va tarixiy voqealarni moddiy manbalar asosida bilib olamiz. Ular turli xilda bo‘lib, ikkita asosiy guruhdan: yozma va moddiy manbalardan iborat. Arxeologiya asosan moddiy manbalarga tayangan holda ba’zi sharq yozma manbalarga tayanadi. Arxeologiyaning asosiy vazifasi tarixiy manbalar asosida insoniyat o‘tmishi tarixini imkon darajasida to‘liq yoritishdan iborat. Arxeologiya fani ibtidoiy jamoa tarixi bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni berish bilan birgalikda quldorlik va feodalizm davri tarixlarini ham qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Arxeologik ma’lumotlar arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalari va ulardan o‘rin olgan mudofaa va suv inshootlari, metalchilik va boshqa hunarmandchilik ustaxonalar hamda qoyatosh suratlari o‘rganish asosida to‘planadi. Joylardagi arxeologik ekspeditsiyalarni maxsus muassasalar: arxeologik tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlarning arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar va shuningdek o‘lkani o‘rganish to‘garaklari tashkil etadi. Arxeologik tadqiqotning ish uslubi uch pog‘ona bo‘lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlaridan iboratdir. Ularning vazifasi yodgorlikning paydo bo‘lgan, yashagan, inqirozga uchragan davrlarini hamda boshqa xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joylarda yodgorlikni batamom qazib tugatishdan va yodgorlik haqida xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi. Arxeologik yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida tadqiqot usullari to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishi va undan foydalana olishi ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bo‘lishi zarur. Arxeolog mavjud yodgorliklarda qazish ishlarini amalga oshirar ekan, shubhasiz madaniy qatlamga duch keladi. Madaniy qatlam insoniyatning turmushi tarzi, xo‘jalik va g‘oyaviy faoliyatlari izlari saqlanib qolgan xarobalarda namayon bo‘ladi Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida asta-sekin to‘planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o‘nlab madaniy qatlam mavjud bo‘lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo‘lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilda kishilarning qanchalik yashaganligi bilan bog‘liq. Madaniy qatlam mazkur yodgorliklarda shurf tashlash yoki, keng ko‘lamda qazish ishlarini amalga oshirish natijasida aniqlanadi.

SHurf - nemis tilidan «qazimoq», deb tarjima qilinadi. SHurf tashlash deyilganda mazkur yodgorlikda olib boriladigan dastlabki qazish ishlari tushunilib, uning natijasida madaniy qatlam yoki qatlamlar aniqlanadi va yodgorlik haqida dastlabki ma’lumotlar olinadi. SHurflar odatda kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarda bo‘ladi. SHurflarning ko‘lami tadqiqotchilarning rejalari va imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, uning chuqurligi madaniy qatlam qalinligigaga qarab turli chuqurlikda bo‘lishi mumkin. Keng ko‘lamdagi arxeologik qazish ishlari natijasida yodgorlikning madaniy qatlami to‘liq ochilib, insoniyat faoliyatining izlari bo‘lmagan ergacha, ya’ni «materikga» qadar qazish ishlari davom ettiriladi. arxeologiyada bu - «materik»,bezovta qilinmagan er deb ataladi. O‘rta Osiyo Qadimgi SHarqning yuksak madaniyat yaratgan o‘choqlaridan biri bo‘lib, bu o‘lkada insoniyat ilk tosh asridan boshlab yashagan. O‘lkaning turli joylaridan topilgan moddiy manbalar fikrimizni to‘liq tasdiqlaydi. Keyingi davrlarda esa ibtidoiy va Qadimgi odamlar o‘lka bo‘ylab ancha keng tarqaladi. Keng ko‘lamdagi arxeologik tadqiqot ishlari natijasida tog‘ va tog‘ oldi, vodiy hatto Qoraqum va Qizilqum cho‘llaridan tosh asri makonlari, manzilgohlar neolit va bronza davri qishloqlari, mozor qo‘rg‘onlar, ilk temir va feodal davri qishloqlari, shaharlari, suv inshootlari, mudofaa devorlarining qoldiqlari va ulardan o‘rin olgan turli xildagi moddiy manbalar hamda turli davrlarga oid qoyatosh rasmlar ko‘plab topilgan. Bu o‘lka hududidagi arxeologik yodgorliklar xilma-xilligi va madaniy qatlamning boyligi bilan ajralib turadi.

2savol. Obishir madaniyati. Farg‘ona vodiysida 40 dan ortiq mezolit davri g‘or-makon va ochiq joy-makonlari aniqlangan. G‘or makonlar tog‘ hududlarida, joy makonlar esa tekislik hududida joylashgan. So‘x daryosining yuqori oqimida joylashgan Obishir I,V va Toshko‘mir g‘or-makonlari yaxshi o‘rganilgan. Ularning madaniy qatlamidan tosh qurollar (mikrolit, qirg‘ich, qadama, o‘roq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan anjomlar, chig‘anoq, tosh va suyakdan yasalgan taqinchoq hamda yovvoyi hayvon suyaklari topib o‘rganilgan. Toshko‘mir makonidan topilgan tosh qurollar Obishir namunalarga o‘xshash. Ulardan plastinkasimon (paraxasimon) va mikrolit tosh qurollari va yovvoyi hayvon suyaklari topilgan.

Farg‘ona vodiysining markaziy tekisligida qadimgi ko‘llar bo‘yida joylashgan Ashiko‘l 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Taypoqko‘l (Toypoq 3,5,7) va boshqa makonlarning ustki qismidan chaqmoqtosh, slanets va qayroqtosh yasalgan qurollar terib olingan. Tosh qurollari asosan mikroplastinka shaklidagi tosh bo‘lagidan yasalgan. Geometrik shakldagi mikrolit qurollar uchramaydi.


Farg‘ona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklari umumiy Obishir (IX-VIII ming yilliklar) madaniyati nomi bilan yuritiladi. Bu madaniyatga mansub aholi dastlab tog‘dagi g‘orlarda yashab, ovchilik va termachilik xo‘jaligi asososida hayot kechirgan.

Obishir madaniyatining rivojlangan bosqichda odamlar Farg‘ona vodiysining tekislik qismidagi qadimgi ko‘llar atrofidagi yerlarga kelib joylashgan. Bu yerda ibtidoiy odamlar yerto‘la uy-joylarda yashagan. Ovchilik, baliqchilik va termachilik xo‘jaligini yuritgan

3savol....Neolit davri tavsifi. Neolit - (yun. neos-yangi, lot. litos-tosh, yangi tosh asri) tosh davrining so‘nggi bosqichi. Arxeologiya faniga neolit atamasini 1865 yilda ingliz olimi Jon Lebbok kiritgan. Neolit davri sanasi mahalliy hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, xo‘jalik va moddiy madaniyati xususiyatiga ko‘ra mil. VIII-IV ming yilliklar doirasida sanalanadi. yer yuzining ayrim hududida neolit davri an'anlari mil. avv. III/II ming yilliklarda ham davom etadi.

Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan. Uning dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlimli sharoit hukmron bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik atlantika bosqichida (taxminan mil. avv. VII-IV ming yilliklar) ob-havo isib, iqlim quruqlashib borgan. Ilgarigi namchil iqlimli o‘rmonzor hududlarda qurug‘oqchilik kuchaygan. Masalan, mezolit davrida sersuv va o‘rmonzor bo‘lgan Saxara qurg‘oqchilik tufayli cho‘lga aylanadi.

Neolit davri ekologik o‘zgarishlar oqibatida Osiyoning tabiiy sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bo‘lgan subtropik mintaqalarida mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik-dehqonchilik va chorvachilikning vujudga keladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli o‘tish dastlab yevrosiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida sodir bo‘lgan. “Serunum yarimoy hududi”ni tashkil etgan Yaqin Sharq, Mesopotamiya va Kichik Osiyo yerlarida mil. avv. IX/VIII ming yilliklardayoq o‘simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari-dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgandan so‘ng barqaror oziq-ovqat zahirasi paydo bo‘ladi. Bu aholi turmush darajasining o‘sishishiga olib keladi. Kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan bunday ijobiy o‘zgarishlarni ingliz arxeolog olimi Gordon Chayld “neolit inqilobi”, deb atagan. Amerikalik boshqa bir olim R.Breydvud esa ijtimoiylashgan shaklda, ya'ni “oziq-ovqat yetishtirish inqilobi” nomi bilan yuritishni ma'qul ko‘rgan.




Yaqin Sharq hududidagi Ierixon madaniyati (mil. av. IX/VIII-VII ming yil) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan eng qadimgi madaniyat hisoblanadi. Bu madaniyatga oid ilk o‘troq dehqonchilik qishlog‘ining o‘rni Tell as Sulton (Ierixon) manzilgohining quyi madaniy qatlamida aniqlangan. Ierixon madaniyatining dastlabki (Ierixon IA) bosqichda aholi yerto‘la uy-joylardan iborat qishloqlarda yashagan. Qishloq atrofi tosh devor bilan o‘rab olingan. Manzilgohdan motiga, o‘roq qadamasi kamon paykoni vazifasini bajargan ko‘p sonli mikrolitlar topilgan. Tirikchilik manbai termachilikdan iborat bo‘lib, uning asosida dehqonchilikning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi.

Ikkinchi bosqichda (Ierixon IB) ierixonliklar hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu yerga shimoldan aholi ko‘chib kelib joylashadi. Moddiy madaniyat va xo‘jalik sohalarida ma'lum yutuqlarga erishiladi. Uy-joylari yer ustida, ilgaridan rejalashtirish asosida qurila boshlaydi.

Mazkur bosqichida xo‘jalik sohasida ham muhim o‘zgarish sodir bo‘ladi. Terib-termachilik asosida ilk dehqonchilik shakllanadi. Soylarning etagida joylashgan tekis maydonlarga ekilgan boshoqli don ekinlari bahorgi yomg‘ir suvi bilan liman usulida ikki-uch marta sug‘orilgan. Dehqonchilikda arpa va bug‘doy ekilgan. yerlarga motiga yordamida ishlov berilgan. Hosil yog‘ochga qotirilgan mikrolit tosh o‘roqda o‘rib olingan.

Ovchilik asosida xonaki chorvachilik shakllangan. Topilgan suyaklarga ko‘ra faqat echki, ehtimol qo‘y ham xonakilashtirilgan. Don mahsulotlari zahirasining ko‘payishi bilan mushuk ham xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini saqlab qolgan.

Tosh qurollari kamon o‘qining uchi, o‘roq qadamalari, keli, don yanchgich, turli idishlar, tosh boltalardan iborat. Loydan antropomorf va zoomorf haykalchalar yasalgan. Ierixon madaniyatining oxirgi bosqichida sopol idishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki sopol idishlar qo‘lda yasalib, olovda pishirilmagan.

Marhumlar uylarining ichida, gujanak holda kuzatuv buyumlari bilan birga ko‘milgan. Makondan topilgan odamlarning maxsus saqlangan bosh suyagiga qaraganda ierixonliklar diniy e'tiqodida ajodlar ruhiga sig‘inish odatiga amal qilingan.

Ilk ishlab chiqarishning ikkinchi markazi Kichik Osiyoda hisoblanadi. Xojilar, Cheyniyutepa, Chatal Huyuk, Ashikli Huyuk, Nevali Chori, Gebeklitepa manzilgohlari neolit davri dehqon jamoasining muhim yodgorliklari sanaladi. Xojilar manzilgohining quyi qatlamida neolit davrining ilk bosqichiga oid xom g‘ishtdan qurilgan uylarning o‘rni aniqlangan. Manzilgohda yashagan aholi termachilik negizida o‘troq dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tgan. Dehqonchilikda ikki qatorli arpa ekishgan.

Cheyyunyutepa manzilgohida neolit davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari yaxshi o‘rganilgan. Manzilgohning quyi qatlamida topilmalarga ko‘ra dastlabki ikki bosqichida xo‘jalikning ovchilik-dexqonchilik shakli ustunlik qilgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda chorvachilik ovchilikni siqib chiqaradi. Dastlab qo‘y va echki boqilgan. Dehqonchilikda bir va ikki qatorli bug‘doy ekilgan.

Sopol buyumlari uchramaydi, loydan yasalgan hayvon xaykalchalari mavjud. Tosh qurollarining aksariyati mikrolitsimon chaqmoqtoshdan yasalgan. Urib yasalgan kam sonli mis buyumlari ham uchraydi.

Kichik Osiyoning Koniya vodiysida joylashgan Chatal Huyuk (maydoni 13 ga.) manzilgohida neolit davri o‘troq dehqonchilik madaniyatining yanada taraqqiy etgan shakli namoyon bo‘ladi. Manzilgohdan (mil. av. VII ming yillik ikkinchi yarmi-VI ming yillik birinchi yarmi) yirik o‘lchamli xom g‘ishtdan barpo qilingan uylarning o‘rni ochib o‘rganilgan.

Ba'zi bir imoratlarning devoriga mazmunan boy rang-tasvirlar chizilgan va bo‘rtma naqshlar, xususan, buqa va qo‘yning boshi yopishtirilgan. Bunday imoratlar o‘troq dehqon jamoasining ibodatxonasi hisoblangan.

Mehnat qurollari chaqmoqtosh, obsidian va suyakdan yasalgan. Chatal Huyuk yodgorligidan topilgan moddiy ashyolarga ko‘ra neolit davrining so‘nggi bosqichida misni urib ishlov berish orqali yasalgan buyumlarning soni ko‘payadi. Manzilgohning yuqori madaniy qatlamidan kam sonli sopol buyumlari topilgan. Ularning sirtiga qizil chiziqli naqshlar chizilgan

Kichik Osiyoda neolit davrining rivojlangan bosqichida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning ahamiyati yanada oshadi. Manzilgohdan madaniylashtirilgan o‘simliklarining 14 xil turi aniqlangan. Dehqonchilikda bir va ikki qator arpa hamda bug‘doy ekilgan. Qo‘y, echki va qoramol uy chorvachiligini tashkil etgan. Ovchilik yordamchi xo‘jalik sifatida ahamiyatini saqlab qolgan



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling