1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Filologiya - grekcha so‘z bo‘lib, philo - sevaman, logos - so‘z, bilim demakdir. Folklor –


Download 1.09 Mb.
bet96/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

Filologiya - grekcha so‘z bo‘lib, philo - sevaman, logos - so‘z, bilim demakdir.
Folklor – Folk – xalq, Lore – bilim, donishmandlik, ya’ni Folklore – xalq donishmandligi ma’nolarini ifodalaydi. Ilk marotaba Vilyam Toms tamonidan Yevropa dehqonlarining an’analari, qadimiy xalq she’riyati, urf-odat, marosim va e’tiqodlarini anglatuvchi atama sifatida qo‘llanilgan. O‘zbek folklorshunosligida xalq og‘zaki ijodini anglatadi. Ayni paytda xalq ijodiyatining barcha turlari ham folklor deb yuritiladi.
Obraz - so‘zning o‘zagi “raz” (chiziq) bo‘lib, undan “razit”(chizmoq, yo‘nmoq, o‘ymoq), undan “obrazit”(chizib, o‘yib, yo‘nib shakl yasamoq) paydo bo‘lgan. Ana shu “obrazit” so‘zidan “obraz” atamasi vujudga kelgan. Bu so‘z “umuman olingan tasvir” ma’nosini bildiradi. Obraz ham umumlashgan, ham individuallashgan xususiyatni o‘zida gavdalantirgan hodisadir.
Badiiylik - hodisalarni hayotiy, jonli manzaralarda, kishini ta'sirlantiradigan, unda tasavvur uyg‘otadigan qilib tasvirlash. Badiiylik barcha san’at turlariga hos hodisa.
Badiiy to‘qima - obrazning ichki-tashqi qiyofasi, maqsad, intilishlarini namoyon etuvchi voqealarni o‘ylab topishdir.
Romantik obrazlar - ijodkorlarning orzu-xayollarini ifoda etgan kishilar siymosidir. Ularda ijodkorlarning orzu-umidlari, jamiyat to‘g‘risidagi, kishilar haqidagi niyatlari namoyon bo‘ladi.
Xayoliy-fantastik obrazlar - romantik obrazlarga o‘xshab ketadi. Bu obrazlarda ijodkorlarning hayotga ideal munosabati, dunyoqarashi ifodalangan bo‘ladi. Hayoliy-fantastik obrazlar mo‘jizaviy, ilohiy xususiyatlar egasi qilib ko‘rsatiladi. Xalq dostonlari, ertaklaridagi qahramonlarni hayoliy-fantastik obrazlar deyish mumkin.
Majoziy obrazlar - muayyan narsa-hodisalar qiyofasini umumlashtirib ifodalovchi ramziy obrazlardir. Jumladan, so‘fiyona adabiyot asarlarida yor deyilganda Xudo nazarda tutiladi. Gul, lola muhabbat, sevgi izhori ramzi sanaladi.
Allegorik obrazlar - majoziy obrazlarning biri sanaladi. Allegorik obrazlar, odatda, masal va ertaklarda bo‘ladi. Masal, ertaklarning asosiy qahramonlari esa hayvonlar, jonivorlardir. Ularda ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar ko‘rsatiladi.
Xarakter - o‘z xatti-harakatlari, maqsad, intilishlari, o‘y-kechinmalari, dunyoqarashi, fe’l-atvori bilan alohida ajralib turadigan to‘laqonli obrazdir. Shuning uchun har qanday obraz badiiy xarakter bo‘la olmaydi. Asardagi yetakchi qahramon har jihatdan faol bo‘lsa, o‘zining barcha jihatlari bilan yorqin ko‘rinib tursagina u badiiy xarakter bo‘la oladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling