1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Download 1.09 Mb.
bet95/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

IV. GLOSSARIY
Adabiyot” - arabcha so‘z bo‘lib, u “odob” (ko‘plik shakli “adab”) so‘zidan olingan.
Adabiyot nazariyasi” - adabiyot va ijtimoiy hayot orasidagi bog‘liqlikni, so‘z san'atining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanishini, adabiy tur va janrlar tabiatini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, badiiy asar tuzilishi, uni tashkil etuvchi qismlarni, asarning tili, ifoda uslubini, badiiy-tasviriy vositalarni, adabiy yo‘nalish, adabiy uslub, adabiy maktab, ijodkorning badiiy mahorati kabi masalalarni o‘rganadi.
An’ana – folklorda o‘tmish ijodkorlar tamonidan to‘plagan ijodiy tajribalar qaymog‘i, davrlar o‘tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qismi.
Allegoriya (yun. allos – o‘zgacha, agoreuo – gapiraman) – 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan ko‘chim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi so‘z (mas., tulki) mavhum tushunchani (tulki – ayyorlik) ifodalash uchun ko‘chma ma’noda qo‘llanadi.
Alliterasiya (lot. al – yonida, litera – harf) – she’riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishi. A. she’rning alohida satri yoki misradagi so‘zlar guruhini fonik jihatdan ajratadi, natijada ularning ifodaviyligi ortadi, she’rning musiqiyligi, xushohangligi kuchayadi.
Aforizm (yun. aphorismos – ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr.
Badiiy tasvir va ifoda vositalari – badiiy asarda narsa-hodisalarni jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi til vositalarining umumiy nomi.
Badiha (ar. – o‘ylovsiz, birdaniga aytilgan chiroyli so‘z, topqirlik) – avvaldan maxsus tayyorlanmasdan, daf’atan aytilgan she’r; ekspromt (q.). B. biror voqeadan qattiq ta’sirlanish, mushoiralarda o‘zga shoir aytgan she'rga javoban yoki qaltis vaziyatdan hozirjavoblik bilan chiqish zarurati tufayli yaratiladi. B. she’r shoirdan yuksak darajadagi obrazli tafakkurni, she’r texnikasini mukammal egallash, badiiy san’atlardan o‘rinli va mohirona foydalana olish, konkret narsa-hodisa, voqea yoki holatni zudlik bilan va zakiyona baholab, ulardan badiiy umumlashma chiqara olish kabi malakalarni talab etadi.
Doston – 1) turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi epik janr. Xalq og‘zaki ijodidagi D.lar voqeaband syujet asosiga qurilgan yirik hajmli asarlar bo‘lib, ular baxshi (oqin, jirov, manaschi)lar tomonidan musiqa (do‘mbira, qo‘biz va b.) jo‘rligida ijro qilingan, og‘izdan-og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Bu jarayonda har bir ijrochi o‘zidan nimadir qo‘shgan, nimanidir tushirib qoldirgan va shu tariqa D.lar sayqallanib borgan. Xalq ijodidagi D.ning matniy qurilishi ijroga mos – unda nasriy va she'riy parchalar almashinib turadi: rivoya asosan nasrda amalga oshirilsa, qahramonlar orasidagi eng muhim dialoglar, ularning ruhiy holatlari, ta’rifu tavsiflar, ijrochi munosabati va sh.k. ko‘proq she’riy yo‘lda beriladi;
Janr (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. J. terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi: ayrim manbalarda J. termini adabiy tur (epos, lirika, drama) ma'nosida ishlatilsa, boshqa birlarida ancha tor ma’noda (epos – tur, roman – xil, tarixiy roman – janr) qo‘llanadi.
Lirika (yun. lyra – musiqa asbobi, qadimda she’rlar uning jo‘rligida o‘qilgan) – badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri. L.da voqelik lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq ob’ekti emas, sub’ekti birlamchidir.
Mif (yun. mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar. M. rivoyaviy asarlar (olam va odam haqidagi hikoyalar) bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi deb bo‘lmaydi. M.lar qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli, ular M. vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va momaguldurak sababi va h.)ni bilishga intilganlar, M.larda ularning olam haqidagi bilimlari o‘z ifodasini topgan.
Motiv (lot. moveo – harakatlantiraman) – musiqashunoslikdan o‘zlashtirilgan termin. M. musiqada asarning eng kichik shakl birligi sanalib, asar uning aynan takrorlanishi (shuningdek, o‘zgartirilishi yoki zid M.lar kiritish) asosida rivojlanadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling