1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Download 1.09 Mb.
bet99/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

Lirik chekinish - ijodkorning syujet voqealarini to‘xtatib, ular tufayli o‘zida paydo bo‘lgan ichki kechinmalarni bayon etishi.
Peyzaj - fransuzcha “paysage” so‘z bo‘lib, “mamlakat”, “joy” degan ma'noni bildiradi. Peyzaj badiiy asarda aks ettirilgan tabiat manzaralari, voqea-hodisalar kechgan joylar ko‘rinishi tasviridir. U qahramonlar holat, kayfiyatini gavdalantirishning muayyan vositasi hisoblanadi. 
Sayyor syujet - bir xil mavzu, bir xil qahramonlar taqdiri naql qilingan asarlar. Sayyor syujet barcha milliy adabiyotlar tarixida mavjud hodisa.
Badiiy asar tili - adabiy til me'yorlariga tayanadigan, umumxalq tiliga asoslangan, hamma uchun tushunarli ifodalarni qamrab olgan, ijodkorlar tomonidan jilolangan til. Badiiy asar tili ilmiy asarlar tilidan tasviriylik, emotsionallik, obrazlilik, aforizm kabi xususiyatlari bilan farq qiladi.
Dialog - yunoncha “dialogos” so‘z bo‘lib, “ikki kishi o‘rtasidagi so‘zlashuv” degan ma’noni anglatadi.
Monolog - ham yunoncha (monos — bir va logos — so‘z, nutq) so‘z bo‘lib, u badiiy asarda ishtirok etuvchi personajlarning o‘z-o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi sanaladi.
Jargon - fransuzcha “jargon” so‘z bo‘lib, “buzilgan til” degan ma’noni bildiradi. Binobarin, jargon sun'iy, yasama tildir. U muayyan guruh kishilari doirasidagina qo‘llanadi. Jargon so‘zlar ham barcha kishilarning nutqida ishlatiladigan so‘z, iboralardan tarkib topgan bo‘ladi.
Metafora - yunoncha “metaphora” so‘z bo‘lib, “ko‘chirish” degan ma’noni anglatadi. U narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan bo‘ladi. Biroq metafora aynan o‘xshatish emas.
Metonimiya - ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan o‘xshashsiz ko‘chim. Metonimiya yunoncha “metonomadzo” so‘z bo‘lib, “qayta nomlash”dir.
Sinekdoxa - yunoncha “synecdoche” so‘z bo‘lib, unda bir qism yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa bildiriladi va aksincha. Ya’ni, bir butun hodisa orqali uning ayrim bo‘lagi haqida mulohaza yuritiladi.
Jonlantirish - kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko‘chirishdir. Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo‘mrayish jonsiz bulutga ko‘chirilgan bo‘ladi. Asarlarda tog‘-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi.
Sifatlash - narsa-hodisaning biror bir belgi, xususiyatini aniq-ravshan alohida ajratib ko‘rsatishdir. Sifatlash ikki xil bo‘ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo‘lib, unda narsa-hodisalarning o‘tkinchi belgilari ta'kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifatlash bo‘lib, bunda narsa--hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling