1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


-MAVZU. XALQ DOSTONLARI VA ULARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 1.09 Mb.
bet26/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

4-MAVZU. XALQ DOSTONLARI VA ULARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Reja:
1. Doston – xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida.
2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari.
3. Dostonlarning tasnifi.
4. Xalq dostonlarida turkumlik.


1. Doston – xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalar orasida doston eng yirik hajmli va keng tarqalgan janr hisoblanadi. Dostonlar xalqning badiiy shakldagi taqdirnomasi, o‘ziga xos qomusidir. Har bir xalqning insoniyat tarixidagi o‘rni, xizmati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy mavqeyini eposlari namoyon etadi. Xalqning komil inson, adolat, haqiqat, ozodlik, tenglik tushunchalari, falsafiy, diniy qarashlari va bu yo‘ldagi ibratli qahramonlari, ideallari, ularning kurash yo‘li dostonlar mavzusini, g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Ushbu mazmun va mundarija dostonlar syujeti, motivlar tizimi, badiiy tasviriy vosita va usullarida o‘z ifodasini topadi.
Hozirda keng omma orasida va folklorshunoslikda qo‘llanib kelayotgan «doston» so‘zi «qissa», «hikoya», «tarix»5, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarini anglatadi. Ammo atama sifatida folklordagi epik turga mansub, she’riy va nasriy parchalardan iborat, ma’lum bir qahramonlar hayoti, taqdirini tasvirlab beruvchi yirik hajmdagi, maxsus ijrochilar tomonidan kuylanuvchi asarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayni paytda doston atamasiga muqobil ravishda epos termini ham ishlatiladi. Epos – yunoncha «epos» – rivoyat, hikoya, qo‘shiq so‘zidan olingan bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma’nosini anglatadi. Taniqli folklorshunos olimlar V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov 1947-yilda Moskvada e’lon qilingan katta hajmdagi kitobni «O‘zbek xalq qahramonlik eposi» deb nomlangan va unda, o‘zbek dostonlarining tabiati, turlari, doston ijrochilari, ijro jarayoni, yetakchi dostonchilar, dostonchilik maktablari, doston kuylash tartibi, ustoz va shogird munosabatlari, «Alpomish», Go‘ro‘g‘li turkumiga oid dostonlar, «Kuntug‘mish» kabi ishqiy-romanik dostonlar va boshqa masalalar tahlil etilgan.
Doston atamasi yozma adabiyotda ham katta hajmdagi epik asarlarga nisbatan keng istifoda etiladi. Biroq og‘zaki va yozma adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari, usullari, an’anaga munosabat va boshqa bir qator xossalariga ko‘ra jiddiy farq qiladi. V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar ta’biri bilan aytganda, xalq og‘zaki ijodida doston o‘tmish zamonlar to‘g‘risida qahramonlik idealizatsiyasi ko‘lamidagi hikoyalar va rivoyatlardir.6
Professor M.Saidov ta’rificha, avvalo, og‘zaki ijoddagi dostonlarda she’riy va nasriy parchalardan iborat badiiy manba – matn bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, dostonning musiqasi bo‘lishi lozim (Bu o‘rinda shuni aniqlab olish kerakki, har bir alohida olingan doston uchun alohida yirik musiqa asari bo‘lishi shart emas). Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do‘mbira cherta bilishi yoki qo‘biz chala bilishi zarur. To‘rtinchidan, dostonni kuylayotgan baxshi yaxshi ovozga ega bo‘lishi va qo‘shiq aytish mahoratini egallagan bo‘lishi zarur.7
Folklorshunoslarning bu fikrlari biri ikkinchisini to‘ldiradi va xalq dostonlarining mazmun-mundarijasi, quri-lish tartibi, ijro o‘rni va boshqa jihatlarini qamraydi.
Xalq dostonlarida xalq taqdiri, tarixi, tarixiy voqelik xalqning oddiy mushohadalari asosida umumlashma obrazlar-da o‘z ifodasini topadi. Dostonlarda epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Dostonlardagi epiklik, monumentallik xos bo‘lib, syujet va kompozitsion qurilish jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan xalq idealidagi bahodir – alp atrofiga birlashadi. Xalqning ozod va hur o‘lka, komil inson haqidagi orzu- o‘ylari doston g‘oyasini belgilaydi.
Doston sinkretik san’at namunasi, bir kishilik o‘ziga xos teatr hisoblanadi. Doston aytuvchi ayni paytda sozanda, kuylovchi, bastakor, aktyor va rejissyor. U doston ijrosi davomida barcha qahramonlar, personajlar obrazini tomoshabinga mahorat bilan yetkazib beradi. Doston ijrochisiga nisbatan baxshi atamasi qabul qilingan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling