1 laboratoriya ishi kolloid eritmalarini olinishi va tozalash usullari ishdan maqsad
Download 118.15 Kb.
|
1 laboratoriya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jelatina zolini dializ qilish. Ishni bajarish tartibi
- Topshiriq
UL’TRATSENTRIFUGALASH USULI
Agar eritmalar tarkibida ul’tratsentrifugalashdan so`ng ham agregatlar bo`lsa, yuqori tezlikdagi tsentrifugadan foydalanish zarur. Kolloid zarrachalar agregat va chang bilan cho`kmasligi uchun ehtiyotkor bo`lish kerak. O`rganilayotgan colloid eritma erituvchi sistemasiga bog’liq ravishda 30 minut va 4-5 soat orasida markazdan qochma kuch ta’sirida cho`kmaga tushish vaqti kerak bo`ladi. Kamida 30000 ayn/min markazdan qochirish kuchidan foydalanish lozim. Agregatlardan xoli bo`lishi uchun 300000 g gacha kuch kerak bo`lishi mumkin. Eng yaxshi variant agar eritmalar to`g’ri nur sochuvchi panjaralarda markazdan qochirilsa bo`ladi. Agar eritma mexanik shakllardan xoli bo`linsa, chang va qo`shimchalar nur sochish natijalarini olish vaqtida panjara tubida saqlanib qolishi mumkin. Boshqa usulda esa agar zarur extiyotkorlik choralar ko`rilmasa, eritmalar markazdan qochiruvchi panjaradan, nur sochuvchi panjaraga ko`chirilishi mumkin. Bunda ham changdan xoli muxitda bajarilishi tavsiya qilinadi, misol uchun xavo 0.2 m fil’trdan o`tkazilgan steriyasida. 1. Jelatina zolini dializ qilish. Ishni bajarish tartibi. TSelofandan tayyorlangan xaltachaga yoki kollodiy parda qopchasiga 1 % li jelatinaning eritmasi quyiladi. Unga ozgina NaCl qo’shiladi va distillangan suvli idishga tushiriladi. Oradan 2-3 soat o’tgandan keyin tozalovchi suvdan ozgina namuna olib tekshiriladi. Bunda xlor ionii bor yoki yo’qligi kumush nitrat eritmasi yordamida va jelatina aralashmasi o’ziga xos rang beradi. So’ngra har yarim soatdan keyin namuna olib sinab turiladi va tajriba natijalari yozib boriladi. Topshiriq. Dializ usuli to’g’risida xulosa qiling. 2. Kraxmal zolini dializ qilish. Ishni bajarish tartibi. Ikki gram kraxmal olib chinni kosachaga solinadi. 5-10 ml. suv qo’shib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra kraxmalni aralashtirib turib, qaynab turgan 100 ml. distillangan suvga tez quyiladi. Hosil qilingan tiniq kraxmal zoliga 1 n. li K2SO4 eritmasidan ozgina qo’shiladi va aralashmaning hammasi suvga yoki dializatorga botirib qo’yilgan kollodiy xaltachaga quyiladi. 1 soat o’tgandan keyin dializatordagi suyuqlikdan na`muna olib, unda SO4– (sul’fat) ioni va kraxmal bor yo’qligi sifat reaktsiyasi yordamida analiz qilinadi. Download 118.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling