Ishning maqsadi. Zol’ va polimer eritmalarni tozalash va ularinng diffuziya tezligi bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar. Dializator, 2 %li FeCl3, 1N AgNO3, 1N BaCl2, 2 % va 10 % li tanin zoli, yodning suvdagi eritmasi, kraxmal kukuni, fenoftalein indikatori, 10 % li NaCl eritmasi, 0,1 n NaOH, 2 n CuSO4, Fe(OH)3-gidrozoli, Berlin lazuri va qizil Kongo bo’yog’i.
Dializ asbobining sxemasi
H2O
H2O
1 - rasm. Oddiy dializator sxemasi
1- kolloid eritma solingan idish.
2- suv turadigan idish.
3- yarim o’tkazgich parda membrana (kollodiy parda, tselofan). Idishdagi suvni analitik usulda tekshirib turiladi.
KOLLODIY PARDA TAYYORLASH
Biror shisha idish yoki voronkaga 11% li azot tutgan nitrotsellyulozaning spirt bilan efir aralashmasidagi eritmasi solinadi. So`ngra idishni aylantirib turib, ortiqcha kollodiy eritmasi boshqa idishga olinadi. Idish devorlarida qolgan kollodiy eritmasi mumkin qadar tekis tarqalishi kerak. So`ngra idish og’darilib, spirt va efir bug’lanishi kutiladi. Spirt va efir xidi yo`qolgandan so`ng, idish toza suv bilan bir necha marta chayqatiladi. So`ngra hosil bo`lgan pardani chetlari ko`chirilib, parda bilan shisha o`rtasiga suv quyiladi va hosil bo`lgan parda shishadan ko`chirib olinadi.
Bu idish suv solingan boshqa idishga tushirilgan bo`ladi. Idishdagi suvni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi.
Kolloid eritmadagi ortiqcha elektrolitlar, chang va agregatlarlar kollodiy parda (yarim o`tkazgich membrana) dan toza suvga diffuziyalanib eritmadan chiqib ketaveradi. Bu jarayon pardaning ikkala tomonida kontsentratsiya muvozanatga kelguncha davom etadi. Suvni almashtirish bilan kolloid eritmani istalgan darajada tozalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |